6. Lipidlarning xazm bo`lish mexanizmi


Vitamin D - kalsiferol va antiraxitik vitamin


Download 28.74 Kb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi28.74 Kb.
#1442117
1   2   3   4
Bog'liq
5.6.7.

Vitamin D - kalsiferol va antiraxitik vitamin. Uning eng muhim vakillari D2 va D3 O’simlik mahsulotlarida vitamin D ning miqdori ko’p emas. Hayvon mahsulotlaridan jigar, tovuq tuxumi, baliq, sut, sariyog'da ko’p saqlanadi. Vitamin D3 ning organizmdagi eng asosiy vazifasi kalsiy va fosfor gomeostazini saqlash, suyakuing minerallanishi va qayta tiklanishini ta'minlashdir.
Vitamin D ingichka ichakdagi o’t kislotalari ishtirokida shriladi, keyin jigarga tashiladi va u yerda NADO’ va molekulyar kislorod ishtirokida ishlovchi mitoxondriyalar sistemasi ta'sirida 25-oksixolekalsiferolga aylanadi. 25-oksixolekalsiferol buyraklarda gidroksillanadi, natijada gormonal xususiyatga ega bo’lgan 1,25- dioksixolekalsiferol hosil bo’ladi.
Bu reaksiya ‘arat gormonlar bilan boshqariladi. 1,25- dioksi­xolekalsiferol ichakda Ca tashilishini kuchaytiradi. Uning ta'sirida ichak shilliq qavati hujayralarining tegishli oqsillari kalsiy biriktirgan oqsilga aylanadi. Bu birikma ichak mikrovorsinkalarida faoliyat ko’rsatadi. Yuqoridagi oqsil va Ca ga bog'liq ATFaza Ca tashilishida qatnashadi, bu jarayori Na ga ham bog'liq. Juda ko’p a'zolarning hujayralarida, T, B-limfotsitlarda 1,25-dioksixolekalsiferol retseptorlarining to’ilishi vitaminning hujayralar, jumladan fagositlar, limfotsitlarning differentsallanishi va faoliyatidagi katta ahamiyatini ko’rsatadi. Vitamin D bilan davolab bo’lmaydigan raxit kasalligining sababi buyraklar 1,25-degidroksixolekalsiferolning adekvat miqdorini sintezlay olmasligidadir. Bu birikmani 2,5-5 mkg/sutka miqdorda qabul qilib turish ichaklarda Ca me'yorida shrilishini ta'minlaydi. Vitamin D yetishmaganida faqat suyak to’qimasi emas, balki butun organizm zarar ko’radi, qon bilan a'zolarga Ca yyetarli bormasligi natijasida ikkilamchi o’zgarishlar yuzaga keladi. Vitamin D tanqisligida ingichka ichakning shilliq qavatida distrofik o’zgarishlar yuz beradi, bu esa ichakning faoliyatini ayniqsa, shrish qobiliyatini pasaytiradi. D-gi’ovitaminozda lipidlar almashinuvi buziladi (qonda umumiy xolesterin, erkin yog' kislotalari va fosfatidiletanolaminlarning miqdori jigarda lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida ortadi). D-gi’ovitaminozda organizmdagi oqsil almashinuvida o’zgarishlar kuzatiladi. Taloqda va timusda parchalanishini ortishi bilan uning sintezi pasaygan. SHunday o’ollarda bolalar va kattalarda suyaklarning deminerallashuvi yuz beradi, uncha kuchli bo’lmagan ta'sirlar suyaklar sinishiga olib keladi. Qon zardobida Ca va ‘ miqdori ortishi hisobiga yumshoq to’qimalarda Ca yig'iladi va buyraklarda tosh hosil bo’ladi.
Vitamin D2 prooksidant xususiyatiga ega bo’lib kislotalarini, hujayra membranalarining fosfolipidlarini oksidlanishidan saqlaydi. Vitamin D yetishmasligining organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta'siri immun sistemada ham o’z aksini to’adi.

Download 28.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling