Nutqning to‘g‘riligi
|
Nutqning to'g'ri bo'lishi bu uning bosh aloqaviy sifati sanaladi va yozuvchi hamda o'quvchining bir-birlarini oson tushunishlarini ta'minlaydi.
|
Nutqning aniqligi
|
Aniqlik ham nutqning asosiy sifatlaridan biri bo'lib, yaxshi nutqning shakllanish shartlaridan biridir. To'g'ri nutqda faqat lisoniy faktor xaruriy belgi sifatida qaralsa, nutqning aniqligida esa tildan tashqaridagi holatlar ham nazarda tutiladi. Aniqlik deyilganda, hodisalar bilan ularning nutqdagi atamasi bo'lgan mantiq o'rtasidagi mutanosiblik tushuniladi.
|
Nutqning mantiqiyligi
|
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy jihatlari to’g’rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langan. Chunki gramatik jihatdan to’g’ri tuzulmagan nutq ham, muvaffaqiyatsiz bog’langan lig’aviy birlik ham mantiqning buzulishiga olib keladi. Mantiqiy izchillik buzulishi tinglovchi va o’quvchiga ifodalanayotgan fikrning to’liq yetib bormasligiga sabab boladi
|
Nutqning sofligi
|
Nutqning sofligi, uning keraksiz so'z va iboralardan xoli bo'lishi tinglovchi uchun ham, yozuvchi va o'quvchi uchun ham suv hilan havodek zarur.
|
Nutqning boyligi
|
Nutqining boyligi (rang-barangligi) de-yilganda unda ishlatiladigan til vositalarining ko’pligi, kam takrorlanganligi, tinglovchiga ko’rsatgan ta`siri tushuniladi.
|
Nutqning jo‘yaliligi
|
Nutqda muayyan bir muloqotning maqsadi hamda sharoitlariga to‘la mos tarzda til vositalarini tanlash, ularni bir-biriga to‘g‘ri bog‘lab o‘z o‘rnida qo‘llash nutqning jo‘yaligi hisoblanadi.
|
Nutqning ifodaliligi
|
Ifodalilik nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishini ta`minlaydi. Irodalari sodda, ammo katta mazmunga ega bo’lgan nutq tinglovchilik nuqtai nazaridan qaraganda kishilarning nutqlari xilma xildir. hatto bir mavzuga bazishlangan turli kishilarning nutqi turlicha ifodalanishi mumkin.
|
Nutq texnikasi
|
Nutqni tinglovchi yoki o’quvchiga etkazishda qo’llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko’rinishda bo’lganidan uning texnikasini ikki xil ko’rsatish mumkin:
Og’zaki nutq texnikasi;
Yoma nutq texnikasi.
|