6. Janubiy-Sharqiy Osiyoning geografik rayonlari Hindixitoy yarim oroli
Download 23.08 Kb.
|
Janubiy-Sharqiy Osiyoning geografik rayonlari
Iqtisodi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2010 yili 276,6 milyard dollarni tashkil etgan.
Ishchi kuchining 52 foizi qishloq xoʻjaligida band. Bu tarmoq yalpi ichki mahsulotning 21 fozini taʼminlaydi. Asosan guruch, qahva, kauchukli ekinlar, paxta, choy, qalampir, soya, banan yetishtiriladi. Choy paykallarining umumiy maydoni 131 ming gektar atrofida. Tarmoq yiliga 150 milyon dollarga yaqin daromad keltiradi, uning 70 foizi eksort hisobidan. Parrandachilik; baliq va boshqa dengiz neʼmatlaridan foydalanish rivojlangan. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash, kiyim va poyabzal tikish, neft qazib olish, kemasozlik kabi sohalarga ixtisoslashgan sanoat tarmogʻida ishchi kuchining 15 foizi mehnat qiladi. Bu soha hissasiga yalpi ichki mahsulotning 40 foizi toʻgʻri keladi. Xizmatlar sohasi bilan esa ishchi kuchining 33 foizi mashgʻul. Bu tarmoq yalpi ichki mahsulotning 39 foizini taʼminlaydi. Xalqaro qahva tashkiloti maʼlumotiga koʻra, 2012 yilning birinchi yarmida Vyetnam qahva yetishtirish boʻyicha Braziliyani 13 foizga ortda qoldirdi va tarixda ilk bor eng yirik eksportchiga aylandi. Vyetnam asosan neft xomashyosi, dengiz mahsulotlari, guruch, qahva, kauchuk, choy, ustkiyim va oyoqkiyim sotadi. Asosiy xaridorlari – AQSH, Yaponiya, Xitoy, Avstraliya va Germaniya. Chetdan esa sanoat mahsuslotlari, neft mahsulotlari, oʻgʻit, gʻalla, paxta, semon va motosikllar sotib oladi. Asosiy taʼminotchilari – Xitoy, Singapur, Yaponiya, Tayvan, Janubiy Koreya, Tayland va AQSH. Vyetnam iqtisodiyoti taraqqiyotiga AQSH qoʻygan embargo va Sobiq Ittifoqning qattiqqoʻl vasiylik siyosati koʻp yillar toʻsqinlik qilib keldi. Amerika chet el mollari savdosiga qarshilik koʻrsatgan boʻlsa, sovetlar mamlakatga xorij sarmoyalari kirib kelishiga rozilik bermadi.1988 yili hukumat chet el sarmoyalari haqidagi qonunni qabul qildi. Unda xorij korxonalari faoliyatini kafolatlash va ularning mulklari oʻzlashtirilmasligi belgilab qoʻyildi. Vyetnamga birinchi boʻlib Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, jumladan, Janubiy Koreya va Avstraliya kompaniyalari kirib keldi. Soʻngra bunday sarmoyadorlar safi kengayib bordi. 1997 yili esa parlament barcha viloyat va tumanlarga tashqi savdoni erkin yuritish imkonini berdi. Mamlakat 2007 yili Butundunyo savdo tashkilotiga qoʻshildi. Download 23.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling