6-amaliy mashg’ulot mavzu: Rezba ochish dastgohini tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish Ishdan maqsad
Download 39.52 Kb.
|
6-AMALIY MASHG\'ULOT (2)
Mashinaning sifati deb, mashinaning o‘z vazifasini bajarish uchun, bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lgan va boshqa mashinalardan farq qilishi bilan ajralib turadigan xususiyatiga aytiladi.
Mashinani asosiy sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: Mashinaning o‘z vazifasini uzoq vaqt bir xil bajarib ishlab turishi; Mashina ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati yaxshi bo‘lishi kerak; Uzoq vaqt davomida, o‘zining birinchi holatini saqlash; Xizmat vazifasini, iqtisodiy tejamkor holida bajarish; Ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lishi kerak; Ishlash vazifasini xavfsiz bajarish; Oddiy va o‘ng‘ay xizmat ko‘rsatish va boshqarish; Shovqin darajasi kam bo‘lishi kerak; Foydali ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lishi kerak; Mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilganlik darajasi va boshqalar. Sifat ko‘rsatkichlariga erishish va ularni ta’minlash uchun mashinalarni tayyorlash vaqtida katta xarajatlar talab qilinadi, mashinani sifatli qilib tayyorlash ularni aniq qilib tayyorlashga bog‘liqdir. Mahsulotni sifat darajasini bilish uchun, uning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari orqali bilinadi. Buyumning sifatini boshqarish – standart bo‘yicha berilgan sifat ko‘rsatkichlariga va texnik shartlariga qarab olib boriladi. ifat ko‘rsatkichlarini ko‘tarish uchun ilmiy-texnik ishlarini natijalaridan va uning talab qilingan texnik talablaridan foydalaniladi. Buyumni sifat ko‘rsatkichlarini oshirishning asosiy yo‘li - standartlashtirish deb hisoblanadi. Materiallarni, yarim fabtikatlarni, buyumni komplekt detallarini standartlashtirish. Har bir buyumga texnik shartlar hujjati tuziladi. Analitik ilmiy tahlillar asosida buyum sifatini ko‘rsatkichlarini oshirish mexanizmini ishlab chiqarilgan. Buyumni sifat ko‘rsatkichlarini qabul qilingan yagona davlat boshqaruv sistemasi bilan boshqariladi. Bu sisitemada quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olingan: mashinaning vazifasi, ishonchlilik (ishdan chiqmaslik, uzoq vaqt ishlashi, o‘zini saqlash, ta’mirbopligi) texnologiyabopligi, standartlashtirish ko‘rsatkichlari, ekologik xavfsiz ishlashi va patent-huquq ko‘rsatkichlari. Sifat ko‘rsatkichlariga yana quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar kiradi: texnologiyabopligi, tayyorlash, sinash va ekspluatatsiya davrida – materiallar sarfi. Sifat darajasini har doim sistematik ravishda nazorat qilish buyum konstruktori bilan texnologning vazifasidir. Download 39.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling