6-Amaliy mashg’ulot Mavzu: ot samaradorligi monitoring Ishdan maqsad
Download 398.13 Kb. Pdf ko'rish
|
6-10 amaliy mashg\'ulot Operatsion tizimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Microsoft’ning standart va onlayn do‘kondan yuklangan ilovalardan foydalanish kerakmi
saqlanadigan joy (Xraniliщye) va siz xotira vositasini qurilmadagi disklar qatorida
ko‘rasiz. Agar jami ilovalar aynan shu diskka yuklanib, saqlanib qolishini istasangiz, uni taqdim etilgan ro‘yxatdan tanlab oling. Shundan so‘ng barcha ilova hamda ma’lumotlar o‘z-o‘zidan shu diskka yuklab olinadi. Agar siz biror bir ilovani mazkur diskka yoki boshqa biror yangi xotira diskiga ko‘chirish istagida bo‘lsangiz, avval bu ilovani o‘chirib tashlang va uni ishlab chiqaruvchining saytidan yoki Windows 10 onlayn do‘konidan toping. Bu ilovani qayta o‘rnating va aynan shu jarayonda uni kerakli diskka ko‘chirib oling. Yoki lokal diskni ochib, kerakli ilovani topib, uni o‘zingiz xohlagan xotira diskiga ko‘chirishingiz mumkin. Biroq, barcha ilovalarni ham bu usulda ko‘chirish mumkin emas. Qisman bo‘lsa ham, ilovalarni ko‘chirib, lokal diskni bo‘shatsangiz, qurilmaning tezkor ishlashiga yordam bergan bo‘lasiz. 24-rasm Unutmang, xotira diskini qurilmadan uzib olsangiz, unga o‘rnatilgan ilova kompyuter yoki noutbukda ishlamaydi. Xotirani qayta o‘rnatsangiz, ilovadan yana qo‘shimcha sozlashlarsiz foydalanish mumkin. 25-rasm Microsoft’ning standart va onlayn do‘kondan yuklangan ilovalardan foydalanish kerakmi? Windows 10 e’lon qilingan ilk kundan boshlab Microsoft’ning standart ilovalaridan foydalanish kerakmi yo yo‘qligi, shuningdek onlayn do‘kondan kerakli ilovalarni yuklab olish arzish yoki arzimasligi haqida bahs-munozara ketmoqda. Smartfon va planshetdan foydalanishda juda injiq yoki tartibli bo‘lgan foydalanuvchi o‘ziga kerakli barcha ilovalarni tizim ishlab chiqaruvchisining do‘konidan yuklab olishga odatlanadi. Microsoft Magazin do‘koni Windows 8 tizimiga ega personal kompyuterlarga mo‘ljallangan ilovalarni taqdim eta boshlaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. U ilovalarning nosozligi, noqulayligi, faoliyatining cheklangani ko‘p gapirildi. Windows 10 tizimi ilovalarining qulay jihatlari ko‘p. Jumladan, “Pusk” menyusidagi “Barcha ilovalar” (Vse prilojeniya)ni bossangiz, u yerda sizga ilovalarni harf yoki nom bo‘yicha qidirish imkoniyati beriladi. 26-rasm Deyarli uchinchi tomon ishlab chiqargan dastur va ilovalarga ehtiyoj sezilmaydi. Brauzerdan tortib, ob-havo ma’lumotlari o‘rin olgan ilova foydalanishga qulay. Albatta, tanlov o‘z qo‘lingizda. 27-rasm Shuningdek, universal ilovalar haqida turli gap-so‘zlar bo‘lgan edi. Aytish joizki, bu ilovalar ham qulay va elektron do‘kondan yuklab olishga arziydi. Misol uchun, Microsoft Lumia 950XL ilovasini yuklab olib, Word Mobile universal ilovasida Continuum aksessuari yordamida telefonda maqola yozsangiz bo‘ladi. Ya’ni, bu kabi ilovalar bir vaqtning o‘zida ham noutbuk, ham planshet va smartfonda ham ishlash ko‘nikmasiga ega. Download 398.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling