6-Amaliy mashg’ulot. Murakkab avtomatlashtirilgan tizimlar
Download 11.71 Kb. Pdf ko'rish
|
6-A
- Bu sahifa navigatsiya:
- PRODUCT REQUIREMENT
6-Amaliy mashg’ulot. Murakkab avtomatlashtirilgan tizimlar Tizim uchun talablar bu tizim nima ish bajarish lozimligini tasvirlashdir. Talablar tizim mijozlarini ehtiyojlarini aks ettiradi. Talablar injiniringi jarayonida ko’pgina muammolar ko’tariladi. ‘Foydalanuvchi talablari’ va ‘tizim talablari’ terminlari orasida farq mavjud. Foydalanuvchi talablari umumiy va tizim talablari batafsil bo’ladi. Foydalanuvchi talablari va tizim talablari quyidagicha izohlanishi mumkin: 1. Foydalanuvchi talablari bu diagrammalar bilan tabiiy tildagi bayonotlar. 2. Tizim talablari bu dasturiy ta’minot tizimi funksiyalari, servislari va operativ cheklanishlarining batafsil tasvirlanishi. Ushbu amaliy ishni tushuntirish maqsadida biz sizga Ruhiy Bemorlar Sog’ligini Saqlash Boshqaruv Tizimi (RBSSBT) misol qilib olamiz. Foydalanuvchi talablari 1. RBSSBT belgilangan har bir shifoxonalar uchun dorilar Tizim talablari 1.1. Har oyning oxirgi ish kunida belgilangan dorilar qisqacha izohi, ularning bahosi va belgilangan shifoxonalar hosil qilinadi 1.2. Tizim automatik tarzda har oyning oxirgi ish kunida soat 17:30 dan keyin hisobotni bosmaga chiqarishga tayyorlaydi 1.3. Hisobot har bir shifoxona uchun yaratilgan bo’lishi va individual dori nomlari ro’yxati, shifokorlar yozib bergan dori ro’yxatilari soni, yozib berilgan dori ro’yxatidagi dori dozalari soni yozib berilgan dorilarning umumiy bahosi 1.4. Agar dorilar turli xil dozalarda(masalan, 10mg, 20mg) bo’lsa ularni alohida ajratib hisobot tayyorlash 1.5. Hisobotga ruxsatlarni chegaralash Dasturiy ta’minot tizimi talablari funksional va funksional bo’lmagan talablar sinflariga ajratiladi. 3. Funksional talablar Bu tizim taminlashi lozim bo’lgan servislarning bayonoti. Kiritilgan ma’lumotlarga tizim qanday reaksiya ko’rsatishi lozim, tizim o’zini bunday holatlarda qanday tutushi lozim. 4. Funksional bo’lmagan talablar Bu tizim tomonidan taklif qilinayotgan servislar va funksiyalardagi cheklovlar. U o’z ichiga vaqt cheklanishi, ishlab chiqarish jarayoni cheklanishi, beriladigan standartlar tomonidan cheklanishlarni olishi mumkin. Siz talablarni turli xil darajada yozishingiz kerak chunki turli xil o’quvchilar turli xil yo’lda foydalanishadi. RBSSBT tizimi uchun funksional talablar, ruhiy kasallikka chalinayotgan bemorlar uchun 1. Foydalanuvchi barcha shifoxonalar uchun uchrashuv vaqtlarini qidira olishi kerak 2. Tizim har bir kunga har bir shifoxona uchun novbat kutib turgan bemorlarga uchrashuv kunini tuzib berishi lozim 3. Har bir ishchi xodim o’zining sakkiz xonali ishchi nomeri orqali identifikatsiyadan o’ta olishi lozim RBSSBT tizimi uchun funksional bo’lmagan talablar 1. Tizim tibbiyot xodimlari uchun foydalanishga qulay bo’lishi lozim 2. Tibbiyot xodimlari to’rt soatlik treyningdan so’ng tizimning barcha funksiyalaridan foydalana olishi lozim. Funksional bo‘lmagan talablar PRODUCT REQUIREMENT - RBSSBT normal ish vaqtida barcha klinikalar uchun mavjud bo’ladi(Dushanba-Shanba, 08.30-17.30). Uzilishlar bir kunda bir marta va 5 sekunddan oshmasligi kerak. ORGANIZATIONAL REQUIREMENT - RBSSBT tizimi foydalanuvchilari o’z kartalari orqali identifikatsiya qilinishi lozim. EXTERNAL REQUIREMENT - tashqi talablar. Download 11.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling