6-amaliyot ishi Mavzu: Elektron to’lov tizimining swot tahlili Ishdan maqsad


Download 22.88 Kb.
Sana18.06.2020
Hajmi22.88 Kb.
#120068
Bog'liq
6-amaliy ish


6-amaliyot ishi

Mavzu: Elektron to’lov tizimining SWOT tahlili
Ishdan maqsad: Elektron to’lov tizimi MBANK ning SWOT tahlilini o’rganish.

Masalaning qo’yilishi: Talaba SWOT tahlilni o’rganadi va boshqa tizimlarda SWOT tahlilni qo’llashni o’rganishi lozim bo’ladi.

Uslubiy ko’rsatmalar: SWOT tahlilni strategiyalarini o’rganish va MBANK to’lov tizimini taxlili.
“SWOT” tahlili bu yangi tashabbuslar bo’yicha strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda yordam beradigan usul hisoblanadi.

“SWOT” so’zi quyidagi inglizcha so’zlarning qisqartmasidan  olingan:



  • S – Strengths (Kuchli tomonlar);              

  • W – Weaknesses (Zaif tomonlar);

  • O - Opportunities (Imkoniyatlar);

  • T - Threats (Xavflar).

Loyiha aniqlangandan so’ng, tahlil qilinadi. Ya’ni kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va xavflarini aniqlash lozim. Bu bir qarorga kelish va rejalashtirishni osonlashtiradi.

Masalan, loyihaning kamchiliklari, afzalliklari yoki loyiha oldida qanday xavflar bo’lishi mumkinligini oldindan aniqlashda “SWOT” tahlil yordam beradi. Shu bilan birga, tahlil orqali aniqlangan muammolarga oldindan ta’sir qilishi mumkin bo’ladi.

  “SWOT” tahlilini oson tushunish uchun uni 4 ta jadvalda namoyish etamiz. Yuqori ikki jadvalda kuchli tomonlar va zaif tomonlar ifodalangan va ular ichki omillar deb ataladi. Quyidagi ikki jadval  imkoniyatlar va xavflar qo’yilgan va ular tashqi omillar deb ataladi.

“ SWOT ” tahlili quyidagi savollarga javob topishda qo’l keladi:



  • Ushbu loyihani amalga oshirishda o’z yoki tashkilotning kuchli tomonlari yoki farqli afzalliklari nimada?

  • O’z yoki tashkilotning zaif va nozik tomonlari nimada? Aniqlangan kamchiliklar orasida qaysi birini birinchi o’rinda bartaraf etishga harakat qilish kerak?

  • Loyihaning samarali amalga oshishi uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

  • Loyihani amalga oshirishda qanday to’siqlar va xavf-xatarlar bo’lishi mumkin? Ularning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Quyida bir misol orqali biz “ SWOT ” tahlilini o’tkazamiz.

Bu SWOT taxlilda MBANK to’lov tizimini yaratilish maqsadi uning vazifalari kamchilik va afzalliklarini taxlil qilinadi..



Kuchli Tomonlar (Strengths):

Yo’naltiruvchi savollar:



Loyihani amalga oshirishda boshqalardan qanday afzalliklar bor? Yetarli tajribaga egamisiz? Qaysi qobiliyatlar loyihaga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin? Sizga yordam beradiganlar kimlar?  Qancha mablag’topa olasiz? Raqobatchilardan qanday ustunliklar bor? Nimalar borasida muvafaqqiyatga erishish mumkin?

MBANK elektron to’lov tizimi bo’lib u orqali insonlarning eng qimmatli bo’lgan vaqt muammosini bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Uning eng muxim ustuvorligi shundaki insonlar xar qanday kommunal va boshqa xizmatlar balki mobil va turli tizimlarga sanoqli vaqtlar ichida elektron pul o’tkazmalarini o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladilar.



Zaif tomonlar (Weaknesses ) :

Yo’naltiruvchi savollar:



Qanday kamchiliklar mavjud? Qanday to’siqlar bor?  Yetarli mablag’ mavjudmi? Boshqa qanday qiyinchiliklar bor? Raqobatchilarning qanday ustunliklari bor?

Elektron to’lov tizimining asosiy kamchiliklaridan biri bu internet tizimiga bevosita bog’liqligidir, chunki internet tizimida ba’zida uzilishlar bo’lsa bevosita MBANK tizimiga xam ta’sir ko’rsatadi Undan tashqari USSD buyrug’i bilan ishlamasligidir.



Imkoniyatlar (Opportunities):

Yo’naltiruvchi savollar:



Qanday imkoniyatlar mavjud? Loyiha bugungi kunda qanchalik kerakli va muhim? Loyiha kimlarga yoqishi mumkin va kimdan qo’shimcha ko’mak olish mumkin? Qanday imtiyozlar mavjud?  Loyihani amalga oshirish natijasida qanday yangi imkoniyatlar yaratilishi mumkin?

MBANK tizimining imkoniyatlari sifatida xizmatlarni taqdim etish tezligi va xavfsizlik tizimi yaxshi yaratilganligi bilan baxolash mumkin. Uning imkoniyatlari xozirda mutaxassislar tomonidan yuqori baxolanmoqda va kelajakda ko’plab o’zining mijozlariga ega bo’lishidir. Bu loyixani amalga oshirish jarayonida mamlakatda elektron to’lov tizimlari orasida raqobat bo’ladi va raqobatchilar o’rtasida sifatli xizmat taqdim etishga bo’lgan chora tadbirlar kuchayib foydalanuvchilarga yanada yaxshi xizmat taqdim etiladi.



Xavflar (Threats ):

Yo’naltiruvchi savollar:



Qanday xavflar mavjud? Loyihani amalga oshirishda nimalar to’sqinlik qilishi mumkin? Qonuniy to’’sqinliklar bormi? Raqobatchilarning qanday xavfi bor?

Xar qanday dasturiy maxsulotga bo’ladigan xavf qatori bu tizimga xam xujumlar, viruslar va tarmoqda bo’ladigan muammolar xisoblanadi. Bu loyixani yanada takomillashishiga xavf Dos va DDos xujumlar va virus dasturlar bo’lishi mumkin xamda raqobatchi sifatida Upay va Click tizimlarini misol qilish mumkin.

Savollarga javob yozishda javoblar sub’ektiv bo’lishi kerak. Kamchilik va zaifliklar haqida yozilganda aniq yozilishi kerak. Bu to’g’ri qaror qabul qilishda va kelajakdagi yo’qotishlarning oldini olishda yordam beradi.

Javoblarni mos kataklarga joylashtirib, tahlil qilish kerak. Ishni javoblarga baho berishdan boshlash mumkin. Ya’ni, ularga, muhimligiga qarab, 1 dan 3 gacha baho beriladi (3 – muhimligi eng kam).




Kuchli tomonlar

Tizimning tezligi

Dastur ishi

Xizmat kafolati


1

2



1

Zaif tomonlar

Internetga bog’liqlik

Tajriba

Xavfsizligi


1

3



2

Ichki omillar


Imkoniyatlar

Ustuvor maqsadi

Xizmat takomillashishi

Onlayn to’lovni amalga oshirilishi


1

1



2

Xavflar

Dos va DDos xujumlar

Viruslar

Raqobatchilar mavjudligi


1

2



3

Tashqi omillar

Strategiyalar uchun misollar:



S-O (Kuchli tomonlar va Imkoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya kuchli tomonlarni doim esda tutib, ulardan loyiha muvaffaqiyati yo’lida foydalanishni o’rgatadi. Imkoniyatlarni izlab, ulardan to’la foydalanish lozim.

W-O (Zaifliklar va Imokoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya imkoniyatlardan kamchiliklarni to’ldirish yo’lida foydalanishga xizmat qiladi.

S-T  (Kuchli tomonlar va Xavflar strategiyasi)  – Ushbu strategiya  kuchli tomonlarni qo’llash orqali tashqi xavflarning oldini olishga qaratiladi.

W-T (Zaifliklar va Xavflarga nisbatan himoya strategiyasi) –  Bu strategiya kamchiliklar va xavflarning ro’y berish darajasini orttirmaslikka xizmat qiladi.
Nazorat savollari

  1. SWOT tahlilini o’rganish

  2. MBANK tizimini taxlil etish.

  3. SWOT strategiyalarini qo’llash

  4. Tizimlarning SWOT tahlili.

Download 22.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling