6-bob. Oltin metallurgiyasi
Download 1.89 Mb.
|
oltinmetallurgiyasi
2-Bosqich maydalash
6 3-Bosqich maydalash 4-Bosqich maydalash .10-rasm. Oltinni uyumda tanlab eritish sexining soddalashtirilgan sxemasi. Birinchi bosqich maydalashdan so‘ng ruda massasi konveyerlar majmuyi orqali ruda omboriga (uzliksiz ishlashni taminlash uchun) jo‘natiladi. U yerdan 2-bosqich maydalashga (standart konusli maydalagich «Nordberg MR-1000»), undan keyin 3-bosqich maydalash uchun (ikkita qisqa kokonusli maydalagich «Nordberg MR-1000»), uzatiladi va ruda ketma - ketlikda 13 mm.gacha maydalanadi. Maydalagichlar ochiq siklda ishlaydi va ularga oldidan mayda fraksiyani ajratish uchun «banan» tipidagi «Nordberg» firmasida ishlab chiqarilgan yuqori samarali elaklar o’rnatilgan. 4-bosqich maydalash 16 ta vertikal valli rotor tipidagi maydalagichda, ochiq siklda 14 ta «banan» tipidagi «Nordberg» elakda bajariladi. Bu yerda ruda -3,25 mm (94 %) kattalikgacha yanchiladi. To‘rt bosqichli maydalashdan keyin ruda 30 ta o‘ziyurar kanveyerlar va bitta uyum hosil qilgich - shtabellar (staker) sistemasi orqali eni 80 m va balandligi 10 m qilib tanlab eritish maydoniga shakllantiriladi. Uyumning loyihaviy balandligi 80 m (har biri 10 m. 8 ta qatlam). Konveyer orqali yanchilgan rudaga sement, oxak va suv qo‘shiladi. Sement mayda bo‘lakchalarni bog’lab, yiriklashtirib erituvchini filtrlanish tezligini oshiradi, chang hosil bo‘lishini kamaytiradi.Uyumni mustahkamligini oshiradi. Oxak eritmaning pH ni rostlashga ishlatiladi chunki, natriy sianid kislotali muhitda parchalanadi. Erituvchi, quvrlar sistemasi orqali ruda materiali qatlamining yuqori maydonidan tomchilatib sepkichda soatiga 7 m2 miqdorida sarflanadi. Tomchilatib sug’orish, suvning bug’lanib yo’qotilishini, uyumning butun yuzasi bo‘ylab teng tarqalishini oldini oladi. Erituvchi uyumdan sizib o’tib, rudadagi oltinni eritadi, uyum tagidagi ikkita kanal orqali yig‘uvchi hovuzga to‘planadi va unda oltinning konsentratsiyasi uni samarali ajratish darajasiga yetmagunicha eritma qayta-qayta tanlab eritish uchun uyum tepasiga qaytariladi. To‘yingan eritma undagi cho‘kindilarni ajratish uchun filtrlavchi elementlardan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng kislorodni yo’qotish uchun ikkita vakuumli deaeratsiyalanadi. Shundan so‘ng eritmaga rux kukuni va qo‘rg‘oshin nitrat qo‘shiladi, natijada oltin va boshqa metallar rux bilan birikib cho‘kadi. Hosil bo‘lgan cho‘kma to‘rtta filtr-pressda yig’iladi, eritma esa uyumda tanlab eritish jarayoniga qaytariladi va sikl qaytarila veradi. Cho‘kma asosiy metallarni oksidlash uchun ikkita pechda 650 °C kuydiriladi. Qizdirilgan cho‘kma flyus bilan aralashtiriladi (bura aralashmasi, selitra va kremnezem) undan keyin yoyli suyuqlantiruvchi pechda suyuqlantiriladi. Suyuqlanish vaqtida oksidlangan metallar shlakka o’tadi, oltin zarrachalari bir-biri bilan birikib, og‘irlik kuchi ta'sirida cho‘kadi, suyuqlantiruvchi tigl tubiga yig‘iladi. Suyuqlantirish tugagunidan so‘ng tigldan (kovush) dastlab shlak , so‘ngra oltin quyib olinadi. Suyuqlantirib olingan oltin qo‘ymasida 10 % gacha kumush, 5 % gacha mis, 3-4 % qo‘rg‘oshin, 2-3 % boshqa aralashmalar bo‘ladi. Qotishmani affinaj qilish va tayyor mahsulotda oltinni 99,99 % ga yetkazish 2-GMZ da amalga oshiriladi. Affinaj jarayonida yig‘ilgan kumush qo’shimcha mahsulot sifatida ajratilib sotiladi. “UTES”ning faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning ish unumdorligi loyihaviy quvvatiga bir muncha yaqinlashgan (6.5-jadval). Umuman olganda uyumda tanlab eritish ekologik maqbul, texnologik jihatidan, chiqitsiz, silliq yopiq jarayondir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling