6-bob. Oltin metallurgiyasi


Download 1.89 Mb.
bet1/22
Sana23.04.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1391684
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
oltinmetallurgiyasi


6-BOB. OLTIN METALLURGIYASI
6.1. Oltinning fizik va kimyoviy xossalari

Oltin -oltin rang, sariq, yumshoq metall, tomonlari markazlashgan kub shakl kristallik panjaraga ega, boshqa metallardan yengil bolg‘alanuvchanligi va cho‘ziluvchanligi bilan ajralib turadi. Bunga ko‘ra oltindan 1/1000 mm yoki 0,0001mm zar qog‘oz (folga) yasash mumkin. 1gr oltinni salkam 3 km uzunlikka cho‘zish mumkin yoki oltin 0,001mm bo‘lgan sim tortish mumkin bo’ladi. Oltinning issiqlik va tok o’tkazuvchanligi juda yuqori, bunda u faqat kumush va misdan keyingi 3- o’rinda turadi.


Oltinning muhim fizik xossalari 6.1-jadvalda keltirilgan.
Oltin Mendeleyev davriy sistemasining 1-guruhida joylashgan bo’lib, qolgan o’zining o’xshash metallari kabi - kumush va mis singari, ichki qavatda 1tadan s elektron bo’lsa, oxiridan oldingi qavatda 18ta elektroni mavjud (s2r6d10). Muayyan sharoitda oxiridan oldingi 18ta elektronli qavat qisman yuqotilish qobiliyatiga ega va shu sababdan mis, kumush va oltin o’zining birikmalarida nafaqat +1, balki s-elektronlarni yo’qotish evaziga mutanosib ravishda +2 va +3 shaklida uchraydi. Shuning uchun misning oksidalanish energiyasi +1 va + 2, kumush uchun esa +1 va oltin uchun esa +1 va +3 dan iboratdir.
6.1-jadval.
Oltinning muhim fizik xossalari.



Xossalari

Ko‘rsatkich




1

Atom massasi

196,967




2

Zichligi, g/sm

19,3




3

Atom radiusi, A

1,44




4

Ionli radiusi, A

1,37




5

Erish temperaturasi, 0S

1063




6

Qaynash temperaturasi, 0S

2880




7

Erish issiqlik sig‘imi, kol/g

15,5




8

Bug‘lanish issiqlik sig‘imi, kol/g

415




9

Solishtirma issiqlik sig‘imi kol/g´grad

0,0306

10

Issiqlik o‘tkazish sig‘imi 00 dan 1000S gacha kol/ sm´ grad ´ sek

0,744

11

Solishtirma elektr o‘tkazishi 200 da om/sek

2,25´10




12

Mustahkamlik, qarshilik moduli kg/mm2

7900




13

Mustahkamlik chegarasi kg/mm2

14




14

Qattiqligi (Bryunelcha) kg/mm2

18




15

Qattiqligi (Mooscha) kg/mm2

2,5




Oltinning ajralib turadigan xususyatlaridan yana biri kompleks birikma xosil kilishga moyilligi va uning uz birikmalaridan metall xoligacha oson kaytarilishidir.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling