6-Amaliyot Raqamli tolali optik uzatish tizimlarining liniya kodlarini tadqiq etish
Amaliy mashg’ulot bo‘yicha hisobot
Download 269.59 Kb.
|
6 amaliyot OAT 2019 2020y Raqamli tolali optik uzatish tizimlarining
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Nazorat savollari
- 7-Nazariy qism Raqamli liniya kodlari bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
5. Amaliy mashg’ulot bo‘yicha hisobot
5.1. BI-L kodli signallar qo‘llangan (7.4-rasm misolida), amaliy mashg’ulotni bajarishda olingan ossilogrammalar. 5.2. O‘qituvchi bergan sakkiz razryadli aralashmalar va 1B2B sinfli kodlar uchun kodlash algoritmi va vaqt diagrammalari grafiklari. 5.3. Ish bo‘yicha xulosalar. 6. Nazorat savollari 6.1. Optik liniya kodlariga qanday talablar qo‘yilgan? 6.2. Aniq kodlarni tanlashda qanday mezonlar bor? 6.3. 1B2B liniya kodlarining orasidagi o‘zaro qanday farq bor? 6.4. Nima uchun m ≥ 2, n > m bo‘lgan, mB nB kodlari qo‘llaniladi? 6.5. 1B2B kodlar nima bilan farqlanadi? 6.6. NRZ koddan B1-L kodga o‘tish qanday amalga oshadi? 7-Nazariy qism Raqamli liniya kodlari bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar Raqamli optik signalning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, liniya traktida qo‘llaniladigan ikki kutbli elektrik impul’slardan farqli, ya’ni faqat bir qutbli impulьslar yoki nol bo‘lishi mumkin. Optik liniya kodlarini tanlashda qo‘yidagi mezonlardan foydalanish tavsiya etiladi: a) signalning energetik spektri etarlicha tor bo‘lishi kerak, bu shovqinlarni va dispersiya maydonlarini pasayishiga imkon yaratadi; b) energetik spektr doimiy tashkil topuvchilarga ega bo‘lmasligi va past chastotali sohalarda kichkina qiymatga ega bo‘lishi kerak; v) liniya kodining tuzilishi, regeneratorlarda taktli sinxronizasiya impul’slarini shakllantirish uchun, raqamli signallardan taktli chastotani oddiy ravishda ajratib olishni ta’minlashi kerak; g) kod tuzilishi, uzatish sifatini va qurilmaning kam-ko‘stini nazorat qilishni ta’minlashi, shuningdek kodlash va dekoderlash, oddiy sxemali qurilmalarda amalga oshishini ta’minlashi kerak. Barcha talablarni qoniqtiruvchi, optimal kodning mavjud emasligi tufayli, kodlash algoritmi, qo‘llanilgan signallar (7.2, 7.3–rasmlar) kabi rasmlar asosida ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lgan, shuningdek ularning spektrlari (7.1-jadval, 7.4-rasm) haqidagi tasavvurni beruvchi bir qancha kodlar majmuasi qo‘llaniladi. Barcha ko‘rsatilgan kodlar eng sodda va eng ko‘p tarqalgan 1B 2B sinfiga tegishli. Buning uchun har bir impul’sning boshlang‘ich ketma-ketligi liniya kodining ikkita ikkilik simvolida qayta kodlanadi, bu liniya signalining taktli chastotasini ikki marta oshishiga olib keladi. Spektr bo‘yicha mBnB turidagi anchagina tejamli kodlar ham mavjud, bu erda m ≥ 2, n ≥ m. Lekin bunday kodlar uchun, kodlash va dekodlash apparaturalari ancha murakkablashadi. Download 269.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling