6-ma’ruza 6-mavzu : taqdimotlar muharrirlari. Multimediyaning asosiy tushunchalari. Reja
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza (1)
Faks va mul’timediya.
Faks (faksimil) matn yoki qayd ehtilgan tasvir rasmini radiokanal orqali yoki sim orqali ma’lumotlarini uzatish vositasidir. Ko’pgina hizmatlarni qo’lyozma, grafiklar, harita va tasvirlarni boshqa vositalar orqali yuborishni ilojisi bo’lmaganda faks uzatish imkonini yaratadi . Telegraf tehnologiyasi asosidagi faks konseptsiyasi XIX asrda ishlab chiqilgan bo’lsada, 1980- yillargacha telefon liniyasining raqamli ahborotiga o’tishning arzon uslubi keng tarqalmagan ehdi. 1843 yil Shotland tekhnigi Aleksandr Bayn ‘Elektr toklarini yaratish va rostlagichlarini takomillashtirish va soatlarni, ehlektr bosmalarni va telegraf signallarini mukammallashtirish’ bo’yicha britan patentini qo’lga kiritdi. Baynning faks uzatkichi mayatnikga o’rnatilgan ikki taraflama jo’zali pero orqali skanerlashga mo’ljallangan edi. Bu ihtiro namoyish ehtilmadi. 1851 yil Londondagi butunjahon yarmarkasida angliyalik fizik Frederik Blehkvell tomonidan birinchi marta faks uzatish namoyish ehtildi. Blehkvell tizimining Bayn tizmidan farqi tasvirni uzatish tsilindrlar orqali yuborilib,qabul qilinishida edi. Bu uslub 1960- yillarda amaliyotda juda keng tarqaldi. 1863 yil Lion va Parij o’rtasida italyan ihtirochi Djovanni Kaselli tomonidan birinchi marta o’zaro faks tizimi kiritildi. 1902 yil Germaniyada Artur Korn tomonidan. birinchi marta optik skanirlash va fotosuratni uzatish muvaffaqiyatli tarzda namoyish etildi. 1906 yil Kornning bu qurilmasi Myunhen va Berlin o’rtasida gazetadagi fotosuratlarni telegraf kanali orqali uzatish uchun qo’llanildi. Kelgusida faks uzatishning yonalishi telefon hizmatining o’zak taraqqiyoti mukammalligiga bog’liq bo’lib qoldi. 1920-1923 yillarda Amerika (AT&T) telefon va telegraf kompaniyasi telefonli faks tehnologiyasini ishlab chiqdi. 1924 yil fototelegraf mashinalar qiyosiy kelishuvlar tasvirini gazetalarda chop ehtish uchun ishlatildi. AT&T faks tizimi 5x7 dyumdagi fotosuratlarni (dyumga 100ta chiziq) 7 min ichida uzatish imkonini berdi.. 1948 yil g’arbiy Birlashma idora kichkina mashinkasi asosida stolfaks qurilmasini ishga tushirdi. 1960-yil bu qurilma hizmat ko’rsatishi tugatildi. 1974 yil halqaro telegraf va telefon maslahat komiteti (MKKTT) birinchi butunjahon faks standartini ishlab chiqardi va 1-Guruh faksi deb nomladi. Bunday standart Amerika mashinalarini masalan Evropa faksimil mashinalari bilan birlashtirish uchun kerak edi. 1-Guruh faks-mashinalari bir sahfa hajmidagi hujjatni tahminan 6 minutda 1 dyumga 100 ta chiziq hal qilish imkoniyatida uzatadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling