6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash
-jadval. Qora mis va mis tarkibli temir-tersaklarini qayta ishlash uchun ishlatiladigan konverterlarning xarakteristikasi
Download 0.6 Mb.
|
Metallarresiklingi6-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.7-jadval. Konvertirlashga solingan qora misni va hosil bo‘ladigan mahsulotlarni kimyoviy tarkibi, %
- 6.12-rasm. Gorizontal konvertor
6.6-jadval.
Qora mis va mis tarkibli temir-tersaklarini qayta ishlash uchun ishlatiladigan konverterlarning xarakteristikasi
6.7-jadval. Konvertirlashga solingan qora misni va hosil bo‘ladigan mahsulotlarni kimyoviy tarkibi, %
Konverterlarni futerovkalash uchun xromomagnezitli, magnezitli-xromitli olovbardosh g‘ishtlar ishlatiladi. Bunday g‘ishtlarni 40 tonnali konverterlarni futerovkalashga sarfi 85 tonna atrofida bo‘ladi. Konverter futerovkasini qalinligi 380-460 mm ni, furma atrofida 540 mm gacha bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida yig‘ilgan mis tarkibli temir-tersaklar va chiqindilar Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining mis eritish zavodida joylashgan konverterga solinib, qayta eritish mumkin (6.12-rasm). 6.12-rasm. Gorizontal konvertor Ikkilamchi materiallardan olingan anod misini rafinirlashni asosiy xususiyati, ularda nikel miqdorini yuqoriligi, nodir metallar miqdorini pastligidir. Bunday mislarni rafinirlashda elektrolit tarkibida 40-50 g/l Cu; 130-150 g/l H2SO4; 20-25 g/l Ni; 13 mg/l gacha Pb; 7,0 mg/l gacha Bi; 50 mg/l gacha Sb; 100 mg/l As bo‘ladi. Elektrolitik tozalash jarayonini tok zichligi 250-280 A/m2, tok bo‘yicha chiqish 90 foizni, 1 tonna rafinirlangan misga sarf bo‘lgan elektr energiya miqdori 350-380 kVtsoatni tashkil qiladi. Rafinirlash ikki xil yo‘l bilan olib boriladi: olovli va elektr toki yordamida. Olovli rafinirlash furmalarini miqdori kam va og‘zi yon tomoniga surilgan konverterda olib boriladi. Olovchi rafinirlashga suyuq xomaki mis tushadi. Vannasini sig‘imi 100-150 t bo‘ladi. Pechlarda xomaki mis gaz yoki mazut bilan bilan tozalanadi. Yoqilg‘ini sarfi sovuq havo puflab ishlatilgan 8-12 foizni, havo 3500C gacha qizdirilganda 5-6 foizni tashkil qiladi. Oksidlovchi vazifasini havo, kislorod bilan boyitilgan havo va bug‘-havo aralashmasi bajaradi. Bug‘-havo aralashmasi ishlatilganda shlakni chiqarish kamayadi. Misni tiklash tabiiy gaz bilan amalga oshiriladi. Jarayonni umumiy davom etishi 18-20 soatni tashkil qiladi. Rafinirlangan misni tarkibi quyidagicha, % : 99,4-Cu; 0,4-Ni; 0,001-S; 0,01-Pb; 0,0002-Bi; 0,02-As; 0,001-Fe; 0,1-O2; 0,001-Zn; 0,05-Sn. Shlakni miqdori, %: 2-10 Fe; 36-50 Cu2O; 0,1-0,4 NiO; 0,2 gacha SnO2; 1-2 CaO; 0,7 gacha PbO; 0,3 gacha Sb2O5; 5-15 Cu; 40 SiO2. Anod misdan oltin va kumushni ajrab olish, aralashmalarni qo‘shimcha yo‘qotish uchun - elektrolitik tozalash olib boriladi. Jarayon yashik tipidagi elektroliz vannalarda bajariladi. Elektrolitik tozalash mahsuloti - katod misdir. Zamonaviy ikkilamchi rangli metallurgiya korxonalarida hosil bo‘lgan xomaki mis, birlamchi metallurgiya zavodlarida ruda va konsentratlarni qayta ishlashdan hosil bo‘lgan xomaki mis birga qayta ishlanadi. Qoida bo‘yicha ikkilamchi mis, nisbatan past sifatli bo‘ladi. Birlamchi va ikkilamchi mislarni kimyoviy tarkibi 6.8-jadvalda keltirilgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling