6 Laboratoriya ishi
Elektrximoya tizimi bilan jixozlangan stansiyalardagi strelka uchastkalarning bandligini aldamchi nazorati
Download 58.69 Kb.
|
6-lobaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saralash parkining 5-6 uchastkasi aldamchi bandlikni ko‘rsatayapdi. Stansiya navbatchisi Mamurov”.
- 22-raqamli strelkani o‘tkazish uchun yordamchi tugmadan plombasi olib tashlandi. Stansiya navbatchisi Akbarov”.
Elektrximoya tizimi bilan jixozlangan stansiyalardagi strelka uchastkalarning bandligini aldamchi nazorati. Strelka uchastkalarining bandligini noto‘g‘ri nazorati, ichki va tashqi sabablar oqibatida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda stansiya navbatchisining xarakatlari quyidagicha bo‘ladi. Strelka uchastkalarining bandlikni noto‘g‘ri ko‘rsatmasida stansiya navbatchisi nafaqat poyezdlarni ta’qiqlovchi belgiga jo‘natish yoki qabul qilishi, balki belgilangan tartibda markazlashtirilgan strelkalarni boshqaruv pultidan o‘tkazish xuquqiga xam ega emas.
Bunday uchastka tarkibiga kiruvchi markazlashtirilgan elektr strelkalarini stansiya navbatchisi faqatgina strelka o‘tkazgichi yordamchi tugmalari orqali amalga oshirishi mumkin. Bu xolat stansiya navbatchisiga juda katta ma’suliyat yuklaydi, chunki yordamchi tugma orqali markazlashtirilgan strelkani xattoki xarakatdagi tarkib bilan band bo‘lganda xam o‘tkazish mumkin. Bu esa o‘z-o‘zidan poyezdni izidan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Shulardan kelib chiqib stansiya navbatchisi xar gal strelkani o‘tkazayotganda u band emasligiga ishonch xosil qilmog‘i lozim. Strelka uchastkasi bo‘sh bo‘la turib, tablodagi qurilmada uning bandligi aldamchi nazorati ko‘rsatilsa, stansiya navbatchisi darxol jurnalning 3 grafasiga bu xaqida yozib qo‘yishi va bu xaqida elektromexanikni xabardor qilishi lozim. Masalan: “Saralash parkining 5-6 uchastkasi aldamchi bandlikni ko‘rsatayapdi. Stansiya navbatchisi Mamurov”. DU-46 jurnalida bu xaqida yozib qo‘ygan stansiya navbatchisi elektromexanik kelguncha ushbu nosoz strelka uchastkasidan poyezdlarni uchastkaning band emasligiga ishonch xosil qilgach jo‘natib qabul qilib turadi. Bu kabi jarayonlarning bajarilish tartibi xar bir stansiyaning dalolatnomasida keltirilgan. Strelka uchastkasining bo‘shligini nazorati nafaqat poyezdlar qabul qilish yoki jo‘natishda, balki manevr ishlari o‘tkazish uchun strelka yordamchi tugmasidan foydalanilayotganda xam tekshirib turilishi lozim. chunki strelka o‘tkazilayotganda u yerda xarakatdagi tarkib bo‘lishi mumkin. Agar nosozlik elektrximoya uchastkasi tarkibiga kiruvchi strelkaniyordamchi tugma orqali o‘tkazishga to‘g‘ri kelsa, u xolda stansiya navbatchisi jurnalning 3 grafasiga bu xaqida yozib qo‘yadi. Masalan: “22-raqamli strelkani o‘tkazish uchun yordamchi tugmadan plombasi olib tashlandi. Stansiya navbatchisi Akbarov”. Stansiya navbatchisi yordamchi tugmani bosib bir vaqtning o‘zida strelka o‘tkazgichi dastagini buraydi. Stansiya chegarasi tabloda belgilanadigan gabaritsiz uchastkalar bo‘lishi mumkin. Bunday uchastkalarning bandligida, ya’ni vagonning g‘ildirak juftliklari aloxida ulanmada vagon kuzovining qolgani chegara to‘sig‘idan tashqarida bo‘lsa, u xolda bunday uchastkalarga qo‘shni yo‘llarda xarakatni tashkil etishning iloji bo‘lmaydi. Shuning uchun xam shunday qo‘shni yo‘llarning birida aldamchi bandlik ko‘rsatilmasa, yonidagi bo‘sh yo‘ldagi signalni ochish mumkin emas.Qo‘shni yo‘llardanpoyezd yoki manevr tarkiblarini o‘tkazishdan oldin qo‘shni yo‘lning xam band emasligini tekshirib ko‘rish lozim. Agarda aldamchi bandlik ko‘rsatmasi strelka uchastkasida poyezd o‘tib ketgandan keyin paydo bo‘lsa, u xolda bu uchastka strelkalari yopishgan xolda, ya’ni marshrutda qoladi va marshrutni avtomatik ravishda ajratib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, poyezd yo‘nalishi bo‘yicha nosozlik aniqlangan uchastkadan keyingi strelka uchastkalarini xam o‘tkazishning iloji yo‘q. Strelkalarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish va marshrutni ajratish uchun stansiya navbatchisi poyezdning xaqiqatdan xam shu strelka uchastkasidan o‘tib ketganiga ishonch xosil qilgach, yordamchi tugma orqali marshrutni sun’iy ravishda bo‘ladi. Sun’iy marshrut ajratish tugmasidan plombani olib tashlanganligi xaqida DU-46 jurnalining 3 grafasida quyidagicha belgi qo‘yish lozim: “3002 raqamli poyezd 3 yo‘lga kelishi bilan marshrut ajralmay qoldi. Marshrutning sun’iy ajratilishi uchun 7 strelka seksiyasi va umumiy ajratish tugmasidan plomba olib tashlandi. Stansiya navbatchisi Botirov”. Qabul qilib jo‘natish yo‘llariga qo‘shni bo‘lgan strelka uchastkasining bandligini aldamchi ko‘rsatmasida, tablo orqali uchastkaning bo‘shligini va kelgan poyezdni butun tarkibi bilanchegara to‘sig‘idan tashqariga o‘tgan yoki o‘tmaganligini bilib bo‘lmaydi. Biror bir sababga ko‘ra poyezd qo‘shni yo‘llarga o‘tmay to‘xtab qolgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun stansiya navbatchisi marshrutni sun’iy ajratishdan oldin kelgan yoki jo‘natilgan poyezd marshrutga kiruvchi barcha strelkalarni bo‘shatib bo‘lganligiga to‘la ishonch xosil qilishi lozim. yana shuni e’tiborga olish kerakki svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga qabul qilinayotgan poyezd kichkina tezlik bilan, ya’ni soatiga 20 kilometr tezlik bilan xarakatlanadi, buning natijasida belgilangan marshrutni bosib o‘tishi va uni odatdagidan ko‘ra svetoforning ruxsat etuvchi belgisiga xarakatlanishiga nisbatan ko‘proq vaqt ketadi. Agar stansiyaga elektromexanik yetib kelguncha yo‘l ustasi tomonidan aldamchi bandlikni ko‘rsatilishiga sabab, ximoya va strelkalarni bog‘lovchi chiziqdagi nosozliklar ekanligi aniqlansa, u xolda yo‘l ustasi nosozlikni bartaraf etishi va bu xaqida stansiya navbatchisiga xabar berishi lozim. Bu uchastka tekis ishlashni boshlagandan so‘ng stansiya navbatchisi nosozliklarni yozib borish jurnalida kerakli yozuvlarni qilib, nazorat qurilmalaridan foydalanishni yangidan yo‘lga qo‘yadi. “19 strelka o‘tkazgichining bog‘lovchi tizimidagi ximoyaning nosozligi oqibatida strelka o‘tkazgichi aloxida uchastkasi aldamchi bandlikni ko‘rsatayotgan edi. Ajratuvchi uskunalar yo‘l ustasi Axmedov tomonidan almashtirildi, uchastka tekis ishlayapdi. Stansiya navbatchisi Valiyev”. Elektromexanik kelguncha nosozlik sababi stansiya navbatchisi yoki boshqa aloqador xodimlar tomonidan aniqlansa va u bartaraf etilsa, bu xaqida DU-46 jurnalida yozilgan bo‘lsa, SMB qurilmalaridan foydalanishni yangidan yo‘lga qo‘yish mumkin. Yo‘llar va aloxida strelka o‘tkazgichlarining aldamchi ko‘rsatgichida kirish xamda chiqish svetoforlarini poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish uchun ochishning imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida poyezdlar xarakati va manevr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma”ning 6 bobiga binoan, stansiya navbatchisi bu xaqida poyezd dispetcherini xabardor qilishi lozim. Download 58.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling