6-bob. Oltin metallurgiyasi
Download 1.89 Mb.
|
oltinmetallurgiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2. Oltin minerallari
3АuС1= Аu + АuС13 hosil buladi.
Bu reaksiya issiqda tezroq boradi. Oltin, xlor turli qaytaruvchilar oltingugurt, angidrid gazi, ko’mir bilan qalay xlori bilan, tellur gidrazin va shavel kislotasi bilan metall xoligacha qaytariladi. Oltin kislorod bilan ko’kimtir va binafsha rang Au2O, hamda qora rangli kukunni hosil qiladi, hosil bo’lish reaksiyasi: 2AuCl+K2CO3+2H2O→Au2O+H2CO3+2KCl+H2O Xosil bo’lgan Au2O oltin ikki oksidi 250°C metall holiga va kislorodga parchalanib ketadi: (Au2O→ Au+1/2O2); Oltin oksidi quyidagi reaksiya bilan olinishi mumkin: 2AuCl3+3Mg(OH)2→Au2O3+3MgCl2+3H2O 6.2. Oltin minerallari Oltin tarkibli rudalar moddiy tarkibi bo‘yicha katta hilma-hillik bilan tavsiflanadi. Ayrim rudalarning 90 % massasini kvars tashkil etadi, boshqa turdagi rudalarda kvars bilan birga, rudalarda temir oksidlari (29% gacha), karbonatlar (20-30% gacha), barit (56-60 % gacha), turmalin (50% gacha) minerallari uchraydi. Oltin tarkibli rudalarda sulfid minerallarning (asosan FeS2, FenSn+1) miqdori keng chegarada o‘zgarishi mumkin 0 dan 80% gacha. Shunindek rudalarda ma’lum miqdorda boshqa minerallar va sig‘im poroda (granit, diorit, slanets va b.) ham uchraydi. Oltin tarkibli rudalar, ruda tarkibidagi oltinning granulometrik tarkibi va oltinni minerallar bilan assotsiatsiyalanganligi (minerallarning tarkibida mavjudligi) bilan, bir biridan farqlanadi. Texnologik nuqtai nazardan, oltin tarkibli rudalarning asosiy belgilovchi tavsiflari quyilagilardir: - oltin bilan bir qatorda ruda tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa foydali komponentlarning mavjudligi; - sulfidli rudalarga nisbatan, oksidli rudalarning ko‘p miqdorda bo‘lishi, ya’ni rudaning oksidlanish darajasi; - ruda tarkibida qayta ishlash texnologiyasini qiyinlashtiruvchi komponentlarning mavjudligi; - ruda tarkibidagi oltinning tavsifi, birinchi novbatda oltin donachalarning yirikligi. Tarkibida foydali komponentlarning mavdjudligi bo‘yicha rudalar quyidagilarga bo‘linadi: oltin rudalari; oltin-piritli rudalar; oltin-marg‘imushli rudalar; oltin-kumushli rudalar; oltin-misli rudalar; oltin-surmali rudalar; oltin-uranli rudalar; oltin-polimetallik rudalar. Oltin-polimetallik rudalarga, tarkibida oltindan tashqari ikki va undan ko‘p sanoat ahamiyatiga ega qimmatbaho komponetlar (Cu, Pb, Zn, Ag, pirit, barit va boshqalar) mavjud rudalar kiradi.
Oltin-qo‘rg‘oshinli, oltin-ruxli, oltin-tellurli, oltin-vismutli, oltin-volframli, oltin-baritli va oltin-tkrmalinli rudalar kam bo‘lganligi sababli, ular unchali sanoat ahamiyatiga ega emas va rudalarni sinflanishida hisobga olinmagan. Oksidlanish darajasi bo‘yicha oltin tarkibli rudalar birlamchi (sulfidli), qisman oksidlangan (aralashgan) va oksidlangan turlarga bo‘linadi. Eng ko‘p sanoat ahamiyatiga tarkibida 0,2 dan 90 % gacha sulfidlarni mavjud bo‘lgan birlamchi rudalar ega. Ayrim rudalarda ma’lum miqdorda oksidlangan minerallar ham mavjud. Oksidlangan rudalarning tarkibida ko‘p miqdorda temir oksidlar va boshqa metallarning oksidlari mavjud. Bu rudalar turiga shlamli va tuproqli rudalar kiradi. Bu turdagi rudalarda sulfidlari yo‘q, yoki ularning miqdori judayam kam va amadiy ahamiyatga ega emas. Qisman oksidlangan rudalarning tarkibida sulfid minerallar bilan bir qatorda oksidlangan temir minerallari va boshqa metallarning oksidlangan minerallari mavjud. Oltin tarkibli rudalarni qayta ishlash jarayonlarini qiyinlashtiruvchi ruda tarkibidagi birikmalarga quyidagilar kiradi: mis (xalkopirit va xrizokoladan tashqari) va surma minerallari, pirrotin, ko‘mirli moddalar, selen va tellur birikmalari. Oltinning kimyoviy birikmalari bo‘lgan minerallardan quyidagilar aniq: oltin telluridlari (kolaverit AuTe2, silvanit AuAgTe4, krennerit AuAgTe2, petsit Ag3AuTe2 va b.); aurostibit AuSb2. Oltinning minerallari 6.2-jadvalda keltirilgan. Oltinning barcha aniqlangan mineral ko‘rinishlaridan (20 ortiq), asosiy sanoat ahamiyatiga tug‘ma oltin ega. Qolgan minerallarda kam uchraydi. 6.2. - Jadval. Oltin minerallari
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling