6-laboratoriya ishi 10-11-sinflarda nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar ishlab chiqish mashg‘ulotning maqsadi


-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga qo‘shimchalardan mosini qo‘ying


Download 22.97 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi22.97 Kb.
#1044440
1   2   3
Bog'liq
6-laboratoriya ishi (2)

2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga qo‘shimchalardan mosini qo‘ying.
Dono, zakovatli kishilar qiyin muammolarni hal etishda yordamga keladi. Botirlar qo‘lida qilich tutguday bo‘lsa, yov titroqga tushadi. Yozuvchi-kotib esa el ishini osonlashtiradi. Undan mashaqqat tugunlari yechiladi. (Yusuf Xos Hojib)

Mamlakat ishida nafi eng ko‘p tegadigan toifa uch xildir: birinchidan bilimli, donishmand kishilar, turli kasb egalari bo‘lsa, ikkinchisi botir, she’ryuraklardir. Ular bo‘ri – yovga qarshi kurash paytida asqatadi. Nihoyat, uchinchi guruhni so‘zamol kotiblar tashkil etadi.



3-topshiriq. Matnni o‘qing. Nutq tuzuvchining qanday gap shakllaridan foydalanayotganini aniqlang, bu jihatlarning nutq boyligini ta’minlashdagi o‘rnini tavsiflang. Mana shu ko‘rinishdagi matnlarni topib, ularni tahlil qilishga qaratilgan mashq va topshiriqlar tuzing.

Yaxshiboyev hozir o‘zi galashgan yigitning qiyofasini ko‘z oldiga keltirdi: yoshi qirqda, lekin, nari borsa, o‘ttizlik ko‘rinishi bor: qomatdor, xipcha, sochlari orqaga taralgan, silliq taralib, ustidan lok sepilgan to‘qrang kostyumi sutday oppoq ko‘ylakda, misoli tanburning toriday tarang; yuzida tavoze, ammo jilmaygani sezilmaydi. Necha yildirki Yaxshiboyev uning yuzini ko‘rib, “odam degan qanaqasiga jilmaymasdan ham tavoze qilishi mumkin”, deya bosh qotiradi. Birinchi yordamchi esa buning tamoman aksi: dehqonsifat; semiribroq ketgan; yoshi ham biror ellikni qoralagan; gaplari keskin va bejog‘siz. (Murod Muhammad Do‘st)



4-topshiriq. Nutq madaniyati bilan bog‘liq maqollar, hikmatli so‘zlarni toping, ular ma’nolarini tahlil qiling.
Ajdodlarimiz qadimdan to‘g‘ri, ta’sirchan, chiroyli gapirishga intilish va ularni odatga aylantirishga ma’rifiy-axloqiy talab sifatida qarab kelganlar. So‘zni qadrlash, yaxshi so‘zlay olish, so‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish, chin so‘zlash, tilni tiyish, suhbat sirlarini saqlash,ezma va vaysaqi bo‘lmaslik kabilarga amal qilish nutq odobining asosiy talablari hisoblangan. Nutqiy muomaladagi bu odatlar xalqimizning o‘ziga xos an’anasi sifatida yashab va takomillashib kelmoqda. Nutq madaniyatini egallash birinchi galda hozirgi o‘zbek tili va uning mavjud ifoda vositalarini puxta o‘zlashtirish, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilish kabi lisoniy omillarga; ikkinchidan, so‘zlashganda muayyan axloq-odob me’yorlariga rioya etish, o‘z va o‘zgalar gapiga e’tiborli bo‘lish, o‘rinli so‘zlash, tinglash, suhbatlashish, munozara madaniyatini bilish kabi ijtimoiy-ruhiy omillarga bog‘liqdir.
Qadimdan yashagan shoir mutafakkirlar xalq orasida yurib odamlarni bir birlariga yaxwi munosabatda bolishga, o’zaro hurmatni saqlagan holda odob bilan muloqot qilishga undab kelishgan. Bugungi kunda ham ularning qoldirgan ma’naviy merosi orqali odamlarni nutq madaniyatiga e’tibor berishga asrlar osha chorlab kelmoqda. Xususan, Abu Nasr Forobiy aql va mantiq ilmiga alohida e’tibor bergan, shuningdek, mantiq bilan grammatikaning o‘zaro bog‘liqligini quyidagicha ta’kidlagan: «Mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani singari mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘rilab turadi» deya odamlarni o’ylab gapirishga da’vat qiladi. So’z mulkining sultoni Alisher Navoiy nutq va unga amal qilish haqida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Va’z bir murshid va ogoh ishidir va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur. Avval bir yo‘ldan bormoq kerak, andin so‘ngra elni boshqarmoq kerak. Yo‘lni yurmay kirgan itar va g‘ayrimaqsud yerga yetar» deganlar. Undan tashqari Kaykovus “Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi”, deganini eslash mumkin boshqa bir gapida esa “Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir. Nutqni juda yaxshi va san’atkorona o‘rganib ol, doimo gapga chechan bo‘lishga harakat qil. Nutqi shirin kishining mehribon kishilari ham ko‘p bo‘ladi” deya o’zga kishilar bilan shirin muloqot qilinglar debnasihat qilganlar.
Bugungi kunda wunga oxshash xalq orasida nutq madaniyatiga chorlaydigan maqollar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbek xalqi: “O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir”, “Sanamay sakkiz dema” –deb nutqqa nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lishni xush ko‘radi.

5-topshiriq. Quyidagi jadvalni namunadagidek davom ettiring.




Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling