6-Amaliy mashg’ulot


Download 121.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.02.2023
Hajmi121.54 Kb.
#1223948
Bog'liq
6-amaliy



6-Amaliy mashg’ulot: O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida injenerlik ishlarini 
yuritishni tashkil etish
Ishning maqsadi: O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida injenerlik ishlarini 
yuritishni tashkil etish jarayoni bilan tanishish. 
Topshiriqlar
1. To‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida injenerlik ishlarini yuritish. 
2. Xususiy, xorijiy va qo‘shma korxonalarda injenerlik ishlarini yuritish. 
3. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik korxonalarida injenerlik 
ishlarini yuritish. 
4. Smena masterining korxonalarda texnologiyani boshqarish ishlari. 
Asosiy ma’lumotlar 
Engil sanoat - xom ashyoning xilma-xil turlaridan iste’mol buyumlari va 
mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan va bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘langan sanoat tarmoqlari yig‘indisi. yengil sanoatda tabiiy tolalar - paxta, ipak, 
jun, zig‘ir, jut kabilardan, kimyoviy tolalar - nitron, lavsan, viskoza, asetat, kapron, 
sun’iy charmlardan xom ashyo sifatida foydalaniladi. yengil sanoatga xom ashyoni 
dastlabki ishlash, to‘quv, trikotaj va noto‘qima matolari, tikuvchilik, charm 
poyafzal, to‘qimachilik - attorlik, gilam va gilam mahsulotlari, kigiz - namat, 
mo‘yna, teri oshlash, sun’iy charm, po‘stin chimchish va shu kabi tarmoqlar kiradi. 
Engil sanoatda keng iste’mol mollaridan tashqari xalq xo‘jaligining ko‘p 
tarmoqlari uchun kerakli mahsulotlar - temir yo‘l, avtomobil transportlari o‘tirgichi, 
tom va qismlarini bezatish uchun matolar, mebel bop gazlamalar, kirzalar, 
qayishqoq piltalar, turli to‘rlar va boshqalar ishlab chiqariladi. 
Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining eng katta ulushini 
to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etadi. 
To‘qimachilik sanoati xom ashyolari - paxta, ipak, zig‘ir, jun, kimyoviy 
tolalardan iplar ishlab chiqarib, ulardan shoyi, jun va boshqa matolar to‘qish, 
trikotaj, noto‘qima, to‘r, to‘qimachilik, attorlik buyumlari va boshqa sohalarni o‘z 
ichiga oladi. 
Insoniyat tarixida yengil sanoat buyumlarini ishlab chiqarish bundan bir necha 
ming yillar oldin ma’lum bo‘lganligi tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan. Qo‘lda ip 
tayyorlash va gazlama (mato) to‘qish, charmdan poyafzal tikish uchun uni qayta 
ishlash Hindiston, Xitoy, Misr va O‘rta Osiyoda meloddan bir necha asr ilgari 
ma’lum bo‘lgan. 
O‘zbekiston mintaqasida paxtachilik tarixi va bu qimmatbaho toladan 
gazlama to‘qish bundan ikki ming yillar oldin boshlangan. Buni arxeologik 
topilmalar va antik mualliflarning ma’lumotlari tasdiqlaydi. Bular ichida bir siqim 
ko‘mirga aylangan paxta chigiti tolasi bilan saqlanib qolgan. Bu ajoyib topilmani 
Toshkentga O‘zbekiston arxeologlari - qadimiy paxtachilik bilan dunyoda shuhrat 
qozongan Farg‘ona vodiysidan olib kelganlar. Arxeologlar Quva tumani 
Chillamazor tepaligida eramiz boshida yonib ketgan uydan qazilmalar paytida 
yongan uy-ro‘zg‘or idishlari ichidan kulga aylangan paxta chigitlarini topish baxtiga 
muyassar bo‘lganlar. Topilmalar ekspertlar tomonidan qunt bilan tekshirilgan, 
ularning aytishicha, bu topilma eng qadimiy paxta naviga mansubdir. Shunday qilib


Vatanimizda paxtachilik bilan shug‘ullanish qadimdan ma’lum bo‘lganligi aniq 
xujjatlar guvohligida tasdiqlangan. Arxeologik qazilmalar natijasida yana bir 
kashfiyot - III – IV - asrga mansub qabrdan topilgan bir siqim paxta tolasidan olingan 
ip gazlama topilgan. 
Eramizdan oldin IV - asrda Aleksandr Makedonskiyning safdoshlari O‘rta 
Osiyoga bostirib kirganlarida Amudaryo bo‘ylarida (qirg‘oqlari bo‘ylab) paxta 
ekilgan katta dalalarni ko‘rishgan. 
Qadimiy Sharq manuskrigtlarining tasvirlashlaricha, paxta shunday 
o‘simlikki, uning mevasi pillaga o‘xshaydi, unda tola borki, u ipga o‘xshaydi. Uni 
teradilar va o‘zining ajib yengilligi va oqligi bilan ajralib turadigan matolar 
to‘qiydilar. 
Tarix otasi Geradot bundan 2400 yuz yil oldin paxtani Jun daraxti deb atagan. 
Paxta tolasining junga o‘xshab ketishi ishbilarmonlar va savdogarlar oldida sotish 
muammolarini tug‘dirmaydi. 
XVI - asrning boshlanishigacha Sharq ip gazlamalari yevropaning hamma 
asosiy bozorlarida va shuningdek, eski nemis shahri Augesburg yarmarkalarida ham 
sotila boshlandi. Bu matolar ham xuddi shoyi matolar kabi Buyuk Ipak yo‘li orqali 
keltirilar edi. Yo‘llar nafaqat Sharqqa, balki Shimolga - Qadimiy Rusiyaga ham olib 
borar edi. U yerlarda matolar qatori o‘lkamizning paxta tolasidan to‘qilgan matolar 
ham qadrlanardi. Qadim vaqtlardanoq O‘rta Osiyo matolari Dnepr bo‘yi va Janubiy 
knyazliklarga grek, poloves va xazar savdogarlar hamkorligida olib borilar edi. 
Keyinroq rus savdogarlarining o‘zlari Samarqand, Buxoro, Xivaga keladigan, bu 
shahar savdogarlari esa Rossiyaga boradigan bo‘lishdi. 
Mamlakatimiz yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarish
XIX - asrning oxirida, 1874 yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi 
bilan boshlangan desa bo‘ladi. Rossiyada paxta xom ashyosiga bo‘lgan talabning 
ortishi bilan O‘zbekistonda qator paxta tozalash zavodlari, 1881 yilda Samarqand 
viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida, 1890 yilda Xorazm viloyatining Xazorasp 
tumanida, 1898 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l shahrida va Respublikamizning 
boshqa mintaqalarida zavodlar qurilib ishga tushirildi. Mamlakatimizda yildan-yilga 
paxta xom ashyosini ishlab chiqarish ko‘payib bordi. 
Respublikamizda ishlab chiqarilgan paxta xom ashyosining deyarli 85-90 
foizi Sobiq Ittifoq davrida Rossiya va boshqa respublikalarga olib chiqib ketilar edi. 
XX asrning 20 yillarida O‘zbekistonda yetishtirilgan xom-ashyoni qayta 
ishlab, tayyor mahsulot yetishtirish maqsadida mayda tarqoq hunarmandchiliklarni 
birlashtirib, sanoat asosini yaratish boshlandi. 
1926 yilda Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasining dastlabki navbati ishlay 
boshladi. Korxonaning bu qismi 10000 urchuqqa va 300 to‘quv dastgohiga ega 
bo‘lib, 2 va 3 navbatini ishga tushirishda u tajriba - namuna maktabi hamda tayanch 
bo‘lib xizmat qildi. Ko‘p o‘tmay fabrikaning 2 - hamda 20000 urchuq va 600 to‘quv 
sanoatiga ega bo‘lgan 3-navbati ishga tushirilishi lozim edi. 1932 yilga kelib 
fabrikaning 19900 urchug‘i va 906 to‘quv dastgohlari sifatli mahsulot bera boshladi. 
Fabrikaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib bordi. Agar fabrika 1930 yilda 
218,2 tonna ip yigirib, 2 mln. pogon metrdan ortiq gazlama chiqargan bo‘lsa, 1932 


yilda esa 1377 tonna yigirilgan ip va 7 mln. 765 ming pogon metrdan ziyod gazlama 
ishlab chiqarildi. 
Farg‘ona viloyatida Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasi bilan bir qator kiyim-
kechak uchun va tibbiyotda qo‘llaniladigan gigroskopik paxta yetishtirib beruvchi 
korxona tashkil etildi. 
1927 yilda Farg‘onada qurilgan pillakashlik fabrikasi Respublikamizda 
ipakchilik sanoati yaratilishiga asos soldi. 1927 yilda Samarqandda, 1928 yili 
Buxoro va Marg‘ilonda pillakashlik korxonalari qurildi. 
Pillakashlik sanoatining barpo etilishi Respublikamiz halqlari didiga mos 
shoyi gazlamalar to‘qib chiqaradigan korxonalar qurilishini taqozo qilardi. Shu 
maqsadda shoyi to‘qish korxonalari sanoatini barpo etishga kirishildi. Ana shunday 
korxonaning qaldirg‘ochi 1930 yilda ishga tushirilgan Samarqand shoyi to‘qish 
fabrikasidir. 
Toshkent to‘qimachilik kombinatining birinchi navbatida 1934 yilda 8ta
to‘quv dastgohi Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasidan keltirilgan kalava ipi bilan 
ishladi va Toshkent to‘qimachilik kombinatining dastlabki mahsulotini bera 
boshladi. Shu yilning o‘zidayoq yigiruv fabrikasida 5000 urchuq, to‘quv fabrikasida 
esa 204 to‘quv dastgohi ishga tushirildi. 1935 yilda esa 35630 urchuq ip, 1152 
dastgoh esa gazlama bera boshladi. Korxonada ishlab chiqarayotgan gazlamalarga
jilo berish uchun esa pardozlash fabrikasining uskunalari montajini tezlik bilan 
tugallash kerak edi. 1934 yilning noyabrigacha 1000 to‘p gazlamaga gul bosishni 
ta’minlash quvvatiga ega bo‘lgan agregatlar ishga tushirildi. 
Pillakashlik sanoatida mehnat unumdorligini va yalpi mahsulot ishlab 
chiqarishni ko‘paytirish, asosan, eski uskunalarni yangi, serunum uskunalar bilan 
almashtirish hisobiga amalga oshdi. 1936 yildan boshlab pillakashlik fabrikalarida
“Yulduz”, “Nakane” yapon uskunalari va markaziy bug‘lashni tashkil qiluvchi 
“Chiba” mashinalari o‘rnatildi. Marg‘ilon va Buxoroda eski fabrikalar bilan yonma-
yon serunum yapon uskunalariga ega bo‘lgan yangi korpuslar qurila boshladi. 1937 
yildayoq Marg‘ilon ipak fabrikasining yangi korxonasida “Nakane” sistemasidagi 
164 ta mashina o‘rnatildi. 
1930 yilda ishga tushgan Samarqand shoyi fabrikasi hali kam quvvatli bo‘lib, 
uni qayta qurish lozim edi. 
Bu vazifa ham amalga oshirildi. 1937 yilga kelib fabrika 125 dastgohga ega 
bo‘ldi va ko‘plab shoyi, beqasam ishlab chiqara boshladi. 1933-37 yillari 
Respublikamiz asosiy to‘qimachilik sanoatining ishlab chiqarish fondi 5564,7 ming 
so‘mdan 22699,8 ming so‘mgacha o‘sdi. Umuman, ip gazlama sanoati bo‘yicha 10,5 
marta ko‘paydi. 1937 yilda O‘zbekistonda 466 ming tonna paxta tolasi, 644 tonna 
xom ipak ishlab chiqarildi. 
Farg‘ona yigiruv to‘quv fabrikasining 3-navbati shu davrgacha qurib 
bitkazilib, 47220 urchuqqa teng quvvat bilan ishlay boshladi. Shu yillari Qo‘ng‘irot, 
Gʻijduvon, Chinoz, Xiva paxta tozalash zavodlari to‘la ishga tushirildi. 
1938-42 yillarda mavjud pillakashlik fabrikalarining tazi 10 tutqichli qilib 
rekonstruksiya qilindi. 1939 yildan boshlab esa 20 tutqichli joriy etila boshlandi. 
Yaponiyaning “Xonda” sistemasidagi 118 tazli Buxoro pillakashlik fabrikasining 2-


navbati ishga tushirildi. Marg‘ilon pillakashlik fabrikasida esa krep tipidagi turli-
tuman shoyi gazlamalar ishlab chiqarish joriy etildi. 
Urushgacha bo‘lgan yillar mobaynida O‘zbekiston trikotaj sanoati rivojlandi. 
Qo‘qon yigiruv paypoq to‘quv kombinati va hajmi jihatdan kichikroq bo‘lgan 
Farg‘ona hamda Toshkent trikotaj buyum fabrikalari ishga tushirildi. 
To‘qimachilik korxonalarining tasdiqlangan reja topshiriqlari va mahsulot 
sifat ko‘rsatkichlarini o‘z muddatida va talab darajasida bajarilishi ishchi xodimlar 
tomonidan qabul qilingan ish qoidalari va usullarini to‘g‘ri bajarilishiga bevosita 
bog‘liq. Smena masteri kundalik faoliyati davomida har bir ishchining o‘rnatilgan 
qoidalar va usullarni qanday bajarayotganini nazorat qilib boradi. 
Yigirish korxonalarida ishlab chiqarish tajribasi asosida qabul qilingan 
quyidagi ish qoidalari va usullarini qo‘llash yaxshi samara bermoqda: 
• Ishchilarning smenani qabul qilish-topshirish ishlarini to‘g‘ri bajarishi; 
• Har bir ishchining texnologik mashinalarga xizmat ko‘rsatish soatbay 
grafigiga amal qilishi; 
• Smena ishchilarining texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi belgilangan 
qoidalarga rioya qilishi; 
• Xomaki mahsulotlarni tasdiqlangan apparatlash tizimiga muvofiq ishlatish; 
• Ishchilarni xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga amal qilishi; 
• Smena ishchilarini xom ashyo va moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishi; 
• Ishchilar tomonidan qaytimlar va chiqindilarni topshirish tartibiga amal 
qilishi; 
• Ish qurollari va vositalaridan to‘g‘ri foydalanish; 
• Ishchilarning texnologik mashinalarni ishlatish va to‘xtatish ishlarini to‘g‘ri 
bajarishi; 
• Ishchilar tomonidan mashinalarni shaylash (zapravka qilish) ishlarini to‘g‘ri 
bajarilishi; 
• Ishchilarning xomaki mahsulotlarni ulashda belgilangan tartib va qoidalarga 
rioya qilishi. 
Smena masteri yuqoridagi nazorat ishlarini tashkil qilishda tajribali instruktor 
va brigadirlar yordamidan foydalanadi. Kuzatuv va nazorat ishlarining natijalari 
ichki nazorat kitobiga yozib boriladi. 
Ichki nazorat kitobiga malakasi yetarli bo‘lmagan yoki o‘rnatilgan ish 
qoidalariga amal qilmayotgan ishchilar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari qayd 
etib boriladi. Agar olib borilgan tushuntirish ishlari natija bermasa, ushbu ishchini 
boshqa kam malaka talab etiladigan kasbga o‘tkaziladi. 
Smena jamoasini tasdiqlangan topshiriq reja va sifat ko‘rsatkichlarini 
muntazam bajarishi uchun injenerlik ta’minoti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi 
kerak. Injenerlik ta’minoti ishlab chiqarish jarayonini to‘xtovsiz va belgilangan 
talablar asosida amalga oshirish uchun syex va texnologik o‘timlarga moddiy 
resurslarni yetkazib berish va zarur texnik xizmatlarni bajarish masalalarini qamrab 
oladi. Smena masterining injenerlik ta’minoti bo‘yicha bajaradigan ishlari 
quyidagilardan iborat: 


• Smena davomida har bir texnologik mashinaga (har bir komplektga) xomaki 
mahsulotlarni kerakli miqdorda uzilishlarsiz yetkazib berilishini nazorat 
qilish; 
• Tayyor mahsulotlarni mashinalardan ajratib olish (tsyom) ishlarini to‘g‘ri 
tashkil etish, mahsulotni qadoqlash va o‘rashda ishlatiladigan ashyolarni (taz, 
g‘altak, gil za, patron, konus va h.k.) smena davomida yetarli bo‘lishini 
ta’minlash; 
Tsexdagi harorat va namlikni talab darajasida bo‘lishini ta’minlovchi 
qurilmalar ishini smena davomida tasdiqlangan grafik bo‘yicha nazorat qilish, zarur 
bo‘lganda operativ choralar ko‘rish; 
Nazorat uchun savollar 
1. To‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida injenerlik ishlarini yuritish 
tartibi qanday? 
2. Xususiy, xorijiy va qo‘shma korxonalarda injenerlik ishlarini yuritishda 
nimalarga e’tibor berish kerak? 
3. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik korxonalarida 
injenerlik ishlarini yuritishda amalga oshiriladigan ishlar qaysilar? 
4. Smena masterining korxonalarda texnologiyani boshqarish ishlarini 
qanday tartibga solidi? 

Download 121.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling