6-laboratoriya ishi mavzu: Podshipniklarni tuzilishi va konstruksiyasini o’rganish


Download 374.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi374.66 Kb.
#1051072
  1   2
Bog'liq
6-LABORATORIYA



6-LABORATORIYA ISHI 
Mavzu: Podshipniklarni tuzilishi va konstruksiyasini o’rganish. 
6.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: Dumalash podshipniklarining turlari bilan tanishish
ularning shartli belgilanishini o‘rganish va asosiy parametrlarini aniqlash. 
6.2. Ish bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar
Dumalash podshipniklari dumalab ishqalanish asosida ishlaydigan aylanma yoki tebranma 
harakat qiladigan detallarning tayanchi. Ular dumalash yo‘lakchalari bor tashqi va ichki halqalar, 
separator va dumalash elementlaridan tuzilgan bo‘ladi. Podshipnik separatorning vazifasi 
dumalash elementlari sharik va rolikni ma’lum bir oraliqda ushlab turish uchun xizmat qiladi. 
Dumalash podshipniklarida dumalash elementlari sifatida sharik yoki rolik ishlatiladi. 
Sirpanish podshipniklariga nisbatan dumalash podshipniklari quyidagi afzalliklarga ega: 
─standartlashtirilgan;
─ishqalanish kuchining momenti kichik
─moy va rangli metall sarfi kamayadi
─val o‘qlarining qiyalanishiga imkon beradi. 
Dumalash podshipniklarining kamchliklari: 
─katta tezlik, zarbiy va dinamik yuklanishlarda kamroq umrboqiyligi
─nisbatan katta diametral o‘lchamlari. 
DUMALASH PODSHIPNIKLARINING TURLARI. 
Dumalash podshipniklari dumalash elementlarining rasmi, yuklanish qabul qilish 
yo‘nalishi, dumalash elementlarining qatorlar soni va konstruktiv o‘ziga xosliklari bo‘yicha 
turlarga ajratiladi. 
1. Dumalash sirtining rasmi bo‘yicha sharikli (6.1-rasm, a, b, g, i) va rolikli (6.1-rasm, c, d, 
e, f, h, j) turlarga bo‘linadi.


6.1-rasm. Dumalash podshipniklarning asosiy turlari 
Rolikning rasmi bo‘yicha quyidagicha podshipniklar bo‘ladi. 
─qisqa silindrik rolikli (6.1-rasm, d); 
─uzun silindrik rolikli
─burama rolikli (6.1-rasm, f); 
─bo‘chkasimon rolikli (6.1-rasm, c); 
─konussimon rolikli (6.1-rasm, h, j); 
─ninasimon rolikli (6.1-rasm, e). 
2. Qabul qilayotgan kuch (yuklanish) bo‘yicha quyidagi podshipniklar bo‘ladi: 
a) radial─faqat radial kuch 
 

ni qabul qiladigan (6.1-rasm, b, c, d, e, f); 
-radial va qisman o‘q bo‘yicha 


gacha
%
30
,

kuchni qabul qiladigan (6.1-rasm, a); 
b) tirak, faqat o‘q bo‘yicha 
 

kuchni qabul qiladigan (6.1-rasm, i, j); 
v) radial-tirak, radial 
 

va bo‘ylama 
 

kuchlarni qabul qiladigan (6.1-rasm, g, h). 
3. O‘rnashishi bo‘yicha: 
-o‘zi o‘rnashadigan hamma sterik podshipniklar (6.1-rasm, b, c); 
-o‘zi o‘rnashmaydigan-qolganlari (6.1-rasm, a, d, e, f, g, h, i, j). 
4. Dumalash elementlari qatori bo‘yicha: 
-bir qatorli (6.1-rasm, a, d, e, f, g, h, i, j); 
-ikki qatorli (6.1-rasm, b, c); 
-ko‘p qatorli, 4 va undan ko‘p qatorlari bor. 

Download 374.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling