6-bob. Taqsimot jarayonlari logistikasi


Download 68.21 Kb.
bet1/4
Sana09.11.2023
Hajmi68.21 Kb.
#1759028
  1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu

6-BOB. TAQSIMOT JARAYONLARI LOGISTIKASI


6.1.Taqsimot logistikasi tushunchasi, qoidalari va vazifalari.
6.2.Logistik kanallar va logistik zanjirlar.
6.3.Tovar bozorlarining taqsimot infratuzilmasi.


6.1.Taqsimot logistikasi tushunchasi, qoidalari va vazifalari.


Ishlab chiqarish(biznes) korxonalarida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni samarali yo‘lga qo‘yishda va uning bozordagi pozitsiyasini mustahkamlashda taqsimot funksiyasi katta ahamiyatga ega. Logistikaga oid adabiyotlarda va amaliyotda taqsimot logistikasi, distribyusiya, fizik taqsimot, chiqishdagi logistika deb ataluvchi tushunchalar ishlatiladi. Bu tushunchalardan ko‘pchilik hollarda sinonimlar sifatida foydalaniladi.
Fizik taqsimot tushunchasi sanoat yoki savdo korxonasining taqsimot sohasiga taaluqli tushunchadir. Fizik taqsimot logistik faoliyat sohasi bo‘lib, distribyusiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. U ishlab chiqaruvchilar va logistik vositachilardan tarkib topuvchi tovar siljitish tuzilmalaridagi tayyor mahsulotni etkazib berish, saqlash va zahiralarni boshqarish kabi logistik funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Keyingi paytlarda mutaxassislar tomonidan distribyusiya tushunchasi ko‘proq ishlatilmoqda. Bu tushuncha fizik taqsimot tushunchasiga nisbatan kengroq ma’noni bildiradi. Distribyusiyada fizik taqsimot tushunchasiga berilgan ta’rifga qo‘shimcha ravishda tayyor mahsulotni sotish va logistik servisni qo‘llab quvvatlash funksiyalariga ham ahamiyat beriladi. Distribyusiya logistikaning funksional qismlaridan biri bo‘lib, tayyor mahsulotni etkazib berishda bajariladigan logistik funksiya va operatsiyalarni integrallashgan holda boshqarishdan iborat.
Distribyusiyani korxona faoliyatining boshqa sohalaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Distribyusiyani korxona biznes strategiyasi va taktikasi bilan uyg‘unlashgan holda amalga oshirish kerak. “Ishlab chiqaruvchi – iste’molchi”, “ulgurji savdo – iste’molchi” etkazib berish zanjirlarida resurslarni maksimal darajada tejash va logistik servisni talab darajasida ta’minlash distribyusiyaning asosiy vazifasidir. SHu sababli ishlab chiqaruvchi korxona uchun narxlarni va bozordagi o‘z pozitsiyasini nazorat qilish maqsadida sotish siyosatini tanlash masalasi prinsipial masaladir. Tayyor mahsulotni oxirgi iste’molchigacha korxonaning o‘zi etkazishi kerakmi yoki ulgurji korxonalarga sotish kerakmi? Degan savolga yagona to‘g‘ri javobni topish muhim masala hisoblanadi. CHunki, tayyor mahsulotni ulgurjiga sotish natijasida narxlarni va servisni nazorat qilish to‘la yoki qisman yo‘qotiladi. SHu sababli yirik korxonalar o‘z distribyutiv tarmoqlarini yaratishga ahamiyat beradilar. Bunday tarmoqlarni yaaratish o‘z navbatida katta xarajatlarni talab qiladi. SHuning uchun, chet el davlatlari korxonalari distribyusiyani boshqa hamkor tuzilmalarga autsorsing shartlarida bermoqdalar. Autsorsing shartida narx va servis sifatini nazorat qilish ishlab chiqaruvchilar zimmasida qoladi.
Yirik ishlab chiqarish korxonalarining barchasida mahsulotlarni ulgurji iste’molchiga etkazib berish bilan taqsimot bo‘limlari shug‘ullanadi.
Taqsimot bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.taqsimot jarayonlarini rejalashtirish;
2.buyurtmalarni qabul qilish va ularga ishlov berish;
3.tovarlarni taqsimot omborlariga joylashtirish, saralash va to‘plash;
4.qadoqlash, komplektlash va yuklashdan oldingi operatsiyalarni bajarish;
5.tovarlarni yuklash;
6.tovarlarni etkazib berish va tashishni nazorat qilish;
7.taksimot omborlaridagi tovarlarni buzilishlardan himoya qilish va butligini saqlash;
8.sotilgan tovarga egalik huquqini xaridorga rasmiylashtirib berish;
Makrologistik tizimlardagi taqsimot logistik bo‘g‘inining vazifalari quyidagilar:
1.moddiy resurslarni taqsimlash sxemasini tanlash, ishlab chiqish;
2.taqsimot xududida distribyusiya markazlarini joylashtirish.



Download 68.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling