6-bob. Oltin metallurgiyasi
Oltinni ionalmashuv qatronlari bilan sorbsion tanlab eritish
Download 1.89 Mb.
|
oltinmetallurgiyasi
6.10 Oltinni ionalmashuv qatronlari bilan sorbsion tanlab eritish
Kuchli va kuchsiz asosli anionitlarning sian eritmalaridan komplekslarni shimishi quyidagi ketma-ketlikka asoslangan: [Au(CN)2]->[Ag(CN)2]->[Cu(CN)2]-> [Zn(CN)4]2->[Ni(CN)4]2->[Cu(CN)3]2->SCN->[Co(CN)6]4->> [Fe(CN)6]4->CN->OH- Anionitlar bir zaryadli ionlarga juda o’xshash bo’ladi, ular chiziqli tuzulishga ega [Au(CN)2], [Ag(CN)2]-, SCN-, va yuqori qutblangandir. Bir valentli anionning qatronga o’xshashiga sabab qutblanish kuchi ta’siridadir, u ionlar o’qi chizig’i bo’ylab yo’llangan bo’lib ularning ko’p deformatsiyalanishiga olib keladi va kation guruh qatronga zich yaqinlashib ular orasidagi mustahkam aloqani hosil qiladi. Eng yuqori yaqinlik ionlardan [Au(CN)2]-, bo’lib u qatrondan kumush, mis va boshqa metallar anionlarioni o’rnini egallaydi. Anionning kam tortuvchanligi ikki va uch zaryadga ega anionlarga nisbatan kam [Pt(CN)4]2-, [Pd(CN)4]2-, [Ni(CN)4]2-, [Co(CN)6]3-, [Fe(CN)6]3-, shuningdek yuqori qutblangan anionlar uchun ham. Bu katta valentli anionlarning «og’irlik markazida bo’lishi» hisobiga zaryad neytrallanishi natijasida kation guruh qatronga aylanishiga olib kelib, bu ularning o’rtasida ko’proq o’rtacha masofasini borligini izohlaydi va bir zaryadli nodir metal anionlariga qaraganda past mustahkamlikka ega bo’ladi. Kuchli asosli anionitlar ionlanish darajasi yuqoriligi sababli oltin va kumushga nisbatan tanlovchanligi yuqori emas, ammo qo’shimchalarga nisbatan tanlovchanligi yuqori. Kuchsiz asosli anionitlar ishqoriy muhitda ionlanish funksiyasi past darajada, kuchli asosliga qaraganda qatron bir-biridan katta oraliqda bo’ladi. Bu esa kuchsiz asosli anionitni oltin va kumushga nisbatan hajmini kamayishga olib keladi va kation guruh qatronni mustahkamlashga olib keladi. Agar sian eritmalaridagi anionlarni gramm-ekvivolentda kamayishi bo’yicha joylashtirsak, bunda tajribaga asosan qatronning yig’uvchanligi pasayayotganligini ko’rishimiz mumkin: [Au(CN)2]- (248,97)> [Ag(CN)2]- (159,87)> [Hg(CN)4]- (152,30)> > [Zn(CN)3]- (143,37)> [Cu(CN)2]- (115,55)> [Ag(CN)3]2- (92,93)> > [Zn(CN)4]2- (84,68)> [Ni(CN)4]2- (81,35)> [Cu(CN)3]2- (70,77)> > [Ag(CN)4]3- (70,62)> SCN- (58,00)> [Cu(CN)4]3- (55,85)> > [Co(CN)6]4- (53,73)> [Fe(CN)6]4- (52,94)> CN- (26,0)> ОН- (17,0). Bu holat amaliyotda oltinni qatrondagi boshqa anionlarni kumush, mis, temir va erkin sian ionlarni siqib chiqara oladi. Ionalmashinuvchi jarayonlari muvozanatlarini grafik rasm shaklida ifodalash amliyotda qulaylik yaratadi. Izotermalar doimiy temperaturada qarama qarshi ionlarning konsentratsiya bog’liqligini ifodalaydi. Sian eritmalari bilan anionitlar ta'sirlashganda oltin smola fazasi tarkibiga utadi. Xuddi shunday kumush xam ta'sirlashadi. Bundan tashqari eritmada qo’shimcha metallar bo’lgani uchun anionitga ular ham sorbsiyalanadi. Bu qo’shimcha reaksiyalarning borishi natijasida ionitning ma'lum bir aktiv qismi qo’shimchalar bilan to’lib qoladi va uning oqibatida smolaning oltinga nisbatan hajmi kamayadi. Shuning uchun ham qo’shimchalari bo’lgan eritmalardan oltinni sorbsiyalash darajasi qo’shimchalari bo’lmagan eritmalardan oltinni sorbsiyalash darajasidan past bo’ladi. Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling