6-amaliy mashg’ulot mаvzu: kun va


Download 177.02 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi177.02 Kb.
#1185758
  1   2
Bog'liq
amaliy-GO\'M6


6-amaliy mashg’ulot
MАVZU: KUN VA TUN ALMASHINISHI. YIL FASLLARINING
ALMASHINISHI.
REJА:



  1. Yer shаri hаq’idа umumiy tushunchа.

  2. Yerning shакli vа каttаligi.

  3. Yerning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi 10.Globus. Harita. (chizish va tahlil qilish)


Tаyanch tushunchаlаr ibоrаlаr: elipsоid, sutкаliк hаrакаt, yilliк hаrакаt, оrbitа, каbisа yili.
Mashg'ulotdan maqsad: Quyosh sistemasi to'g'risidagi bilimlarini kengaytirish.
Kerakli jihozlar: Quyosh sistemasiga oid suratlari va slaydlar.
Talaba bilishi kerak:

  • quyosh sistemasiga oid ma'lumotlarni;

Talaba bajarishi kerak:
- quyosh sistemasiga oid konspekt tayyorlashi.
Ishni bajarish tartibi:

  • quyosh sistemasiga oid adabiyotlardan ma'lumotlar yig'adilar;

  • quyosh sistemasi haqida bilimlar berish;

- quyosh sistemasi haqida suhbat;
- talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
Umumiy ma’lumot. Quyosh sistemasi- Quyosh va to‘qqizta katta ( Merkuriy , Venera, Yer, Mars, Yupetir, Saturn, Uran, Neptun, Pluton) hamda bir necha o‘n ming sayyoralar (asteroidlar) dan, kometalardan, meteor jismlardan tarkib topgan bo‘lib, ularning hammasi quyosh atrofida aylanadi. Quyosh o‘z o‘qi atrofida Yer sutkasi hisobida 25 sutkada bir marta aylanib chiqadi.
Quyosh sistemasi quyidagi asosiy xususiyatlari bilan xarakterlidir: Quyosh sistemasiga kiruvchi barcha sayyoralar Quyosh atrofida aylana orbitaga yaqin bo‘lgan ellips shaklida aylanadi; hamma sayyoralar Quyosh atrofida bir xil ekliptik tekislik dep ataluvchi tekislikda aylanadi; sayyoralar o‘z o‘qi atrofida ( Uran va Veneradan istisno) bir xil yo‘nalish bo‘yicha harakat qiladi; hamma sayyoralar jumladan Quyosh ham shakliga ko‘ra sharsimon; sayyoralarning ko‘pchilik yo‘ldoshlari sayyoralar bilan birga bir xil tekislikda aylanadi; Quyoshga yaqin sayyoralar zichroq bo‘lib, Quyoshdan uzoqlashgan sari zichligi kamayib boradi; sayyoralar orbita tekisligi bo‘ylab harakat qilib Quyoshdan uzoqlashganda ularning orbitasi orasidagi masofa ikki marta ortadi.
Yuqorida qayd qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, sayyoralar va ulrning yo‘ldoshi Quyosh atrofida tasodifan emas, balki tabiatning umumiy rivojlanish qonuniyati asosida Quyoshga yaqin joylashib, bir sistemani vujudga keltirgan.
Quyosh. Quyosh sistemasining markazida bo‘lib, gaz holidagi o‘ta qizigan jismdan iborat. Bu qizigan gaz sharining diametri 1 mln. 391 ming km ga tenGeyzerlar
Quyosh juda katta - bu butun Quyosh sistemasi massasining 99,86 %ini tashkil qiladi. Eng katta sayyora hisoblangan Yupetrga quyosh sistemasi umumiy massasining 0,093 % to‘g‘ri keladi. Quyosh yuzasi yer yuzidan 12 ming marta katta, hajmi esa Yer hajmidan 1 mln 300 ming marta ziyotdir. Yerning masasi esa Quyosh massasidan 333 ming marta kichik. Hamma sayyoralar massasini birga Qo‘shib hisoblaganda ham Quyosh massasi undan 750 marta katta. Quyosh diametri Yernikidan 109 marta ziyotdir. Quyoshning o‘rtacha zichligi Yerning o‘rtacha zichligidan 4 marta kam. Lekin Quyosh yuzasida tortishish kuchi Yer yuzasidagidan 25 marta ortiq. Quyosh qizigan va erigan jism bo‘lib yuzasidagi temperaturasi 5700°c ga, markazi esa 20 million darajaga yetadi. Quyosh nuri yerga 8 minut 18 sekundda yetib keladi. Tovush tezligida ( soatiga 1200 km) uchadigan reaktiv samalyot to‘xtovsiz uchsa , yerdan Quyoshga 14 yilda yetib borgan bo‘lar edi.
Quyosh tarkibida 66 ximiyaviy element borligi ma’lum. Quyosh asosan vadorod (54%), va geleydan ( 45%) iborat . bundan tashqari uning tarkibida kislarod, karbanat angidrid, azot, magniy, natriy, kaliy kabi elementlar ham mavjud. Quyoshning harorati 15-20 million daraja bo‘lgan ichki qismida termayodro reaktsiyasi sodir bo‘lib turadi, natijada vadorod geleyga aylanadi. Buning oqibatida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Quyoshda bunday termoyadro reaktsiyasi sodir bo‘lib turishdan yorug‘lik, issiqlik va elektromagnit energiyasi vujudga keladi.
Quyosh atrofini o‘rab olgan, qizigan gazlardan iborat bo‘lgan qavat Quyosh atmosferasi deb ataladi. U o‘z navbatida bir biridan va gazlarining holati jihatidan farqlanuvchi uch qatlamdan- fotosfera, xromosfera va Quyosh tojidan tashkil topgan.
Quyoshning o‘ta qizigan, ust ko‘rinishi notekis gazsimon moddalar mavjud bo‘lgan , yorug‘lik tarqatuvchi yuzasi- fotosfera deb ataladi. Uning qalinligi 300km ga, temperaturasi 6000°C ga yetadi. Lekin har 11 yelda Quyosh dog‘larinig o‘zgarishiga bog‘liq holda fotosferada temperatura pasayib 4000-4500°C ga tushib qoladi.
Fotosfera yuzasidan o‘ta qizigan gazlar fontan tariqasida otilib, alangasimon yoki girdob ( quyun) shaklida sukundiga 500-700 km tezlikda 200 000 km dan 1,5 mln. Km balandlikkacha tarqaladi. Buni protuberanets deb yuritiladi.
Fotosferada yuqorida xromosfera qatlami joylashgan. U 18000 km balandlik gacha ko‘tarilib, temperaturasi 5000°C ga yetadi.
Xromosferadan yuqorida Quyosh atosferasining tashqi qatlami - Quyosh toji joylashgan. Quyosh tojidan electron va praton bilan zaryadlangan zarrachalar “ Quyosh shamolini” hosil qiladi va sekundiga 500 km dan 80000 km gacha tezlikda 5 mln. km tarqalib ketadi. (4-rasm)
Ma’lumki , quyosh aktivligi tsikillik harakteriga ega. Bunda yuqorida qayd qilingandek har 11 yilda Quyosh yuzasida dog‘lar ko‘payib ketishi na’tijasida temperaturasi pasaysa, xromosferada portlash sodir bo‘lib “Quyosh shamoli” kuchayib hatto yer atmosferasigacha yetib kelib , unga ta’sir etadi. Natijada Yerda magnit bo‘ronlari, qutib shafaqlari kuchayadi va uni tropik kengliklarda ham kuzatish mumkin. Shuningdek atmosferaning yuqori qatlamlarini ionlab, isitib atmosfera tsirkulyatsiyasiga, gidrosferaga azon miqdori o‘zgarib, u Quyosh energiyasini ko‘proq o‘tqazib yuboradi. Binobarin, atmosfera bosimi o‘zgaradi, yog‘inning miqdori va o‘zgarishiga ta’sir etadi.

Download 177.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling