6 Laboratoriya ishi


Markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarini boshqaruv pultidan o‘tkazib bo‘lmasligi


Download 58.69 Kb.
bet8/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

Markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarini boshqaruv pultidan o‘tkazib bo‘lmasligi. Asosiy sabablari:
Strelka ostryaki xarakatlanishi uchun tashqi to‘siqlarning mavjudligi, ya’ni rama relsi va ostryak orasiga begona narsani tushib qolishi, qor, muz yoki loy to‘lib qolishi, relsni tagidan maxkamlanadigan boltni xaddan ziyod tortib yuborilishi, strelka boshmoqlarini ifloslanishi va boshqalar. Strelka o‘tkazgichini xarakatlanishiga ta’sir etuvchi tashqi to‘siqlar natijasida ekanligi va u boshqaruv pultidan o‘tkazimasligi, strelka o‘tkazgichi dastagi buralganda u yerdagi ampermetr strelkasi qo‘zg‘aladi. Lekin strelka o‘tkazgichi o‘tmaydi va buning oqibatida boshqaruv apparatidagi strelka o‘tkazgichining yangi xolati nazorati sodir bo‘lmaydi;
Motor elektr qo‘zg‘atgichi, strelka o‘tkazgichini ulash sxemasi va boshqa SMB qurilmasi elementlarining nosozligi. Bunday xolatda strelka o‘tkazgichi dastagi buralganda ampermetr strelkasi nol xolatida qoladi, ya’ni o‘z xolatini o‘zgartirmaydi. Stansiya navbatchisi DU-46 jurnalining 3-grafasida quyidagi tartibda belgi qo‘yadi:

17 raqamli strelka o‘tkazgichi manfiy xolatga o‘tmayapdi. Stansiya navbatchisi Komilov, yoki 6 raqamli strelka o‘tkazgichi musbat xolatga o‘tmayapdi . stansiya navbatchisi Botirova”.


Agar strelka o‘tkazgichi dastagi buralganda, strelka o‘tkazgichi kerakli xolatga o‘tmasa, ammo ampermetr strelkasi qo‘zg‘alsa, u xolda stansiya navbatchisi elektromexanikni kelishini kutib o‘tirmasdan, o‘zi yoki qo‘l ostidagi mas’ul xodimlar orqali rama relsi bilan ostryak orasiga biron bir begona narsa tushib qolmaganligini tekshirib ko‘rishi lozim. bu tartibdagi tekshiruvdan so‘ng stansiya navbatchisi nosozlikning sababini aniqlagach va uni bartaraf etgach, qurilmalardan foydalanishni yangidan yo‘lga qo‘yishiga ruxsatberiladi. Stansiya navbatchisi nosozlikning sababi va uni bartaraf etilganligi xaqida DU-46 jurnalining 12-grafasida yozib qo‘yishi lozim.


17 raqamli strelka o‘tkazgichi manfiy xolatga ostryak bilan rama relsi orasida qor uyumi yig‘ilib qolganligi sababli o‘tmayotgan edi. 17 strelka o‘tkazgichi tozalab tashlangandan so‘ng ishlab ketdi. Stansiya navbatchisi Komilov”.


Agar strelka o‘tkazgichi boshqaruv pultidan o‘tmasa, u xolda elektromexanik tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha markazlashtirilgan boshqaruv pultidan uzib qo‘yiladi va kurbel dastagi yordamida qo‘lda boshqarish tizimiga o‘tkaziladi va bu to‘g‘risida DU-46 jurnalining 3 grafasida yozib qo‘yiladi.
6 raqamli strelka o‘tkazgichida elektromotor ishdan chiqqan. U almashtirilguncha 6/8 strelka o‘tkazgichlari qo‘lda boshqarilib turiladi.ShN Ortiqov (telefon bo‘yicha). Stansiya navbatchisi Valiyev”.

Agar stansiyada elektromexanik yo‘q bo‘lsa, stansiya navbatchisi poyezd dispetcherining ko‘rsatmasi bo‘yicha strelka o‘tkazgichlarini kurbel yordamida boshqarish tizimiga o‘tishi mumkin. Bu xaqida jurnalda aloxida yozish shart emas. Chunki DU-46 jurnalida markazlashtirilgan strelkalarni o‘tkazishning imkoni yo‘qligi va kurbeldagi plombani olinganligi xaqida yozilgan yozuvlar strelka o‘tkazgichi qo‘lda boshqarishga o‘tilganligidan dalolat beradi.


Kurbel yordamida o‘tkaziladigan strelka, boshqaruv pultidan o‘tkazilmasligi lozim, shuning uchun bu strelka elektr qo‘zg‘atgichidagi blok kontakt uzib qo‘yiladi va buning oqibatida elektr qo‘zg‘atgich motoriga tok kelmay qoladi.

Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling