6-amaliy mashg’ulot. Dehqonchilikda tajriba ishlari. Tajriba maydonchasi, tuzilishi bo‘limlari Ishning maqsadi: Dehqonchilikda tajriba ishlari. Tajriba maydonsi, tuzilishi bo‘limlarini o’rganish. Dala tajribasi
Download 17.77 Kb.
|
1-Amaliy ish.Dehqonchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari 1. Dala tajribasi haqida ayting. 2.
6-AMALIY MASHG’ULOT. Dehqonchilikda tajriba ishlari. Tajriba maydonchasi, tuzilishi bo‘limlari Ishning maqsadi: Dehqonchilikda tajriba ishlari. Tajriba maydonsi, tuzilishi bo‘limlarini o’rganish. Dala tajribasi – dehqonchiligidagi amaliy tadqiqotlarning asosiy usuli. Bu ish ilmiy tekshirish muassasalari tomonidan tajriba stansiyasi dalalarida, xo‘jaliklarlarning tajriba maydonlarida olib boriladi. Dala tajribasi tuproqda yerni ishlash, ekish, o‘g‘itdan foydalanish va ekinlarni parvarishlash usullari. almashlab ekish va ekin navlarining Samaradorligi va boshqa masalalar o‘rganiladi. Bunda ekin hosilining miqdori va sifati, agrotexnika tadbirlarining iqdisodiy afzalligi va boshqa ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi. Dala tajribasi tuproq ma’lum maqsadni ko‘zlab, ishlab chiqilgan tadqiqot programasi (tajriba sxemasi)ga asosan o‘tkaziladi. Laboratoriya va vegetasiyey idishlarda o‘tkaziladigai tajribalar dala tajribasi tuproq o‘rnini bosa olmaydi, balki tekshirilayetgan masalaning ayrim tomonlarini aniqlashga erdam beradi. Odatda, dala tajribasi tuproq 0,01 - 0,5 ga kattalikdagi paykallarda 2-4 bor takrorlab o‘tkaziladi. Xo‘jaliklararda esa bu paykallar kattaligi 0,5 ga dan 10-15 ga gacha yetishtirishi mumkin. Tajribachilik ishining mazmuni. Maktab va kasb-hunar kollejlaridagi tajribachilik ishining mazmuni o‘quv programmalaridan kelib chiqadi va u o‘quvchilarning qiziqishiga, tashkilotchilar qo‘yadigan vazifalarga, mahalliy xo‘jalikning tuproq iqlim zonasi sharoiti va xususiyatlariga bog‘liq holda to‘ldirilishi mumkin. Tajribachilik ishining mavzusi kasb-hunar kollkejlari, maktab va baza xo‘jalikning imkoniyatlariga ko‘ra tanlanadi. Tadqiqotchilik ishlarining hajmi katta bo‘lib, uni hozirgi qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejlari va maktablari sharoitida har bir o‘quvchining ishtiroki bilangina bajarish mumkin. Ana shu topshiriqlarning ko‘p qismi darsdan tashqari vaqtlarda bajariladi va ularni sinfdan tashqari ishlar deb hisoblanadi. Uquvchilar uchun tajribalarning mavzularini quyidagi bo‘limlar bo‘yicha tizimlashtirish mumkin: O‘simliklar hayotining tuproq iqlim sharoitlari. Madaniy o‘simliklarni parvarishlashning agrotexnik usullari. Qishloq xo‘jalik ekinlarining navlarini o‘rganish hamda o‘sishi va rivojlanishining xususiyatlari bilan tanishish. Organik mineral o‘g‘itlarning, mikroo‘g‘itlarning hosildorlik ortishiga va mahsulot sifati yaxshilanishiga ta’siri. Fitonsidli o‘simliklar zararkunanda hasharotlardan o‘simliklarni muhofaza qilish vositasi sifatida. Yosh chorva mollarining o‘sishiga ovqatlantirish rasionlari va usullarining ta’siri. Dasturdagi tajribalar tadqiqotlarning umumiy va xususiy uslublarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘shimcha ravishda yesh tabiatshunoslar to‘garagida ham shug‘ullanadigan o‘quvchilar ko‘pincha tajribachilikni tashkil qilishda va o‘quvchilar ishlab chiqarish jamoasi dalalarida alohida faollik ko‘rsatadilar. Uquvchilarning o‘rta sinflarda tajribachilik uslubi bo‘yicha yaxshi tayyorlanishi ularga jamoa va baza xo‘jaliklarining tajribalar tematikasi xilma- xilroq, sxemalari murakkabroq, takrorlanishlar ko‘proq, tajriba maydonlari kattaroq bo‘ladigan dalalariga ko‘nikish davridan tezroq o‘tishda yordam beradi. O‘quv tajriba maydonsidagi tajribalar birinchi galda ta’limiy bilish ahamiyatiga ega bo‘ladi. Uquvchilar o‘quv tajriba maydonsida o‘simliklarning hayotini, o‘rganilayetgan omillarning tajriba ostidagi o‘simliklarga ta’sirini kuzatishni o‘rganishlari, tajriba ma’lumotlarini tahlil qila olishlari va ulardan tegishli xulosalar chiqara bilishlari kerak Lekin shu bilan birga tajribalar xo‘jalik maqsadiga ham ega bo‘lishi, tegishli sharoitlarda ilmiy umumlashmalarning asosiga aylanishi lozim. Maktab va kasb-hunar kollejllar hamda ularning ish amaliyuti agrotexnik temalar tajribalarning eng muhim mavzulari ekanini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligida bir xillikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, tavsiya etilgan usul ba’zan ijobiy samara bersa, ba’zan, hatto, qiyin oqibatlarga olib borishi ham mumkin. Masalan, ekish normasini ko‘ramiz. Ana shu ish bo‘yicha har qaysi tuproq iqlim zonasi uchun muaYan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu tavsiyalar o‘rtacha olingan ma’lumotlar majmuini birlashtiradi. Shuning uchun ular aniq xo‘jalikning ekologik omillariga to‘g‘ri kelmaydi, binobarin qo‘shimcha tekshirish va aniqlik kiritishni talab qiladi. Mazkur mavzu har bir aniq xo‘jalik uchun nihoyatda aktualdir. Bug‘doy urug‘i har gektar yerga qanchadan sepilishi kerak: 220 kg donmi yoki 270 kg dan? Agar bug‘doy ekiladigan maydon 3-5 ming ga bo‘lsa, tejalgan 1,5-2,5 ming s xo‘jalik uchun erdam bo‘ladi. Bordiyo, ana shu «ortiqcha» 50 kg har bir gektardagi 1,5-3,0 s dan qo‘shimchaga aylansa, oshirilgan ekish normasining maqsadga muvofiqligini ko‘rish qiyin emas. Mana shu barcha ma’lumotlarni har yili tekshirish zarur. Snuning uchun ekish normalariga doir tajribalarni o‘quvchilar ishlab chiqarish jamoasida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Mana boshqa bir muhim mavzu: «Donli ekinlarni joylashtirish usullari». No‘xat yoki arpani qanday ekish kerak tor qatorli (qator oralig‘i 5,5-7,5 sm) usuldagimi, qatorlab (qator oralig‘I (13-15 sm) yoki kvadratlabmi? Hosilning ko‘pligi tajribani baholashning asosiy kriteriyasi sifatida xizmat qiladi. Hosil qanday usulda ko‘proq bo‘ladi va nima uchun? Ana shu eng oddiy agrotexnik tajriba har bir xo‘jalik uchun katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Qachon ekish ma’qul? Ekish vaqti bo‘yicha ham tavsiyalar bor. Shuningdek amaliyut sabzi, piyoz, lavlagi, kungaboqarni kuzda ekish maqsadga muvofiqligini, shunda hosildorlik o‘sishini ko‘rsatadi. Mana shu bilishga doir tajriba ham xo‘jalikning iqtisodiy muammolariga bevosita daxldordir. «Tuproqni ekishga tayyorlash» - bu mavzu ham yesh tajribachilar faoliyati uchun keng maydon yaratadi. Boshqa ekinlar kabi kuzgi ekinlar uchun ham yer 20- 22 sm chuqurlikda haydaladi. Lekin o‘nqircho‘nqir shudgor hosil bo‘lib, keyin katta kesaklarni maydalash uchun ishlov berish tuproqning urug‘lar ko‘milgan joygacha, ba’zan undan ham chuqurroqqacha zichlashadigan yuqori qatlami qurishiga olib keladi. Agar tuproqqa yezda yassi keskichlar, lushchilniklar bilan 12- 14 sm gacha chuqurlikda ishlov berilsa, tuproq yaxshi maydalanadi va uni ekishga tayyorlash sifati oshadi. Bunda tuproq qa ishlov berish muddati qisqaradi va yenil himoylash materiallari tejaladi. Bunday ishlov berish hosilga qanday ta’sir qiladi? Tajribachilik ishida o‘simliklarning navlarini o‘rganishga ko‘p o‘rin beriladi. Uquvchilar boshoqli g‘alla o‘simliklarini, makkajo‘xori gibridlarini, ildizmevali, har xil sabzavot o‘simliklarini mahalliy xo‘jalikning tabiiy sharoitlariga bog‘liq holda o‘rganadilar. Misol uchun bug‘doyni ko‘raylik. Uning navlari har xil unumdorlikka ega va agrosharoitlardan ham turlicha ta’sirlanadi. Bir o‘g‘it baravar miqdorda solinsa ham, ba’zi bug‘doy navlarining hosildorligi 15-20 foiz ortsa, boshqalarining hosildorligi 50 foizgacha ortishi mumkin. Makkajo‘xori gibridlarichi? Hosilni yig‘ish davrida mehnat og‘irlashmasligi va ishchi kuchi hamda texnikadan bir mamonda foydalanish, shuningdek makkajo‘xorining unumdorligi xo‘jalik talablariga javob beradigan va eng ozuqabop paytida yig‘ish uchun ularning navi qanday bo‘lishi kerak? Seleksioner olimlar g‘alla o‘simliklarining, makkajo‘xori gibridlari, lavlagi, kungaboqar, sabzavotlarning yangi navlarini yaratmoqdalar. Bu ko‘p yillar davom etadigan ishdir. Yangi navni yaratish uchun tanlash, chatishtirish va ko‘paytirish ishlarining butun tizimini bajarish, davlat navlarini sinash maydonlarida, so‘ngra ishlab chiqarish sharoitlarida sinovlarni amalga oshirish kerak Mana shu murakkab ishning hamma bosqichlarida ham o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari olimlarga erdamchi bo‘lishlari mumkin. Uquvchilar makkajo‘xori bilan shug‘ullanib, uning boshqa navlardan tarkibidagi qimmatli lizin aminokislotasi bilan farqlanadigan yuqori lizinli gibridini ko‘paytiradilar. Ma’lumki, bu gibrid chorva mollari uchun a’lo darajadagi ozuqadir. U cho‘chqalarning sutkalik o‘rtacha semirishini ko‘paytiradi, yirik shoxli qoramollar mahsuldorligini oshiradi. Bug‘doy bilan javdar navlarining gibridi yesh tajribachilar uchun bilish va ilmiyishlab chiqarish jihatlaridan katta ahamiyatga molikdir. Bu gibrid sovuqqa, kasalliklarga chidamli, yaxshi mahsulot sifatiga ega bo‘lib, hosildorlikda bug‘doydan qolishmaydi, Ana shu gibrid bilan o‘quvtajriba maydonsida o‘quvchilari ham, o‘quvchilar ishlab chiqarish jamoasida yuqori sinf o‘quvchilari ham shug‘ullanishlari mumkin. Mazkur gibrid bilan o‘tkazilgan tajribalardan botanika va umumiy biologiya darslarida o‘simliklar genetikasi va seleksiyasini o‘rganishda foydalansa bo‘ladi. Uquvchilarga genetik tajribalarni o‘quvtajriba maydonsining biologiya bo‘limida tavsiya etish mumkin. Bunda no‘xat, pomidor, jo‘xori, bodring, qovoqni sun’iy chatishtirish va shu orqali Mendal qrnunini amalda o‘rganish, gibrid urug‘larni ekishdagi geterozis hodisasini kuzatish mumkin. Makkajo‘xorining yangi navlari va gibridlarini yaratishga doir tajribalar o‘quvchilar uchun qiziqarli, ularning bilim olishlariga erdam beradigan va qulaydir. To‘g‘ri, bu ishlarga ko‘p vaqt (inbriding uchun eng kami 3-5 yil, gibridlar olish uchun bir yil va geterozis uchun yana bir yil) kerak. Mamlakatimizda juda keng maydonlarni sug‘oriladigan yerlar tashkil etadi, shunga ko‘ra o‘quvchilarning tadqiqotlari tematikasiga sug‘orishning samaradorlygini o‘rganishga doir tajribalarni kiritish lozim. Sug‘orishning muddatlarini ham, sabzavot va boshqa ekinlarga o‘g‘it solishni hisobga olib oziqlantirish maydonlarini ham, g‘alla ekinlari va ozuqabop o‘tlarni sun’iy yemg‘irlatib sug‘orishni ham o‘rganish, natijada sug‘orish bilan hosilning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash kerak Mamlakatimizdagi o‘quvchilar jamoalarida urug‘lik materialni, xususan kartoshka urug‘ligini tez ko‘paytirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazilmoqda. Bu ekinning ko‘payish koeffisiyenti juda pastuproq Chunki uyada 6- 10 ta tugunak hosil bo‘ladi va xo‘jaliklarning dalalarini yangi nav urug‘ligi bilan ta’minlash uchun ko‘p yil vaqt kerak. Bu muammo vegetasiya davrini tig‘izlash va bir yilda ikki marta hosil qlish bilan hal qilinadi. Kartoshka tugunaklari yig‘ishtirilgach 80-120 kun tinch holatda bo‘ladi. Uxlayetgan kurtaklar qanday qilib uyg‘otiladi? Ma’lum bo‘lishicha, tugunaklarni po‘stidan tozalab, ikki soat gibberellinli tiomochevinaning 2 foizli eritmasiga solib qo‘yilsa, keyin nam tuproqqa ekilsa, urug‘lar 18-20 kunda unib chiqadi. Uquvchilar ana shu tavsiyalarga amal qilib, iyon oyining oxirida birinchi, oktyabrda ikkinchi hosilni yig‘dilar. Shu tariqa ko‘payish koeffisiyentini ikki baravar oshirdilar va xo‘jaliklarning ishlab chiqarish maydonlariga istiqbolli nav urug‘lari kelishini tezlashtirdilar. Maktab o‘quvtajriba maydonlari uchun vaqtdan to‘liq foydalanish orqali bir yilda ikki va, hatto, uch marta kartoshka hosili olishga doir tajribalarni tavsiya etish mumkin. Bunday hosil olishga erishish uchun avval ertapishar navlarning yarovizasiyalangan tugunaklari iloji boricha barvaqt ekiladi. Birinchi hosilni yig‘ishga 2-3 hafta qolganida qator oralariga o‘rtapishar navlarning tugunaklari ekiladi. Vegetasiya davri yetarlicha uzoq zonalarda ikkinchi hosilni yig‘ishdan 20-30 kun oldin ertapishar navlar bilan uchinchi ekishni bajarish mumkin. Bu tajribani yetarlicha yuqori agrofonda organik va mineral o‘g‘itlar solish hamda yozning issiq kunlari sug‘orish bilan amalga oshirish mumkin. Nazorat savollari 1. Dala tajribasi haqida ayting. 2. Tajribachilik ishining mazmuni ayting. 3. o‘simliklar hayotining tuproq iqlim sharoitlari haqida ayting. 4. Maktab o‘quvtajriba maydonlari haqida ayting. Download 17.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling