6-Amaliy mashg’ulot
Download 121.54 Kb. Pdf ko'rish
|
6-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Asosiy ma’lumotlar
- Nazorat uchun savollar
6-Amaliy mashg’ulot: O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida injenerlik ishlarini yuritishni tashkil etish Ishning maqsadi: O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida injenerlik ishlarini yuritishni tashkil etish jarayoni bilan tanishish. Topshiriqlar 1. To‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida injenerlik ishlarini yuritish. 2. Xususiy, xorijiy va qo‘shma korxonalarda injenerlik ishlarini yuritish. 3. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik korxonalarida injenerlik ishlarini yuritish. 4. Smena masterining korxonalarda texnologiyani boshqarish ishlari. Asosiy ma’lumotlar Engil sanoat - xom ashyoning xilma-xil turlaridan iste’mol buyumlari va mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan va bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan sanoat tarmoqlari yig‘indisi. yengil sanoatda tabiiy tolalar - paxta, ipak, jun, zig‘ir, jut kabilardan, kimyoviy tolalar - nitron, lavsan, viskoza, asetat, kapron, sun’iy charmlardan xom ashyo sifatida foydalaniladi. yengil sanoatga xom ashyoni dastlabki ishlash, to‘quv, trikotaj va noto‘qima matolari, tikuvchilik, charm poyafzal, to‘qimachilik - attorlik, gilam va gilam mahsulotlari, kigiz - namat, mo‘yna, teri oshlash, sun’iy charm, po‘stin chimchish va shu kabi tarmoqlar kiradi. Engil sanoatda keng iste’mol mollaridan tashqari xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlari uchun kerakli mahsulotlar - temir yo‘l, avtomobil transportlari o‘tirgichi, tom va qismlarini bezatish uchun matolar, mebel bop gazlamalar, kirzalar, qayishqoq piltalar, turli to‘rlar va boshqalar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining eng katta ulushini to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etadi. To‘qimachilik sanoati xom ashyolari - paxta, ipak, zig‘ir, jun, kimyoviy tolalardan iplar ishlab chiqarib, ulardan shoyi, jun va boshqa matolar to‘qish, trikotaj, noto‘qima, to‘r, to‘qimachilik, attorlik buyumlari va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi. Insoniyat tarixida yengil sanoat buyumlarini ishlab chiqarish bundan bir necha ming yillar oldin ma’lum bo‘lganligi tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan. Qo‘lda ip tayyorlash va gazlama (mato) to‘qish, charmdan poyafzal tikish uchun uni qayta ishlash Hindiston, Xitoy, Misr va O‘rta Osiyoda meloddan bir necha asr ilgari ma’lum bo‘lgan. O‘zbekiston mintaqasida paxtachilik tarixi va bu qimmatbaho toladan gazlama to‘qish bundan ikki ming yillar oldin boshlangan. Buni arxeologik topilmalar va antik mualliflarning ma’lumotlari tasdiqlaydi. Bular ichida bir siqim ko‘mirga aylangan paxta chigiti tolasi bilan saqlanib qolgan. Bu ajoyib topilmani Toshkentga O‘zbekiston arxeologlari - qadimiy paxtachilik bilan dunyoda shuhrat qozongan Farg‘ona vodiysidan olib kelganlar. Arxeologlar Quva tumani Chillamazor tepaligida eramiz boshida yonib ketgan uydan qazilmalar paytida yongan uy-ro‘zg‘or idishlari ichidan kulga aylangan paxta chigitlarini topish baxtiga muyassar bo‘lganlar. Topilmalar ekspertlar tomonidan qunt bilan tekshirilgan, ularning aytishicha, bu topilma eng qadimiy paxta naviga mansubdir. Shunday qilib, Vatanimizda paxtachilik bilan shug‘ullanish qadimdan ma’lum bo‘lganligi aniq xujjatlar guvohligida tasdiqlangan. Arxeologik qazilmalar natijasida yana bir kashfiyot - III – IV - asrga mansub qabrdan topilgan bir siqim paxta tolasidan olingan ip gazlama topilgan. Eramizdan oldin IV - asrda Aleksandr Makedonskiyning safdoshlari O‘rta Osiyoga bostirib kirganlarida Amudaryo bo‘ylarida (qirg‘oqlari bo‘ylab) paxta ekilgan katta dalalarni ko‘rishgan. Qadimiy Sharq manuskrigtlarining tasvirlashlaricha, paxta shunday o‘simlikki, uning mevasi pillaga o‘xshaydi, unda tola borki, u ipga o‘xshaydi. Uni teradilar va o‘zining ajib yengilligi va oqligi bilan ajralib turadigan matolar to‘qiydilar. Tarix otasi Geradot bundan 2400 yuz yil oldin paxtani Jun daraxti deb atagan. Paxta tolasining junga o‘xshab ketishi ishbilarmonlar va savdogarlar oldida sotish muammolarini tug‘dirmaydi. XVI - asrning boshlanishigacha Sharq ip gazlamalari yevropaning hamma asosiy bozorlarida va shuningdek, eski nemis shahri Augesburg yarmarkalarida ham sotila boshlandi. Bu matolar ham xuddi shoyi matolar kabi Buyuk Ipak yo‘li orqali keltirilar edi. Yo‘llar nafaqat Sharqqa, balki Shimolga - Qadimiy Rusiyaga ham olib borar edi. U yerlarda matolar qatori o‘lkamizning paxta tolasidan to‘qilgan matolar ham qadrlanardi. Qadim vaqtlardanoq O‘rta Osiyo matolari Dnepr bo‘yi va Janubiy knyazliklarga grek, poloves va xazar savdogarlar hamkorligida olib borilar edi. Keyinroq rus savdogarlarining o‘zlari Samarqand, Buxoro, Xivaga keladigan, bu shahar savdogarlari esa Rossiyaga boradigan bo‘lishdi. Mamlakatimiz yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarish XIX - asrning oxirida, 1874 yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan boshlangan desa bo‘ladi. Rossiyada paxta xom ashyosiga bo‘lgan talabning ortishi bilan O‘zbekistonda qator paxta tozalash zavodlari, 1881 yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida, 1890 yilda Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida, 1898 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l shahrida va Respublikamizning boshqa mintaqalarida zavodlar qurilib ishga tushirildi. Mamlakatimizda yildan-yilga paxta xom ashyosini ishlab chiqarish ko‘payib bordi. Respublikamizda ishlab chiqarilgan paxta xom ashyosining deyarli 85-90 foizi Sobiq Ittifoq davrida Rossiya va boshqa respublikalarga olib chiqib ketilar edi. XX asrning 20 yillarida O‘zbekistonda yetishtirilgan xom-ashyoni qayta ishlab, tayyor mahsulot yetishtirish maqsadida mayda tarqoq hunarmandchiliklarni birlashtirib, sanoat asosini yaratish boshlandi. 1926 yilda Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasining dastlabki navbati ishlay boshladi. Korxonaning bu qismi 10000 urchuqqa va 300 to‘quv dastgohiga ega bo‘lib, 2 va 3 navbatini ishga tushirishda u tajriba - namuna maktabi hamda tayanch bo‘lib xizmat qildi. Ko‘p o‘tmay fabrikaning 2 - hamda 20000 urchuq va 600 to‘quv sanoatiga ega bo‘lgan 3-navbati ishga tushirilishi lozim edi. 1932 yilga kelib fabrikaning 19900 urchug‘i va 906 to‘quv dastgohlari sifatli mahsulot bera boshladi. Fabrikaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib bordi. Agar fabrika 1930 yilda 218,2 tonna ip yigirib, 2 mln. pogon metrdan ortiq gazlama chiqargan bo‘lsa, 1932 yilda esa 1377 tonna yigirilgan ip va 7 mln. 765 ming pogon metrdan ziyod gazlama ishlab chiqarildi. Farg‘ona viloyatida Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasi bilan bir qator kiyim- kechak uchun va tibbiyotda qo‘llaniladigan gigroskopik paxta yetishtirib beruvchi korxona tashkil etildi. 1927 yilda Farg‘onada qurilgan pillakashlik fabrikasi Respublikamizda ipakchilik sanoati yaratilishiga asos soldi. 1927 yilda Samarqandda, 1928 yili Buxoro va Marg‘ilonda pillakashlik korxonalari qurildi. Pillakashlik sanoatining barpo etilishi Respublikamiz halqlari didiga mos shoyi gazlamalar to‘qib chiqaradigan korxonalar qurilishini taqozo qilardi. Shu maqsadda shoyi to‘qish korxonalari sanoatini barpo etishga kirishildi. Ana shunday korxonaning qaldirg‘ochi 1930 yilda ishga tushirilgan Samarqand shoyi to‘qish fabrikasidir. Toshkent to‘qimachilik kombinatining birinchi navbatida 1934 yilda 8ta to‘quv dastgohi Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasidan keltirilgan kalava ipi bilan ishladi va Toshkent to‘qimachilik kombinatining dastlabki mahsulotini bera boshladi. Shu yilning o‘zidayoq yigiruv fabrikasida 5000 urchuq, to‘quv fabrikasida esa 204 to‘quv dastgohi ishga tushirildi. 1935 yilda esa 35630 urchuq ip, 1152 dastgoh esa gazlama bera boshladi. Korxonada ishlab chiqarayotgan gazlamalarga jilo berish uchun esa pardozlash fabrikasining uskunalari montajini tezlik bilan tugallash kerak edi. 1934 yilning noyabrigacha 1000 to‘p gazlamaga gul bosishni ta’minlash quvvatiga ega bo‘lgan agregatlar ishga tushirildi. Pillakashlik sanoatida mehnat unumdorligini va yalpi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, asosan, eski uskunalarni yangi, serunum uskunalar bilan almashtirish hisobiga amalga oshdi. 1936 yildan boshlab pillakashlik fabrikalarida “Yulduz”, “Nakane” yapon uskunalari va markaziy bug‘lashni tashkil qiluvchi “Chiba” mashinalari o‘rnatildi. Marg‘ilon va Buxoroda eski fabrikalar bilan yonma- yon serunum yapon uskunalariga ega bo‘lgan yangi korpuslar qurila boshladi. 1937 yildayoq Marg‘ilon ipak fabrikasining yangi korxonasida “Nakane” sistemasidagi 164 ta mashina o‘rnatildi. 1930 yilda ishga tushgan Samarqand shoyi fabrikasi hali kam quvvatli bo‘lib, uni qayta qurish lozim edi. Bu vazifa ham amalga oshirildi. 1937 yilga kelib fabrika 125 dastgohga ega bo‘ldi va ko‘plab shoyi, beqasam ishlab chiqara boshladi. 1933-37 yillari Respublikamiz asosiy to‘qimachilik sanoatining ishlab chiqarish fondi 5564,7 ming so‘mdan 22699,8 ming so‘mgacha o‘sdi. Umuman, ip gazlama sanoati bo‘yicha 10,5 marta ko‘paydi. 1937 yilda O‘zbekistonda 466 ming tonna paxta tolasi, 644 tonna xom ipak ishlab chiqarildi. Farg‘ona yigiruv to‘quv fabrikasining 3-navbati shu davrgacha qurib bitkazilib, 47220 urchuqqa teng quvvat bilan ishlay boshladi. Shu yillari Qo‘ng‘irot, Gʻijduvon, Chinoz, Xiva paxta tozalash zavodlari to‘la ishga tushirildi. 1938-42 yillarda mavjud pillakashlik fabrikalarining tazi 10 tutqichli qilib rekonstruksiya qilindi. 1939 yildan boshlab esa 20 tutqichli joriy etila boshlandi. Yaponiyaning “Xonda” sistemasidagi 118 tazli Buxoro pillakashlik fabrikasining 2- navbati ishga tushirildi. Marg‘ilon pillakashlik fabrikasida esa krep tipidagi turli- tuman shoyi gazlamalar ishlab chiqarish joriy etildi. Urushgacha bo‘lgan yillar mobaynida O‘zbekiston trikotaj sanoati rivojlandi. Qo‘qon yigiruv paypoq to‘quv kombinati va hajmi jihatdan kichikroq bo‘lgan Farg‘ona hamda Toshkent trikotaj buyum fabrikalari ishga tushirildi. To‘qimachilik korxonalarining tasdiqlangan reja topshiriqlari va mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini o‘z muddatida va talab darajasida bajarilishi ishchi xodimlar tomonidan qabul qilingan ish qoidalari va usullarini to‘g‘ri bajarilishiga bevosita bog‘liq. Smena masteri kundalik faoliyati davomida har bir ishchining o‘rnatilgan qoidalar va usullarni qanday bajarayotganini nazorat qilib boradi. Yigirish korxonalarida ishlab chiqarish tajribasi asosida qabul qilingan quyidagi ish qoidalari va usullarini qo‘llash yaxshi samara bermoqda: • Ishchilarning smenani qabul qilish-topshirish ishlarini to‘g‘ri bajarishi; • Har bir ishchining texnologik mashinalarga xizmat ko‘rsatish soatbay grafigiga amal qilishi; • Smena ishchilarining texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi belgilangan qoidalarga rioya qilishi; • Xomaki mahsulotlarni tasdiqlangan apparatlash tizimiga muvofiq ishlatish; • Ishchilarni xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga amal qilishi; • Smena ishchilarini xom ashyo va moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishi; • Ishchilar tomonidan qaytimlar va chiqindilarni topshirish tartibiga amal qilishi; • Ish qurollari va vositalaridan to‘g‘ri foydalanish; • Ishchilarning texnologik mashinalarni ishlatish va to‘xtatish ishlarini to‘g‘ri bajarishi; • Ishchilar tomonidan mashinalarni shaylash (zapravka qilish) ishlarini to‘g‘ri bajarilishi; • Ishchilarning xomaki mahsulotlarni ulashda belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilishi. Smena masteri yuqoridagi nazorat ishlarini tashkil qilishda tajribali instruktor va brigadirlar yordamidan foydalanadi. Kuzatuv va nazorat ishlarining natijalari ichki nazorat kitobiga yozib boriladi. Ichki nazorat kitobiga malakasi yetarli bo‘lmagan yoki o‘rnatilgan ish qoidalariga amal qilmayotgan ishchilar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari qayd etib boriladi. Agar olib borilgan tushuntirish ishlari natija bermasa, ushbu ishchini boshqa kam malaka talab etiladigan kasbga o‘tkaziladi. Smena jamoasini tasdiqlangan topshiriq reja va sifat ko‘rsatkichlarini muntazam bajarishi uchun injenerlik ta’minoti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Injenerlik ta’minoti ishlab chiqarish jarayonini to‘xtovsiz va belgilangan talablar asosida amalga oshirish uchun syex va texnologik o‘timlarga moddiy resurslarni yetkazib berish va zarur texnik xizmatlarni bajarish masalalarini qamrab oladi. Smena masterining injenerlik ta’minoti bo‘yicha bajaradigan ishlari quyidagilardan iborat: • Smena davomida har bir texnologik mashinaga (har bir komplektga) xomaki mahsulotlarni kerakli miqdorda uzilishlarsiz yetkazib berilishini nazorat qilish; • Tayyor mahsulotlarni mashinalardan ajratib olish (tsyom) ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, mahsulotni qadoqlash va o‘rashda ishlatiladigan ashyolarni (taz, g‘altak, gil za, patron, konus va h.k.) smena davomida yetarli bo‘lishini ta’minlash; Tsexdagi harorat va namlikni talab darajasida bo‘lishini ta’minlovchi qurilmalar ishini smena davomida tasdiqlangan grafik bo‘yicha nazorat qilish, zarur bo‘lganda operativ choralar ko‘rish; Nazorat uchun savollar 1. To‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida injenerlik ishlarini yuritish tartibi qanday? 2. Xususiy, xorijiy va qo‘shma korxonalarda injenerlik ishlarini yuritishda nimalarga e’tibor berish kerak? 3. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik korxonalarida injenerlik ishlarini yuritishda amalga oshiriladigan ishlar qaysilar? 4. Smena masterining korxonalarda texnologiyani boshqarish ishlarini qanday tartibga solidi? Download 121.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling