6-bob. Taqsimot jarayonlari logistikasi


Tovar bozorlarining taqsimot infratuzilmasida taqsimot markazi o‘rnini aniqlash


Download 68.21 Kb.
bet3/4
Sana09.11.2023
Hajmi68.21 Kb.
#1759028
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu

6.3.Tovar bozorlarining taqsimot infratuzilmasida taqsimot markazi o‘rnini aniqlash


Taqsimot logistikasining asosiy masalasi tovarni iste’molchiga qisqa vaqt orasida va kam xarajatlar bilan etkazib berishdan iborat. Ishlab chiqarish korxonalari bu masalani echishda quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim:

        1. Taqsimlashga taklif qilinadigan tovarlar assortimenti va xizmat turlarini doimiy ravishda kengaytirib borish;

  1. Tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini doimiy ravishda oshirib borish;

  2. Doimiy ravishda o‘zi uchun yangi tovar bozorlarini izlash va eski bozorlarda o‘z pozitsiyasini mustaxkamlab borish;

  3. Iste’molchilar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish va bu aloqalarni rivojlantirish;

  4. Iste’molchilar buyurtmalarining bajarilishini kuzatib borish va nazorat qilish;

  5. Taqsimot hududlarida yangi omborlar tashkil qilish;

  6. Omborlarda tovarlarning etarli miqdordagi zaxiralarini yaratish;

  7. Taqsimot jarayonini tashkil qilishda maksimal servisni joriy qilish.

Taqsimot jarayonlaridagi servisning darajasi tovar moddiy boyliklar zahirasining tarkibi va miqdori, etkazib berish yoki tashish tizimining mukammalligi, turli bozorlarda omborlarning mavjudligi kabi omillar bilan belgilanadi. Bu omillarni ro‘yobga chiqarish juda katta mablag‘larni talab qiladi. SHu sababli taqsimot jarayoni optimallashtirish masalasi bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, bunda arzon transport - tashish tizimi, etarli miqdordagi tovar zaxirasi va optimal ombor tizimini yaratish bilan bog‘liq chora-tadbirlar hal qilinishi lozim. Optimal ombor tizimini yaratish deganda ular sonining va quvvatining optimal miqdorlarini hamda maqbul joylashish o‘rnini aniqlash tushuniladi.
Omborlar dislokatsiyasini, ya’ni joylashgan hudud o‘rnini aniqlash uchun korxonaning va iste’molchilarning joylashgan o‘rinlari aks ettirilgan kortosxemani koordinatalar sistemasiga ko‘chirish usulidan foydalaniladi. Ishlab chiqarish korxonalari va ularning iste’molchilari aks etgan kartasxemalar barcha ishlab chiqarish korxonalarida bor. Agarda ular bo‘lmasa Davlat er kadastri va kartagrafiya bo‘limlari bunday kartasxemalarni tayyorlab berishlari mumkin. Bu usul har bir korxonadan mo‘ljallanayotgan omborgacha tovar etkazib berish xarajatlarini, hamda ombordan oxirgi iste’molchigacha tovar etkazib berishda qilinadigan xarajatlarni baholash imkoniyatini beradi. Xarajatlarni baholashda transport vositasining tarif stavkasi, etkazib berilayotgan tovar miqdori hamda etkazib berish masofasi hisobga olinadi.
Makro darajada taqsimot markazi m ta tovar etkazib beruvchi va n ta iste’molchiga ega bo‘lsa, u holda mo‘ljallanayotgan ombor o‘rni koordinatalari quyidagi formulalar asosida aniqlanadi.

, bu erda:
Ox - mo‘ljallanayotgan ombor absissasi, km; Oy- mo‘ljallanayotgan ombor ordinatasi, km; - etkazib beruvchining transport tarifi;
- iste’molchining transport tarifi, so‘m/t.km;
- absissa o‘qidan i-chi tovar etkazib beruvchigacha bo‘lgan masofa, km;
- absissa o‘qidan j-chi iste’molchigacha bo‘lgan masofa, km;
- i-chi tovar etkazib beruvchi etkazib beradigan tovar hajmi, t;
- j-chi iste’molchi qabul qiladigan tovar hajmi, t;
- ordinata o‘qidan i-chi tovar etkazib beruvchigacha bo‘lgan masofa, km;
- ordinata o‘qidan j-chi iste’molchigacha bo‘lgan masofa, km.
m - tovar etkazib beruvchilar soni; n - iste’molchilar soni.
Bu formuladan foydalanish uchun ma’lumotlarni quyidagi 5-jadval ko‘rinishda shakllantiramiz.

Download 68.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling