6 Laboratoriya ishi
Download 58.69 Kb.
|
6-lobaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Stansiyadagi SMB qurilmalarining ishlash sharoitlarining buzilish sabablari
6 – Laboratoriya ishi Stansiyalarda SMB qurilmalari normal ishining buzilishi sharoitlarida poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish tartibi 1. Умумий талаблар SMB qurilmalarining shikastlanishi, ta’mirlanishi yoki boshqa sabablar bilan butunlay yoki qisman ishlamay qolishi natijasida bu uskunalar marshrutni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri belgilanganligini nazorat qila olmay qoladi. Bunday vaqtda poyezdlar xarakati xavfsizligi stansiya navbatchisi, elektromexanik, yo‘l masteri, poyezd dispetcheri va boshqa aloqador xodimlarning o‘z vazifalarni to‘g‘ri va aniq bajarishlariga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bunday xolatlarda poyezdlarni stansiyaga qabul qilish, jo‘natish va stansiyada bajariladigan manevr ishlari “O‘zbekiston temir yo‘llarida poyezdlar xarakati va manevr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma”talablari va stansiya dalolatnomasidagi talablar bo‘yicha amalga oshiriladi. Poyezd dispetcheri va stansiya navbatchisi bu talablarni yaxshi bilishlari lozim, aks xolda bu ishlarni bajarish jarayonida ko‘ngilsiz xolatlar yuzaga kelishi mumkin. Markazlashtirilgan dispetcherlik tizimiga ulangan uchastkalarda stansiyadagi barcha signal va strelka o‘tkazgichlari boshqaruvini poyezd dispetcheri amalga oshiradi va u yuqorida keltirilgan xarakat xavfsizligini ta’minlashga mas’uldir. Bular to‘g‘risida mazkur qo‘llanmaning 2,3-boblarida to‘liq bayon etilgan. “O‘zbekiston temir yo‘llarida poyezdlar xarakati va manevr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma” ning 2.91 punkti talablariga ko‘ra markazlashtirilgan dispetcherlik tizimining turiga qarab, qurilmalarni nazorat qilish uchun ishga qabul qilingan xodimlar shtati soni barcha markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalari uchun aloxida yo‘riqnomada keltirilgan va u temir yo‘l raxbari tomonidan tasdiqlangan. 2. Stansiyadagi SMB qurilmalarining ishlash sharoitlarining buzilish sabablari Stansiyadagi SMB qurilmalarining ishlash sharoitlarning buzilishiga quyidaglar sababbo‘lishi mumkin: Navbatchilik vaqtida ayrim qurilmalarning aniqlangan nosozligi; 2. Stansiyadagi ayrim SMB qurilmalarini tekshirish yoki ta’mirlash uchun o‘chirilishi xamda ba’zi sabablarga ko‘ra yo‘l blokirovka (avtoblokirovka yoki yarimavtoblokirovka) dan foydalanish to‘xtalilganda. SMB qurilmalaridan quyidagi xollarda foydalanish to‘xtatilishi mumkin: poyezdlarni stansiyaga qabul qilish yoki jo‘natishda, stansiya dalolatnomasida ko‘zda tutilmagan ikki yo‘lli peregonning noto‘g‘ri yo‘lidan poyezd qabul qilish yoki stansiyadan noto‘g‘ri yo‘l bo‘yicha poyezd jo‘natishda marshrutlarning tayyorligi svetoforning ruxsat etuvchi belgisi orqali nazorat qilinmasa. SMB qurilmalarining ishlash sharoiti buzulganligi aniqlanganda stansiya navbatchisining yoki boshqa xodimning qurilmani ishlatish bilan bog‘liq noto‘g‘ri xarakatlari oqibatida emasligiga ishonch xosil qilgach, stansiya navbatchisi aniqlangan nosozlikning xarakteri xaqida DU-46 jurnalida yozib qo‘yadi va darxol bu xaqida elektromexanik yoki SMB va aloqa xizmati navbatchi muxandisiga xabar beradi. Nosozlik xarakteridan kelib chiqib ba’zi xolatlarda yo‘l ustasi yoki brigadirga va energodispetcherga xabar beriladi. Qurilmaning nosozligi to‘g‘risidagi DU-46 jurnalidagi yozuv u ishlatilishi yoki ishlatilmasligidan qat’iy nazar yozilishi lozim. Kirish yoki chiqish svetoforlarining ochishning imkoniyati yo‘qligi xaqida poyezd dispetcheri xam ogoxlantirilishi lozim. SMB qurilmalarining nosozlik sabablari o‘rganilib u ta’mirlanmaguncha elektromexanik DU-46 jurnalida xech qanday belgi kiritmasligi lozim. Stansiya navbatchisiga esa stansiyadagi poyezdlar sharoiti qanday bo‘lishidan qat’iy nazar nosoz qurilmalardan foydalanish va ularni ishlatish ta’qiqlanadi. Bu talab, aniqlangan nosozlik to‘g‘risida jurnalda yozilgandan keyin, nazorat uskunalarining ko‘rsatgichlari o‘z o‘zidan o‘zgarib turgan bo‘lsayu kerakli xolatga o‘tkazishning imkoni bo‘lsa xam saqlanib qolishi mumkin. Elektromexanik nosozlikni bartaraf etilganligini DU-46 jurnalida yozmaguncha, stansiya navbatchisi nosoz uskunalarning ko‘rsatmasi bo‘yicha ish qilmasligi lozim. chunki bunday uskunalarning ko‘rsatmalari aldamchi bo‘lib, ular nazorat qilinadigan qurilmalarning ko‘rsatmalariga mos tushmasligi mumkin. DU – 46 jurnalida elektromexanik belgi qo‘ymaguncha marshrut tayyorlashning to‘g‘riligini nazorat qilish talablari qanchalik qiyin bo‘lmasin saqlanib turishi lozim. Elektromexanik kelguncha stansiya navbatchisi qurilmalardagi nosozlikning sababi yo‘l xizmati xodimi tomonidan olingan xabar bo‘yicha aniqlansa va unchalik e’tiborga ega bo‘lmagan sabab bo‘lsa (strelka o‘tkazgichida qandaydir o‘zga metall parchasi xalaqit berishi) va bu nosozlik bartaraf etilganligi to‘g‘risida xabar olsa, u qurilmani tekshirib ko‘rishi va unga ishonch xosil qilgandan so‘ng, qurilmani yangitdan ishlatishda davom etishi mumkin. Stansiya navbatchisi bundan tashqari elektromexanik kelgunicha nosozlik o‘z – o‘zidan barxam topgan bo‘lsa, ya’ni rels tizimida qisqa tutashuv oqibatida markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichidagi xolatni boshqaruv pultidan boshqarib bo‘lmaydigan bo‘lsayu, u o‘z o‘zidan tuzalib qolgan bo‘lsa, u xolda SMB qurilmalaridan yangidan foydalanishni boshlash mumkin. Shunday xolatda xam DU-46 jurnalida nosozlik xaqida yozib qo‘yish lozim. Agar imkoni bo‘lsa, stansiya navbatchisi nosozliklar bartaraf etilguncha SMB qurilmalari nazorati to‘liq bo‘lgan yo‘llar va marshrutlar bo‘yicha poyezdlarni qabul qilishi va jo‘natishi mumkin. Agar belgilangan marshrutdagi strelka o‘tkazgichi xolati boshqaruv pultidagi xolatga mos tushsa, poyezdni svetoforning ruxsat etuvchi belgisi bo‘yicha o‘tkazib yuborish mumkin. Download 58.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling