6-ma’ruza 6-mavzu : taqdimotlar muharrirlari. Multimediyaning asosiy tushunchalari. Reja


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana09.01.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1085533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
6-maruza (1)

Rastorli grafika - ustun va qatorlarni hosil qiluvchi mayda nuqtalar orqali tasvirni
taqdim etadi, uzatadi va saqlaydi. Bu garfikada ekrandagi har bir nuqta qator va
ustun bo’yicha aniq kordinataga ega bo’ladi. Keng tarqalgan rastorli formatga
quyidagilar kiradi:
Craphical Interchange Format (GIF)- grafikli almashinish formati;
Tagged Image File Format (TIFF)- belgilangan format faylli tasviri;
Windows Bitmap (BMP)- Windowsda nuqtali rasm.
Vektorli grafikada tasvir matematik formulalar yordamida hosil silinadi. Vektor
grafikasida nuqtalar aniq manzil bilan aniqlanmagan ‘qator-ustun’ bo’yicha ular bir -
biriga masofali munosabatda aniqlanadi. Ularning nuqtali komponetlari aniq qator va
ustunlar bilan chegaralanmagan. Vektorli garfika tasvirlarni bir muncha oson
ko’rsatishi mumkin va ular odatda ko’p hollarda video ekran va printerlarda jipsroq
ko’rinadi. Odatiy vektorli grafika formatiga quyidagilar kiradi:
1.Encapsulated Postscript (EPS)- oddiy vektorli grafika formati;
2. Windows Metafile Format (WMF)- Windows metafaylli format (WMF);
3. Hewlett - Packard Graphics Language (HPGL)- Hewlett - Paskard grafik til;
4. Macintosh graphics file format (PICT)- Makintosh grafik format fayli.
Tasvirlardagi harakatlanishni ko’rsatish uchun animatsiya mul'temediya ilovalarni
kiritish mumkin. Animatsiya mahsus effektlar orqali grafik va video elementlarini
yahshilashi mumkin. (Transformatsiya, tasvirlarni bir biriga bilintirmasdan ulash)
Tovush vizual element sifatida formatlashtirilgan va shunday yozilgan bo’lishi
kerakki, komp’yuter
prizentaciyada tushunadigan bo’lsin. Keng tarqalgan
komp’yuterning tovushli formatlari quyidagilardir:
1.
Waveform (WAV);
2.
Musical Instrument Digital Interface(MIDI) - Musiqali asboblarning sonli
interfeysi.
WAV - fayllar haqiqiy tovushlarni musiqali kompakt disklar va magnit tasmalari kabi
saqlaydi. WAV - fayllar hajm jihatidan katta bo’lgani uchun ihchamlashtirishni ya’ni
arhivlashni talab qilishi mumkin.
MIDI - fayllari aniq tovushlarni emas ,balki musiqa qirilmalari uchun buyruqlarni
saqlaydi. Buyruqlarni sintezator deb nomlangan qirilma qabul qiladi va tovush yoki
musiqalarni hosil qiladi.
Audioadapterda uzluksiz (analog) signalni raqamli signalga aylantirib
kodlashtiruvchi (ACP-analogo-tsifrovoy preobrazovatel') mavjud bo’lib, u analog
signalni sonli signalga aylantiradi va tovush sonli signal sifatida tashqi yurituvchiga
yoziladi. Aniq tovushli signallarning sonli tanlanishi komp’yuter hotirasida saqlanib
qoladi (masalan WAV - fayllar ko’rinishida).
Diskdan o’qilgan sonli signal analog signalga aylantiruvchi (CAP-cifro-analogoviy
preobrazovatel') orqali o’tkaziladi. Fil'trdan o’tkazilgandan so’ng uni kuchaytirib
akustik kolonkalarga tiklash uchun o’tkaziladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling