6 Amaliy mashg’ulot mavzu: Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Download 14.68 Kb.
|
6-Amaliy Mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Tuzuvchi: assistenti O`.N.Badalov
“METROLOGIYA va STANDARTLASHTIRISH” fanidan amaliy uslubiy ko`rsatma 6 - Amaliy mashg’ulot MAVZU: Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan tasdiqlanadi. Standart muddati cheklanmagan yoki muddati cheklangan tarzda tasdiqlanadi. Standartni tasdiqlash chog‘ida asosiy tadbirlar rejasi loyihasiga binoan ishlami amalga oshirishni hisobga olgan holda standartni joriy qilish sanasi yoki standartning amal qilish muddati, shuningdek, birinchi tekshiruv muddati va keyingi tekshiruvlaming qachon bo‘lishi belgilab qo‘yiladi. Standartda yangidan tasdiqlangan standartlarga havola qilinadigan boisa, standartni joriy qilish sanasi ulaming joriy etilishi muddatidan oldin bo‘lmasligi kerak. Odatda tashkilot texnikaviy va umumtexnikaviy standartlarning amal qilish muddati cheklanmagan tarzda tasdiqlanadi. Mahsulotni yangilash (zamonaviylashtirish) borasida alohida me’yorlangan muddatlar belgilangan boisi, mahsulotga standartlaming amal qilish muddatlari ana shu me’yorlarga binoan belgilanadi. Mahsulotni yangilash (zamonaviylashtirish)ning alohida belgilangan me’yorlari yo‘q bo‘lgan taqdirda standartning amal qilish muddatlarini belgilash zarurligini ishlab chiquvchi tashkilot buyurtmachi tashkilot (asosiy iste’molchi) bilan kelishilgan holda belgilaydi va standartni tasdiqlagan organ tayinlaydi. Amal qilish muddatlari cheklangan standartni tekshirishdan o‘tkazish muddati standartni amal qilish muddati tugashiga 9 oy qolganda standartning amal qilishini cho‘zish, amal qilish muddatini cheklashga barham berish, standartni bekor qilish bo‘yicha hujjatni tasdiqlashga taqdim etish zarurligini hisobga olgan holda belgilanadi. Qo’ilanish, muddati tugashi bilan standart huquqiy kuchini yo‘qotadi. Respublika standartni davlat ro‘yxatiga olishni « o‘zstandart» agentligi amalga oshiradi. Chet elga chiqariladigan mahsulotga nisbatan qo‘shimcha talablar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun standart 4 nusxada topshirilishi lozim: asl nusxasi, ikkinchi nusxasi va 2 ta ko‘chirmasi. Standartning ikkinchi nusxasi asl nusxa bilan o'xshash boiishi va undan imkoni boricha sifatli ko‘chirmalar tayyorlashni ta’minlashi lozim. Har qanday tayyorlangan hujjatlar aniq va ravshan boiishi lozim. Standartni davlat ro'yxatidan o‘tkazish uchun muqovalab topshirish lozim. Standartga zarurat tug‘ilganda kiritiladigan tuzatislilar mashinkada bosilgan bo‘lishi yoki qora tush, pasta, siyoh bilan qo‘lda aniq qilib voziladi, birinchi varaqning orqa tomonidai izoh beriladi, tashkilot rahbari (rahbar o‘rinbosari)ning imzosi va ishlab chiquvchi muhiri bilan tasdiqlanadi. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish kerak. Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat'iy nazar, standartga raqamli belgini « o‘zstandart» agentligi beradi. « o‘zstandart» agentligi asl nusxa, ikkinchi nusxasi va ikkinchi ko‘chirmaning birinchi betiga o‘zining nomi ko‘rsatilgan to‘rt burchak muhrini bosadi, sana va davlat ro‘yxatining nomerini yozib qo'yadi. Ikkinchi nusxa va ko‘chirmaning bitta nusxasi «o‘zstandart» agentligida qoladi. Asl nusxa va ko‘chirmaning ikkinchi nusxasi ishlab chiquvchiga qaytariladi. o‘zstandart» agentligi respublika standarti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin 15 kun davomida ko‘chirmaning bitta nusxasini Respublika ilmiy-texnikaviy kutubxonasiga yuborishi kerak. Standart loyihasiga tushuntirish xaiining tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuni.Tushuntirish xatining nomida standartning toifasi va to’la nomi,standart loyihasi tahririning tartib raqami va (yoki) standartni ishlabchiqish bosqichi to‘g‘risidagi malumotlar keltiriladi. Standart loyihasiga tushuntirish xatining bo‘limlari arab raqamlariga nuqta qo‘yib belgilanadi va quyidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi: 1) standartni АзЫф chiqish uchun asos; 2) standartni ishlab chiqish maqsadi va vazifalari; 3) standartlashtirish obyektining tavsifi; 4) standartning ilmiy-texnikaviy darajasi; 5) standartni joriy qilishning texnik-iqtisodiy samaradorligi; 6) joriy qilish, standartni harakatga keltirish (amal qilishmuddati) va standartni tekshirish; 7) boshqa me’yoriy hujjatlar bilan o'zaro bog‘liqligi; 8) fikr-mulohaza olish uchun yuborilgani to‘g‘risida ma’lumot standart loyihasining birinchisidan tashqari hamma tahriri bo‘yicha); 9) kelishilganligi to‘g‘risida ma’lumot (faqat tasdiqlashga oshiriladigan standart loyihasining oxirgi tahririga); 10) axborotlar manbai; 11) qo‘shimcha ma’lumotlar; Standart loyihasining har bir tahririga tushuntirish xati tuziladi. Tushuntirish xatida standart loyihasi tahriridagi asosiy ko‘rsatkichlaming, me’yorlar ini ta’riflar va talablaming bundan oldingi tahririga nisbatan o‘zgartirilishi aks ettiriladi va o‘zgartirishning texnikiqtisodiyasoslari ko‘rsatiladi. Agar standartlashtirish rejasiga kiritilmagan standart loyihasi ishlab chiqiladigan bo‘lsa (rejadan tashqari mavzu), yuqori idoraning standarti ishlab chiqishga asos bo‘lgan yo’l-yo‘riq beradigan) hujjatni keltiradi. «Standartni ishlab chiqishning maqsadi va vazifalari» bo’limida ishlab chiqilayotgan standartni qoilash oqibatida ta’minlanadigan pirovard natijalar va standartni ishlab chiqish jarayonida halqilinadigan vazifalar keltiriladi. «Standartlashtirish obyektining tavsifi» bo’limida standart ilkmarotaba ishlab chiqarilayotgani to‘g‘risida maiumot yoki standartlar, texnikaviy shartlar va mazkur standartlashtirish obyektibo‘yicha standart loyihasi ishlab chiqila boshlagan paytda amalda bo’lgan boshqa hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot keltiriladi. Bo’limda, standartlashtirish obyektiga bogiiq ravishda standart loyihasining asosiy ko’rsatkichlari, me’yorlari, tavsiflari, talablari va ular maqbulligining texnik-iqtisodiy asoslari keltiriladi Standart qayta ko‘rib chiqiladigan yoki standartga o‘zgartirshlar kiritiladigan taqdirda texnik-iqtisodiy asoslash, standart ko‘rsatkichlari, ta’riflariva talablarining o‘zgartirilishi ko‘rsatiladi. «Standartning ilmiy - texnikaviy darajasi» boiimida standartning ilmiy-texnikaviy darajasini baholash natijalari va talablarini jahondagi darajaga muvofiqligi keltiriladi; chet ellarda va MDHdagi ayni shundaylar bilan qiyoslash va baholash o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Kerak bo‘lganda bu ma’lumotlar tushuntirish xatining ilovasida keltiriladi. «Standartni joriy qilishning texnik-iqtisodiy samaradorligi» boiimida standartlashtirish obyektining iqtisodiy jihatdan afzalligi, tejamkorlikka erishishining asosiy manbalari ko‘rsatiladi. Standartni joriy qilish tufayli ko‘riladigan iqtisodiy samaradorliknihisoblash mumkin bo‘lmasa standartni joriy etishdan keladigan sotsial samaradorlikni (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatish kerak. Boshqa me’yoriy hujjatlar bilan o‘zaro bog‘liqlik bo‘limida: 1) agar standart loyihasi standartlar majmuiga qarashli bo‘lsa, uning standartlar majmuiga mansubligi; 2) bir turdagi mahsulot guruhi standartiga muvofiq ishlabchiqilgan standart loyihasi; 3) muomaladagi standartlar, shu jumladan, standart loyihasi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ISO, IEC va boshqa xalqaro tashkilotlaming standartlari, texnikaviy shartlari; 4) qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlarni ishlab chiqish zarurligini asoslab berish yoki ishlab chiqilayotgan standartni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalda joriy etish natijasida muomaladagi standartlarni, texnikaviy va boshqa hujjatlarni bekor qilish ko‘rsatiladi.Standart loyihasiga tushuntirish xati alohida mustaqil raqam qo‘yilgan sahifada va muqovasiz bo‘lishi kerak. Raqam sahifaning o‘ng tomonidan yuqori burchagiga qo‘yiladi. Nazorat savollari: 1.Standart loyihasiga tushuntirish xati bo‘limlari haqida ma’lumot bering. 2.Standart nusxalariga izoh bering. 3.Standartning joriy qilishning texnik-iqtisodiy samaradorligi qanday? 4.Fikr-mulohazalar olish uchun yuborilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlaini keltiring. 5.Standart loyihasiga tushuntirish xati haqida ma’lumot bering Tuzuvchi: assistenti O`.N.Badalov Download 14.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling