6-Laboratoriya ishi Sovutisн tizimlarini diagnostikalasн Mashg‘ulot maqsadi


Download 0.68 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1619513
  1   2   3
Bog'liq
6-Laboratoriya


6-Laboratoriya ishi


Sovutisн tizimlarini diagnostikalasн


Mashg‘ulot maqsadi. Dvigatellarning sovutish tizimini diagnostika­lash­ni, xamda ventelyator uzatmasini sozlashni o‘rganish.
Keraklik jixoz va asboblar. Remeni ventelyator va generatorga noto‘g‘ri tor­­tilgan ГAЗ-53A va ЗИЛ-130 avtomobillari, radiator probkasi klapanini va so­vu­tish tizimini germetikligini tekshiradigan moslama, ventelyator, kompressor va generatorga tortilgan remenni tarangligini tekshirish pribori, soz va nosoz kla­panli radiator probkasi va temostat, sekundomer, sovutuvchi suyuqlikni xaro­ra­tini ko‘rsatuvchi soz va nosoz datchik, ko‘rsatuvchi pribor, suv isituvchi elektr moslama, issiq suv uchun shaffof idish, 1100С gacha xaroratni o‘lchovchi ter­mometr, avtomobilning qo‘lbola havo xaydash nasosi yoki siqilgan havo manbai.
Ishni bajarish tartibi. Radiator probkasi xolati va sovutish tizimini ger­me­tikligini tekshirish.
1. Dvigatelning radiator probkasi xolati va sovitish tizimini germetikligi xa­qi­da­gi materiallar bilan tanishib chiqish.
2. Moslama resiverida 1,5 sm2 xavo bosimi xosil qilish.
3. Moslama stakaniga radiatorning soz qopqog‘ini solish.
4. Moslamaning siqilgan havo kiradigan kranini bekitib, stakanni past qismigi ha­vo kirgizib, manometr bo‘yicha bosim kattaligi aniqlanadi. Bu bilan prob­kaning bug‘ (chiqarish) klapani tekshiriladi.
5. Moslama stakaning past qismi bilan indikatorni ulab, havo (kritish) klapani ochi­li­sh bosim kattaligi aniqlanadi.
6. Stakanga nosoz klapanli probka qo‘yilib 4 va 5 operatsiya takrorlanadi. Bug‘ kla­pani sovutish tizimini ortiqcha bosimga sozlangan bo‘lib, u ЗИЛ-130 dviga­te­li uchun 1 kgs/sm2 (suvni qaynash xarorati 1190С), ГАЗ-53A dvigateli uchun 0,45-0,55 kgs/sm2 (qaynash xarorati 110-1110С). Havo klapani esa tizimdagi bo­sim atmosfera bosimdan pasayganda ochiladi, ya'ni u 0,1-0,13 kgs/sm2 tashkil etadi.
7. Sovutish tizimini suyuqlik bilan to‘latish.
8. Radiator bo‘g‘zini probka o‘rniga boshqa bekitg‘ich bilan bekitiladi
9. Moslama resiverida 0,6-0,7 kgs/sm2 bosim xosil qilib, resiver bilan bekit­g‘ich­ni bog‘lab, ortiqcha bosim bilan kran ochiladi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling