6-amaliy mashg’ulot: Issiqlik almashinish qurilmalari


Download 84.55 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi84.55 Kb.
#1500457
Bog'liq
6-amaliy mashgulot


6-amaliy mashg’ulot: Issiqlik almashinish qurilmalari
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasida qobiq-quvurli, zmeyevikli, qo‘sh quvurli, namlovchi, plastinali, spiralsimon, g‘ilofli, qirrali issiqlik almashinish uskunalari keng ishlatiladi. Qobiq quvurli issiqlik almashgichlar. Bunday uskunalar sanoatda eng ko‘p tarqalgan. Qobiq-quvurli issiqlik almashgichlar qobiq ichiga joylashgan quvurlar to‘plamidan iborat bo‘lib, quvurlarning uchlari to‘rlarga mahkamlangan bo‘ladi (8.1-rasm). Uskunalarning yuqorigi va pastki

8.1-rasm. Bir yo‘lli qobiq-quvurli issiqlik almashinish uskunasi:
1-qobiq; 2-quvur to‘rlari; 3-quvurlar; 4-qopqoq; 5,6-issiqlik tashuvchi agentlar(I va II) kiradigan va chiqadigan shtutserlar; 7-bolt; 8-qistirma.
qismlarida qapqoq flanets yordamida quvur to‘riga biriktiriladi. Yuqorigi va pastki qopqoqlarda isitilayotgan yoki sovitilayotgan agentlarni berish uchun shtutser mo‘ljallangan. Quvurlar to‘rlarga razvalsovka, payvandlash, salnikli qistirma qo‘yish va boshqa usullar yordamida biriktirilishi mumkin (8.2-rasm). Issiqlik tashuvchi agentning birinchisi quvurlarning ichida, ikkinchisi esa quvurlar va uskunaning ichki devori oralig‘idagi bo‘shliqda harakat qiladi.
8.1-rasmda bir yo‘nalishli qobiq-quvurli issiqlik almashinish uskunasi ko‘rsatilgan. Bunda isitiluvchi gaz yoki suyuqlik qopqoqdagi patrubka orqali bitta quvurdan kirib, o‘sha quvurdan chiqib ketadi. Ko‘pincha, bu turdagi isitkichlarda isitilayotgan va issiqlik berayotgan muhitlar bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. Isituvchi agent doim isitkichning yuqorigi qismidan va isitilayotgan muhit esa uskunaning pastki qismidan quvurlar ichiga beriladi. Bu muhitlarning yo‘nalishi isitkichdagi yo‘nalishga mos keladi, chunki isitilayotgan vaqtda harorat ortishi va kamayishi bilan ularning zichliklari o‘zgaradi. Masalan, bug‘ o‘z issiqligini berib sovishi natijasida uning zichligi oshib, pastga qarab harakat qiladi. Bundan tashqari, muhitlarning bu yo‘nalishida

8.2-rasm. Quvurlarni quvur to‘rlariga biriktirish usullari: a) razvalsovka; b) ariqchalar orqali razvalsovka qilish; v) payvandlash; g) salnikli qistirma qo‘yish.
ularning tezliklari bir xil taqsimlanib, uskunaning ko‘ndalang kesimida issiqlik almashinish o‘zgarmas bo‘ladi. Agar muhitlarning yo‘nalishi aksincha bo‘lsa, ya’ni isituvchi agent uskunasining pastki qismidan quvurlar va qobiq oralig‘idagi bo‘shliqqa va isitilayotgan muhit isitkichning yuqorigi qismidagi quvurlarga berilsa, u holda bug‘ issiqligini berib sovishi natijasida uning zichligi oshib yuqoriga ko‘tarilmaydi. Natijada pastki quvurlar bilan qobiq orasidagi bo‘shliqda kondesat to‘planib, bug‘nining bu bo‘shliq orasidan o‘tishi qiyinlashadi va issiqlik almashinish jarayonining tezligi kamayadi.
Download 84.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling