6 Laboratoriya ishi


Markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarini kurbel dastagi yordamida o‘tkazish


Download 58.69 Kb.
bet12/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

5. Markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarini kurbel dastagi yordamida o‘tkazish.

Markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarini boshqaruv pultidan boshqarishning imkoni bo‘lmay qolganda uni kurbel dastagi yordamida o‘tkazilishi mumkin. Kurbel dastagi yordamida strelka o‘tkazgichi stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori, signalchi yoki boshqa shu maqsad uchun tayinlangan xodim tomonidan o‘tkazilishi mumkin.


Qo‘l boshqaruviga o‘tkazishda juftlashtirilgan ikki strelka o‘tkazgichlaridan biridagi krestovinaning xarakatlanuvchi serdechnigi bir xolatga (musbat yoki manfiy) qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Kurbel dastaklari stansiya, park va post navbatchilari xonasida saqlanishi lozim. Xar bir punktdagi kurbel dastaklarining saqlanish joyi, ularning soni va raqamlari stansiya dalolatnomasida belgilangan bo‘ladi. Xuddi shu punktlarda markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarni yopib qo‘yish uchun osma qulflar xam saqlanadi.
Kurbel dastaklarni saqlash uchun aloxida qulflanadigan quti ajratiladi va uning kaliti stansiya yoki post bo‘yicha navbatchida saqlanadi. Elektromexanik xar bir kurbel dastaklarini aniq bir joyga qo‘yib plombalab qo‘yadi. Saqlash joyidan kurbel dastagini faqatgina stansiya navbatchisi yoki uning ruxsati bilan boshqa xodim (park bo‘yicha navbatchi, markazlashtirilgan post operatori va boshqalar) olishi mumkin.
Plomba buzilib, kurbel dastagi qaysi joydan olinishidan qat’iy nazar, stansiya navbatchisi DU-46 jurnalining 3 grafasida yozib qo‘yishi lozim. Masalan:
1- raqamli kurbel plombasi olindi va u markazlashtirilgan post operatori Doniyorovga 11/13 raqamli strelka o‘tkazgichini o‘tkazish uchun topshirildi. Stansiya navbatchisi Botirov”.

Agar stansiyada elektromexanik yo‘q bo‘lsa, va strelkalarni qo‘l bilan boshqarishga poyezd dispetcherining ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tish kerak bo‘lsa, u xolda kurbel dastagini olish bilan, markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichining nosozligi xaqidagi yozuv birlashtirilishi mumkin. Masalan:


9 – raqamli strelka o‘tkazgichi kuchlanish olmayapdi va musbat xolatga o‘tmayapdi. 2 raqamli kurbel plombasi olindi, kurbel dastagi markazlashtirilgan post operatori Salimovga shu strelka o‘tkazgichini qo‘lda o‘tkazishi uchun topshirildi. Stansiya navbatchisi Valiyev”.


Kurbel dastagi yordamida strelka o‘tkazgichini o‘tkazish uchun oldin kurbel tirgagini tushirish lozim. uning normal turishi, uning yuqori chekka xolatda turishi va shu xolatda uning maxsus bolt bilan maxkamlab qo‘yilganidir. Kurbel dastagi yordamida shu boltni yechib olish mumkin. Tirgak tushiilganda kurbel dastagini qo‘yish uchun teshik ochiladi. Bunda uning to‘rt qirrali teshigi elektr qo‘zg‘atgich motorining qirrali o‘qiga mos tushadi. Kurbel dastagini aylantirish bilan elektr qo‘zg‘atgich xarakatga keltiriladi va strelka o‘tkazgichining urilishi ro‘y beradi. Agar kurbel dastagini aylantirish qiyinlashsa va strelka o‘tkazgichi ostryaki eng chekka xolatga kelsa, ya’ni ostryakning biri rama relsiga yopishib tursa va boshqasi rama relsidan uzoqlashtirilgan bo‘lsa, strelka o‘tkazilgan xisoblanadi.


Kurbel dastagi tirgagi tushirilgandan so‘ng, elektr qo‘zg‘atgich boshqaruv pultidan o‘chiriladi va elektrmexanik kelib kurbel tirgagini normal xolatga ko‘tarmaguncha, strelka o‘tkazgichini boshqaruv pultidan boshqarishning imkoni yo‘qoladi.
Ba’zi xolatlarda stansiya navbatchisining boshqaruv uskunasida kurbel dastagi yordamida o‘tkazilgan strelka o‘tkazgichlarning elektr nazorati saqlanib qoladi. Bunday nazoratning mavjudligi yaxshi bo‘lib, strelka o‘tkazilishi yakunlanganligidan dalolat beradi. Stansiya navbatchisi bu nazoratning ko‘rsatgichi orqali, strelka o‘tkazgichini kurbel dastagi yordamida to‘la o‘tkazilganligi xaqidagi xodimning xabariga qo‘shimcha ishonch xosil qilishiga imkon beradi.
Agar kurbel dastagi yordamida o‘tkazilgan strelkalar xolati elektr nazorati stansiya navbatchisi uskunasida saqlanib qolmagan bo‘lsa, u xolda bu strelkalar poyezdlar qabul qilish yoki jo‘natish marshrutlari osma qulflar bimlan yopib qo‘yilishi va poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish vaqtida kalitlarni stansiya navbatchisi, signalchi, strelka posti bosh operatori saqlab turishi lozim. chunki shu xodimlarda kurbel dastagi xam mavdud bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan xodimlarning xabarlari bo‘yicha stansiya navbatchisi, marshrutga kiruvchi bu kabi strelkalarning xolati to‘g‘risida to‘liq axborotga ega bo‘lishi lozim. Strelka o‘tkazgichini kurbel dastagi yordamida o‘tkazilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berayotgan stansiya navbatchisi, qaysi strelka o‘tkazgichini qaysi xolatga o‘tkazish kerakligi xaqida to‘liq ma’lumot berishi lozim. Stansiya navbatchisi ushbu xodimga berilgan topshiriqni bajarganligi to‘g‘risida xabardor qilishligini bildiradi. Bu kabi topshiriq bergan stansiya navbatchisi ijrochi xodimga uni topshiriqni to‘g‘ri qabul qilganligini tekshirish maqsadida topshiriqni so‘zma- so‘z qaytarishini talab qiladi va bunday muloqotlar belgilangan tartibda o‘tkazilishi lozim.



Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling