6. Fotoeffekt va uning qonunlari. Fotonlar energiyasi va impulsi. Kompton effekti. Yorug`likning bosimi. Yorug`likning issiqlik va ximiyaviy ta’siri. Fotolyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va fosforestsentsiya
Download 0,6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anod nurlari.
6. Fotoeffekt va uning qonunlari. Fotonlar energiyasi va impulsi. Kompton effekti. Yorug`likning bosimi. Yorug`likning issiqlik va ximiyaviy ta’siri. Fotolyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va fosforestsentsiya. Reja: 1. Fotoeffekt va uning qonunlari 2. Fotonlar energiyasi va impulsi 3. Kompton effekti. Yorug`likning bosimi 4. Yorug`likning issiqlik va ximiyaviy ta’siri 5. Fotolyuminestsentsiya, fluorestsentsiya va fosforestsentsiya Anod nurlari. Katod nurlari elektronlar oqimidan iborat ekanligini bizga ma’lum. Xo’sh, bu elektronlar qayerdan chiqadi, degan savol o’z-o’zidan tug’ilishi muqarrar. Tabiiyki, ular trubka ichida kam miqdorda bo’lsa ham mavjud bo’lgan gaz atomlari deb faraz qilish mumkin. Lekin barcha jismlar atomlari neytral hisoblanadiku. Demak, atomdan bitta yoki bir necha manfiy zaryadlangan elektronlar uchib chiqadi deb hisoblasak, atomning qolgan qismi musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Agar razryadli trubkada elektronlar katod (-) dan anod (+) tomon harakat qilsa, musbat zaryadlangan atom qoldiqlari teskari tomon – anoddan katodga tomon harakat qilmog’i lozim bo’ladi. Bunday musbat zarralarning mavjud bo’lishligi 1896 yilda Goldshteyn tajribalarida tasdiqlandi va ular anod nurlari deb ataldi. Anod nurlari trubka shishasiga tushib, katod nurlari singari, shishaning shu’lalanishini hosil qiladi. Kuchli magnit yoki elektr maydoni ta’sirida anod nurlari ham o’z yo’nalishidan chetlansada, lekin bu chetlanish katod nurlari chetlanishiga nisbatan kuchsizroq bo’ladi. Chetlanish yo’nalishi bo’yicha anod nurlarini tashkil qilgan zarralarning musbat zaryadlanganligini bilish mumkin. Bunday musbat zaryadlangan zarralarning massasi katod zarralari massalaridan bir necha marta katta bo’lar ekan. Katod va anod nurlarini tadqiq qilish atomlarning murakkab tuzilishidan va ularning manfiy elektronlardan va musbat qoldiqlardan iborat ekanligini ko’rsatdi. 1873 yilda zaryadlangan metallar kuchli qizdirilganda o’z zaryadini yo’qotishi aniqlangan. Bu hodisa havoda aniqlanganligi sabab qizdirilgan metall zaryadining kamayishini yuqori temperatura ta’sirida metall yaqinida gaz ionlarining hosil bo’lishi deb tushuntirildi. Shundan 10 yil o’tgach, amerikalik ixtirochi T.Edison ko’mir lampalari xossalarini o’rganayotib, yuqoridagi hodisaning havosiz joyda-vakuumda sodir bo’lganligini kuzatadi. Demak, asbob qayd qilayotgan manfiy zaryadli zarralar trubkadagi havo – gaz atomlari bilan mutlaqo bog’liq emas ekan, chunki Edison tajribasida trubkada vakuum hosil qilingan, ya’ni havo molekulalari mavjud bo’lmagan. Keyinchalik Edison tajribasi Fleming, Elster, Teytellar tomonidan takrorlanib, Edison effekti (tokning hosil bo’lishi) ga lampaning qizdirilgan metall ipidan chiqqan manfiy elektr zarryadlari sababchi ekanligini tasdiqladi. 1897 yili Tomsonning klassik tajribalarida qizdirilgan metalldan uchib chiqayotgan manfiy zarralar massa va zaryadi katod zarralari massa va zaryadi kattaligiga to’liq mos ekanligi aniqlangach, manzara to’laligicha oydinlashdi. Yuqori temperaturada qizdirilgan har qanday metall sirtidan katta miqdorda uchib chiqayotgan manfiy zarralar bu elektronlar oqimi ekan. Edison tajribalarida xuddi shu elektronlar zanjirda tok hosil bo’lishiga sababchi bo’lgan. Qizdirilgan jismlar tomonidan elektronlarning chiqarilishi hodisasi termoelektron emissiya deb ataldi. Tajriba tasdiqladiki, bu hodisada qizdirilgan metalldan chiqayotgan elektronlar soni temperatura oshishi bilan keskin oshar ekan, shuningdek berilgan metall sirtiga boshqa bir metallning yupqa plyonkasi yopishtirilganda ham shunday elektronlar oshuvi kuzatilar ekan. Ko’plab radioelektron asboblarning ishlashi termoelektron hodisaga asoslangan bo’lib, bu hodisa o’z navbatida moddalar atomlari tuzilishining murakkab ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Download 0,6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling