6 Laboratoriya. Dumalash podshipniklarida ishqalanish momentini aniqlash


Download 231.01 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi231.01 Kb.
#1166131
  1   2
Bog'liq
6-laboratoriya


6 Laboratoriya.
Dumalash podshipniklarida ishqalanish momentini aniqlash.



  1. qurilma ishini tavsifi.

qurilma sxemasi o‘quv stendida ko‘rsatilgan. Asosning 1 yuqori qismiga barcha asosiy qismlari bilan birga vertikal plita 3 maxkamlangan ustun o‘rnatilgan.



    1. Elektr dvigatel.

Elektr dvigatel statori 4 vertikal plitada maxkamlangan va vintdan 5 ishga tushuvchi taranglan qurilmasi bilan jihozlangan. (qurilma sxemasida ko‘rsatilmagan). Doimiy tok dvigateli 110 V kuchlanishda ishlaydi. qurilma o‘zgaruvchan tokli tarmoqga rostlagich (vo‘pryamitel) orqali ulanadi. (qurilmada rostlagich yo‘q).
1.2. YUklanish qurilmasi.
YUklanish qurilmasi korpusi 6 ham vertikal plitaga maxkamlangan. Bu qurilma shpideli 7 ikkita zoldirli podshipniklarga o‘rnatilgan. (podshipniklar sxemasida ko‘rsatilgan). Aylanma xarakat elektrdvigateldan shpindelga, uzatish soni ga teng bo‘lgan tasmali uzatma yordamida uzatiladi. YUklanish qurilmasining yuqori qismida rotori shpindel bilan bog‘langan taxogenerator 9 o‘rnatilgan. Taxogenerator vazifasi shpindel aylanishlar chastotasini aniqlash. Taxogenerator tokini shpindel aylanishlar chastotasiga nisbatan o‘zgarish grafigi 1.1. rasmda keltirilgan.

1.1 rasm. Milliampermetr ko‘rsatkichini shpindel aylanishlar chastotasiga va momentga bog‘liqlik grafigi.

SHpendel yuqori qismida rezbali teshik bo‘lib, bu teshikka rezbali valikga maxkamlangan tekshirilayotgan podshipnik 10 uzeli burab kiritiladi. Podshipnik korpusining silindrsimon qismiga maxkamlovchi vint 13 bilan jihozlangan almashinuvchi yuk 12, o‘rnatiladi. Har bir almashinuvchi yukning povodoki 14 bo‘lib, uning oxiri yassi o‘lchash prujinasining 15 egariga o‘rnatiladi.


1.3. O‘lchash ko‘rilmasi.


O‘lchash qurilmasi tekshirilayotgan dumalash podshipnikdagi ishqalanish momentini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ishlash prinsipi, fotodioddan 17 o‘tayotgan, yoritgich 16 tomonidan hosil qilingan yorug‘lik oqimini o‘rganishiga asoslangan. YOrug‘lik oqimining o‘zgarishi fotodiod zanjiridagi tokni o‘zgartiradi, bu esa milliampermetr tomonidan o‘lchanadi. Fotodiodga tushayotgan yorug‘lik oqimining qiymati deformatsiyalanuvchi prujinaning 15 oxiriga maxkamlangan pardaning 18 xolatiga bog‘liq (A-A rasm). Prujinaning deformatsiyalanish (egilish) qiymati tekshirilyotgan podshipnikdagi ishqalanish momenti va xomut 19 xolatiga bog‘liq. SHunday qilib dumalash podshipnigidagi ishqalanish momenti fotodioddagi tokga proporsional.
O‘lchash prujinasini g q 1, 2, 3, 4, 5 grammli toshlar bilan yuklanish beriladi va fotodiod zanjiridagi tokni momentiga bog‘liqlik tarirovka grafigini tuziladi (1.2. rasm).

Bu grafik orqali dumalash podshipnigidagi ishqalanish momentini aniqlash mumkin (grafikdagi moment o‘zgaruvchan yukni 50 mm ga – xarakatlanayotgan podshipnikdan markazidan o‘zgaruvchan yukgacha bo‘lgan masofaga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi).


2. Laboratoriya ishini bajarish uslubi.


2.1. YAssi o‘lchash prujinasini tarirovka qilish.


qurilmani ishlab chiqgan zavod moment bo‘yicha tarirovka grafigini keltiradi. Lekin o‘lchash prujinasining deformatsiyasi tajriba vaqtida prujina uzunligini o‘zgartirishga imkon beruvchi xomut 19 xolatiga ham bog‘liq. SHuning uchun yassi o‘lchash prujinasini tarirovka qilish shartli hisoblanadi.
Tarirovka qilish ketma-ketligi.
1. Vint 13 ni bo‘shatib 12 yukni ajratish.
2. 20 vintni ajratib o‘lchash qurilmasini plitaga 3 gorizontal xolatda shu vint 20 bilan maxkamlash.
3. qurilma old qismida joylashgan V1 «set» tumblerini yoqish (signal lampasi yonishi lozim). V2 tumblerini 1 xolatga o‘rnatish, V4 tumbleri moment xolatiga qo‘yish. Milliampermetr strelkasi 0 holatidan bir yoki ikkiga bo‘limga og‘ish lozim.
4. O‘lchash prujinasi egariga ketma-ket qq1, 2, 3, 4, 5 gr og‘irlikdagi yuklarni o‘rnatib, o‘lchash prujinasini deformatsiyasini qayd qilish lozim, tarirovka grafigidagi moment yuk og‘irligini 50 mm ga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi (yuqoriga qarang).
5. V2 tumbler 2 xolatga o‘rnatib prujina tarirovkasi 4 bandda keltirilgan ketma-ketlik bo‘yicha aniqlanadi. Grafikning umumiy ko‘rinishi 1.2. rasmda keltirilgan.

2.2. qurilmani rostlash va ko‘rsatkichlarini qayd qilish.


Podshipnik korpusining silindrsimon qismiga 10 Qq0,5 kg og‘irlikdagi yuk o‘rnatilgan va vint 13 bilan maxkamlangan. Xomut 19 xolati yassi o‘lchash prujinani tarirovkasi vaqtidagi xolatiga mos kelishi lozim. qurilma old qismidagi panelda joylashgan tezlik registrini boshlang‘ich xolatga keltirish (soat strelkasiga qarshi oxirigacha burish lozim). V3 «dvigatel» tumblerini ishga tushirib V1 tumblerini 1 xolatga, V4 tumblerini esa «tezlik» xolatiga o‘rnatish lozim.

Ilova:
O‘lchash qurilmasini rostlash va milliampermetrni rostlash laboratoriya ishini tarkibiga kirmaydi. Bu ish mutaxassis tomonidan avval bajarilishi lozim. Talaba bu ishlarni bajarmasligi lozim. (DP11A-PS qurilma pasportiga qarang).


V2 tumbler milliampermetr sezgirligini o‘zgartiradi. 2 xolatdan momentni aniqlashda 1 xolatda milliampermetr strelkasi o‘lchov chegarasidan ortib ketganida foydalaniladi.
Tezlik registri bilan dvigatel aylanishlar sonini orttirib milliampermetr ko‘rsatkichini o‘ngga karrali songa keltirish lozim (grafikni qurishni qulayligi uchun). V4 tumblerini «moment» xolatiga o‘tkazib tezlik toki va moment tokini qayd etib 2.1. jadvalga kiritish lozim. Amalni esa ikki marotaba qaytarib har safar tezlik ko‘rsatkichini milliampermetr ko‘rsatkichi bo‘yicha orttirish lozim. Tezlikning xuddi shu ko‘rsatkichlarida tajribani Q q 1 kg va Q q 2 kg og‘irlikdagi yuklar bilan qaytarish lozim. Barcha qiymatlarni 2.1. jadvalning chap qismiga kiritish lozim.
qurilma ishlab chiqgan zavod tomonidan keltirilgan grafik (1.1. rasm) va yassi prujinani tarirovkasida kelib chiqqan grafik (1.2. rasm) bo‘yicha shlindel aylanishlar sonini xaqiqiy qiymatini va podshipnikdagi ishqalanish momenti T Nmm aniqlanadi. Aniqlangan qiymatlar 2.1. jadvalning o‘ng qismiga kiritiladi.
2.1. jadval.

YUk og‘irligi

Kg


Podshipnik tekshirilayotganda qurilma ko‘rsatkichlari

Aniqlanayotgan parametr larni xaqiqiy qiymati

Tezlik aniqlanayot gandagi tok J (mA)

Moment aniqlanayot gandagi tok J (mA)

V2 tumbleri xolati

YUklanish qurilmasi shpindeli ning aylanish lar chastotasi n min-1

Tekshirilayotgan odship-nikdagi ishqalanish momenti T,Nmm

0.5


50













60













70













1.0


50













60













70













2.0


50













60













70













2.3. Grafiklarni qurish.


2.1. jadvalning o‘ng tomonidagi qiymatlardan foydalanib umumiy ko‘rinishi 2.1. jadvaldan keltirilgan grafiklarning qurish. Q q 2 kg og‘irlikdagi tajribani imkon boricha o‘tkazmaslik lozim, chunki bunda katta qiymatdagi titrash xosil bo‘ladi. (aylanishlar chastotasi nq1000 ayl/min bo‘lganda), va bu o‘lchash qurilmasini muddatidan ilgari ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

2.1. rasm. SHpindel aylanishlar chastotasining podshipnik ishqalanish momentiga bog‘liqlik grafigi.
Xulosa: Aylanishlar chastotasini ortishi bilan dumalash podshipnigidagi ishqalanish momentini ortishini quyidagi sabablar bilan tushuntirish mumkin.
1. Dumalash elementlarini sirpanishini sababli (ayniqsa gerroskopik moment ta’sirida).
2. Dumalash elementlarining markazdan qochirma kuchini ortishi sababli.
3. Separatorlarda sirpanish ishqalanishning ortishi sababli.

Download 231.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling