6. Amaliy mfshg’ulot. Yog’och materiallari. Xodalar, taxta materiallar va fanerlar. Duradgorlik plitalari. Yog’och payraxali plitalar. Yog’ochlarda uchraydigan nuqsonlar. Ishdan maqsad


Yog’ochning chidamliligani oshirish usullari


Download 392 Kb.
bet3/5
Sana06.09.2023
Hajmi392 Kb.
#1673665
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 amaliy mashgulot

Yog’ochning chidamliligani oshirish usullari. Yog’och buyumlar va konstruktsiyalarning chidamliligini oshirishning oson va arzon usuli – quritishdir. Quruq yog’ochdan ishlangan buyum va konstruktsiyalar sifatli bo’ladi. SHuning uchun yangi kesilgan daraxt tabiiy (ochiq havoda) yoki sun’iy (quritish kameralarida) quritiladi. Ayrim hollarda daraxtdagi namni uni kesmasdan turib ham kamaytirish mumkin. Buning uchun yer sathidan 70 sm yuqorida daraxt tanasidan po’stloq halqa shaklida tasmasimon qilib shilinadi, natijada, oziqa o’tmaydi va daraxt quriydi.
Respublikamiz sharoitida yog’ochning tabiiy namligini kamaytirishning oddiy usuli uni ochiq havoda quritishdir. Buning uchun kesrshgan daraxtlar naviga va katta-kichikligiga qarab ajratiladi va toza, quruq joyga, orasidan shamol o’tib turadigan qilib to’g’ri shtabellar tarzida taxlanadi. SHtabelning ustki qatoridagi xarilar bir tomonga biroz qiya qilib taxlanib, namlanmasligi uchun tombop ashyo bilan yopib qo’yiladi.
Ma’lumki, xari va xodalar tez qurisa, ularda ichki hamda tashqi yoriqlar hosil bo’ladi. Buning oldini olish uchun yog’ochlarning uchiga ohak, bo’r, sugoq yelim yoki osh tuzi eritmasi surtiladi. Tilingan yog’och ashyolar tabiiy usulda quriganda taxminan 75 % namligini yo’qotadi. Lekin, tabiiy usulda quritishga ko’p vaqt ketadi. Ignabargli va yassi bargli daraxtlar qalinligiga va naviga ko’ra 1–2 yil davomida quriydi. Umuman, yog’och ashyolarning ochiqhavoda har bir santimer qalinligining qurishi uchun o’rta hisobda 1 yil, O’zbekiston sharoitida esa 6–7 oy ketadi.
Sun’iy quritish usulida yog’och ashyolari kameralarga kiritiladi va issiq havo yoki yuqori chastotali tok yordamida quritiladi. Quritish kamerasi germetik yopiladigan eshiklar, aravacha uchun relьs, isitkich, havo almashtiruvchi uskunalar bilan jihozlangan bo’ladi. Quritish tartibi yog’ochning naviga, turiga va quritish kamerasining tuzilishiga qarab belgilanadi. Yog’ochni quritish jarayonida undagi namning asta-sekin bug’lanishi uchun kameradagi harorat bir me’yorda ko’tarilishi kerak. Harorat 80–85°S ga yetganda yog’ochning qurishi tezlashadi.
Yog’och namligi havoyi-quruq holatga tenglashgandan keyin kamerada harorat asta-sekin tushiriladi. Qarag’ay va archa taxtalarni 60 %li namlikdan 12 %gacha quritish uchun ketadigan vaqtini boshqa ko’rsatkichlar orqali taqqoslash mumkin.
Y


9-расм. Ёғочни юқори частотали ток билан қуритиш схемаси.

og’ochni yuqori chastotali tok bilan quritish uchun 2, 4 yoki 6 ta to’rsimon elektrodlar yog’och sirtiga o’rnatiladi va generatordan tok yuboriladi (15-rasm). O’zgaruvchan tok yog’och tanasiga o’tib, issiqlik energiyasiga aylanadi va uni quritadi. Bu usulning yuqoridagilardan afzalligi shundaki, bunda yog’och tez va bir me’yorda juda sifatli bo’lib quriydi. Unda yorilish, buralish kabi nuqsonlar paydo bo’lmaydi. Yuqorida aytilgan usullar bilan quritilgan yog’ochdan tayyorlangan buyumlar bo’yaladi yoki ularga isitilgan olif moyi
shimdiriladi.
Nam va suv tegib turadigan yog’och qismlarga antiseptik moddalar ishlatilsa, atigi 3–4 oygina chirimay saqlanadi, keyinchalik moddalar suv bilan yuvilib, ta’siri kamayadi. SHuning uchun bu guruhdagi antiseptik moddalar binoning ichki yoki suv va nam ta’sir etmaydigan qismlarida ishlatiladi.
Suvda erimaydigan yoki moysimon antiseptik moddalar ochiq havoda va yer ostida ishlatiladigan yog’och qismlarga shimdirib, chidamliligini oshirishda ishlatiladi. Toshko’mir kreozot moyi toshko’mir qatron moyini 250–280°S haroratda ishlaganda ajralib chiqadigan to’q ko’kimtir shu’la beruvchi, o’tkir hidli qora rangdagi suyuqlik. Kreozot moyi yog’ochni zamburug’lardan yaxshi saqlaydi va suv bilan yuvilib ketmaydi. Ammo, bu moy o’tkir hidli va u bilan moylangan yoki shimdirilgan yog’ochga keyinchalik bo’yoq yuqmasligi sababli, uni ishlatish sohasi ancha cheklangan. Kreozot moyidan shpallarni moylashda foydalaniladi. Bu moy ishlatishdan oldin 50–60°S gacha isitiladi.

Download 392 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling