6-Amaliy mashg’ulot Mavzu
Dissotsilanish qaytar jarayondir
Download 148.44 Kb.
|
6-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hosil bo’lgan gidroanionlar o’z navbatida suv ta’sirida quyidagi o’zgarishlarga uchraydi: Agar gidroanion kuchli kislota qoldig’i
- Agar gidroanion kuchsiz kislota qoldig’i
3. Dissotsilanish qaytar jarayondir. Ya’ni qancha molekula ionlarga ajralsa, ionlardan yana shuncha molekula hosil bo’ladi:
Kuchli asos va kuchli kislotalar (shartli ravishda 10% gacha yoki 0,1 molyarli eritmalari) hamda o’rta va qo’sh tuzlar bir bosqichda to’liq dissotsilanadi. Masalan: a) Kuchli kislotalar: H2SO4 = 2H+ + SO ; HNO3 = H+ + NO b) Kuchli asoslar: KOH = K+ + OH-; Ca(OH)2 = Ca2+ + 2OH- Kam eriydigan asoslarning (Mg(OH)2, Cu(OH)2, Mn(OH)2, Fe(OH)2 va boshqalar) dissotsilanishi haqida gapirish o’rinli emas. Ular juda kam darajada dissotsilanadi. d) O’rta tuzlar: Cu(NO3)2 = Cu2+ + 2NO ; BaCl2 = Ba2+ + 2Cl- Al2(SO4)3 = 2Al3+ + 3SO ; K2S = 2K+ + S2- CH3COONa = CH3COO- + Na+; Mg(CN)2 = Mg2+ + 2CN- Kam eriydigan va amalda erimaydigan tuzlarning dissotsiatsiyasi haqida gapirish o’rinli emas. e) Qo’sh tuzlar: KAl(SO4)2 = K+ + Al3+ + 2SO Fe(NH4)2(SO4)2 = Fe2+ + 2NH + 2SO Kislotali, asosli va kompleks tuzlar bosqichma-bosqich dissotsilanadi. Masalan: Kislotali tuzlar KHSO4 = K+ + HSO KH2PO4 = K+ + H2PO KHCr2O7 = K+ + HCr2O NaHCO3 = Na+ + HCO Hosil bo’lgan gidroanionlar o’z navbatida suv ta’sirida quyidagi o’zgarishlarga uchraydi: Agar gidroanion kuchli kislota qoldig’i (H2SO , HCrO va shunga o’xshashlar) bo’lsa u holda uning o’zi to’liq dissotsilanadi: HSO = H+ + SO ; HCr2O = H+ + Cr2O va dissotsilanishning to’liq tenglamasi quyidagicha yoziladi: KHSO4 = K+ + H+ + SO KHCr2O7 = K+ + H+ + Cr2O Bunday tuzlarning eritmalari kislotali muhitga ega bo’ladi. Agar gidroanion kuchsiz kislota qoldig’i (H2PO , HPO , HCO va shunga o’xshashlar) bo’lsa “ikki yoqlamalik” kuzatiladi. Ya’ni kuchsiz kislotalar kabi to’liqmas dissotsilanadi: H2PO ↔ H+ + HPO (h1); HCO ↔ H+ + CO (α1) yoki suv bilan reaksiyaga kirishadi (qaytar gidrolizlanadi): H2PO + H2O ↔ H3PO4 + OH- (h); HCO + H2O ↔ H2CO3 + OH- (h) α1 > h bo’lganda dissotsilanish sodir bo’ladi va tuz eritmasining muhiti kislotali bo’ladi. α1 MgCl(OH), Cu2CO3(OH)2 va boshqa asosli tuzlar suvda amalda erimaydi va ularning dissotsiatsiyasi haqida gapirish o’rinli emas. Qutbli kovalent va ion bog’lanishli moddalar suvda eritilganda ionlarga ajraladi. Ion bog’lanishli moddalar (masalan; NaCℓ) suvda eritilganda suv dipollari tuz kristallarining hamma tomonida joylashadi va gidratlanish jarayoni boshlanadi. Kristall panjaradagi ionlar atrofida suv molekulalari joylashib ular bilan vodorod yoki donor-akseptor bog’lanish hosil qiladi. Natijada katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu energiya gidratlanish energiyasi deyiladi. Ajralib chiqqan energiya kristall panjarani buzish uchun sarflanadi. Bu vaqtda gidratlangan ionlar erituvchiga o’ta boshlaydi va erituvchi bilan aralashib eritma hosil qiladi. Download 148.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling