6-Ma’ruza. Antropogen inson faoliyatining madaniy agrolandshaftlarga ekologik ta’siri. Reja
Download 105,5 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson faoliyati natijasida tabiiy va sug’oriladigan agrolandshaftlarning o’zgarishi, ularni rekultivatsiya qilish masalalari.
6-Ma’ruza. Antropogen - inson faoliyatining madaniy agrolandshaftlarga ekologik ta’siri. Reja: 1. Inson faoliyati natijasida tabiiy va sug’oriladigan agrolandshaftlarning o’zgarishi, ularni rekultivatsiya qilish masalalari. 2. Antropogen jarayonlar ta’sirida ekologik munosabatlarning buzilishi. 3. Antropogen jarayonlarning atmosfera ekologiyasiga ta’siri. 4. Antropogen jarayonlarning suv xavzalari ekologiyasiga ta’siri. 5. Antropogen jarayonlarning o’simliklar va hayvonot dunyosi ekologiyasiga ta’siri. 6. Antropogen jarayonlarning atrof- muhit ekologiyasiga ta’siri. Inson faoliyati natijasida tabiiy va sug’oriladigan agrolandshaftlarning o’zgarishi, ularni rekultivatsiya qilish masalalari. Tabiiy resurslar ichida yer alohida, o’ziga xos huquqiy maqomga ega bo’lib, undan oqilona, ilmiy asoslangan tarzda, to’g’ri foydalanishni tashkil etish yerning unumdor qatlami bo’lgan tuproq muhofazasini tahminlashni taqozo etadi. Yer qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lib, undan foydalanishni to’g’ri tashkil etish aynan tuproq muhofazasini iqtisodiy huquqiy, tashkiliy jihatdan tahminlashni anglatadi. Ayniqsa yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, tuproq unumdorligini oshirishga davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotgan, o’z iqtisodiyoti rivojlanishini agroindustrial yo’nalishda tashkil etayotgan hozirgi O’zbekiston sharoitida tuproq unumdorligini muhofaza qilishning huquqiy muammolarini o’rganish, ularning yechimini topishda amaliyot materiallari asosida chuqur ilmiy-nazariy mushohadaga asoslangan takliflar ishlab chiqish, xulosalar berish zaruratini vujudga keltiradi. Bugungi kunda tuproq unumdorligini saqlab qolish va oshirish masalasi tobora o’tkir muammoga aylanib bormoqda. SHu sababli huquqiy nuqtai nazardan tuproq unumdorligini oshirishning huquqiy asoslarini yanada chuqurroq o’rganish, bugungi kundagi holatini yana bir bora ilmiy va amaliy tomonlarini tahlil etish va eng asosiysi ularni yanada takomillashtirish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Respublika bo’yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo’jaliklari va fuqarolarning foydalanishdagi jami yerlar 44410,3 ming gektarni tashkil etib, shundan sug’oriladigan yerlar esa 4313,1 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,7 foizini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi yer fondi yerlaridan foydalanish maqsadi va tartibiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega, ular 8 toifaga bo’linadi. Jumladan, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar 20487,7 ming.ga (umumiy foydalanishdagi yer fondiga nisbatan 46,1%), o’rmon fondi yerlari 9629,6 ming.ga (21,6%), suv fondi yerlari 829,4 ming.gani (1,8%) tashkil etadi. Hozirgi vaqtda yurtimizda jami sug’oriladigan yerlarning qariyb 49 foizi turli darajada sho’rlangan bo’lib, buning qariyb 18 foizi kuchli va o’rta darajada sho’rlangan yerlardir, 23 foizdan ortig’i esa boniteti past yerlar toifasiga kiradi. Meliorativ holati qoniqarsiz yerlarning katta qismi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Farg’ona viloyatlariga to’g’ri keladi. Tuproqni muhofaza qilish eng avvalo, tuproq degradatsiyasining oldini olish, uning biologik xilma-xilligi, fizikaviy ximiyaviy tarkibi, tuzilishi, hajmini saqlash va qayta tiklashdan iboratdir. Bu o’z navbatida, yer qonunchiligida tabiat obhekti sifatida tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirgan holda, undan tabiat resursi sifatida oqilona foydalanishni tartibga soluvchi huquq normalarini yanada takomillashtirib borish zaruratini tug’diradi. Tuproqni tanazzulga uchratish oson, lekin uni qayta tiklash juda mushkuldir. SHuning uchun ham tuproqni, uning unumdorligini muhofaza qilish muhimdir. SHu sababli bu masalani milliy qonunchiligimizda yetarli darajada tartibga solish lozim. Respublika yer fondining samaradorligini oshirish uchun undan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda muhofazalashda yerlarni taqsimlash, tabiiy landshaftlarini saqlash va yaxshilash, buzilgan yerlarni qayta tiklash, mahsuldorligi past yerlarni tuproqlash, yerlarni eroziyadan, tuzlardan, ikkilamchi sho’rlanishdan, cho’lga aylanishidan asrash, ularning mahsuldorligiga ta’sir etuvchi boshqa salbiy holatlarni oldini olish bo’yicha majmuiy va izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqish tuproqshunoslik fani oldidagi eng dolzarb masallalardan hisoblanadi. Tuproqlar unumdorligini saqlash, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishning eng ustivor vazifalar quyidagilar: 1.Tuproqlar sho’rlanishi jarayonlarining oldini olish va sho’rlangan tuproqlarni melioratsiya qilish usullarini aniq tuproq sharoitlariga moslashtirgan holda takomillashtirish; 2.Tuproq eroziyasini oldini olish va oqibatini bartaraf etish, eroziyalangan tuproqlarining unumdorligini turg’un oshirish faqatgina tuproqni himoyalovchi dehqonchilik asosida eroziyalanish jarayonlari to’xtatilganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Tuproqni eroziyadan saqlash uchun avvalo quyidagilarni bajarish lozim: a) eroziyaga uchragan yerlar maydonini aniqlash, uni namoyon bo’lishiga olib kelgan sabablarni o’rnatish, eroziyalangan maydonlarni xaritalashtirish; b) o’zida agrotexnik, o’rmon melioratsiyasi gidrotexnik va tashkiliy xo’jalik tadbirlarni qamrab olgan, tuproqni eroziyadan asrovchi mintaqaviy tizimini ishlab chiqish va qo’llash; v) harbir dalaning (texnologik uchastkaning) unumdorlik pasportini amaliyotga kiritish, unda haqiqiy holat va tavsiya etiladigan tuproq unumdorligini oshirishga imkoniyat yaratuvchi chora tadbirlarni aks ettirish; g) ekish strukturasiga, tuproqni eroziyadan muhofazalovchi qishloq xo’jalik ekinlarini kiritish, tuproqni muhofazalovchi maxsus almashlab ekishni yuritish; d) tuproqni muhofazalash va mellioratsiyalash uchun eroziyaga qarshi hamda mellioratsiyalash mashina va qurulmalarining tizimini belgilash. 3.Tuproq himoya qilinadigan dehqonchilik tizimini yuritish, tuproqqa ishlov berish va sug’orish tartibotlari bo’yicha mavjud tavsiya va tadbirlarni tuproq sharoitlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirish; 4.Tuproqlarni organik moddalar bilan boyitish va ularning kimyoviy, fizikaviy, agrokimyoviy, ekologik va meliorativ holatlarini yaxshilashning yangi samarador usullarini ishlab chiqish; 5.Tuproq kartalarini va agrokimyoviy kartogrammalarni tuzish. Tuproq va boshqa tematik karta va kartogrammalarni tuzishda zamonoviy GIS texnologiyalardan va aerokosmik suratlar va ma’lumotlardan samarali foydalanish; 6.Tuproqlarning o’simliklar oziqa elementlari bilan tahminlanganligini hisobga olgan holda, maxalliy mineral xom ashyo resurslaridan keng foydalanish, organik va mineral o’g’itlar qo’llash texnologiyalarini ishlab chiqish va o’g’itlash tizimlarini takomillashtirish; 7.Respublika sug’oriladigan dexqonchiligida tuproqlar xossa va xususiyatlarini yaxshilash, ekiladigan g’o’za, donli va boshqa ekinlar hosildorligini oshirish uchun ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, noanhanaviy o’g’itlar-agrorudalarni (bentonit, glaukonit, vermikulit, daryo yotqiziqlari, ko’mir konlari qoldiqlari), nisbatan arzon organo-mineral o’g’itlar va ular asosida tayyorlangan kompostlarni, tarkibida oziqa elementi bilgan xomashyo va chiqindilardan fosforit, fosfogips kabilarni qo’llash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Bu tadbirlarni amalga oshirish tuproq degradatsiyasining oldini olish, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish hamda muhofazalashga imkon yaratadi. Mamlakatimizning milliy manfaatlari uchun eng muhim bo’lgan vazifalarni hal etishga qaratilgan yirik ilmiy dasturlar asosida kompleks innovatsiya loyihalarini amalga oshirish talab etiladi. Bu intellektual kuchlar va moddiy-texnika resurslarini birlashtirish va jamlash borasida keng imkoniyatlar yaratadi. Mavzu bir xilligi va maydalanashuviga barham beriladi. Fanlararo va idoralararo to’siqlarning bartaraf etilishi tahminlanadi. Ilg’or g’oyalarni ko’tarib chiqayotgan, dunyoviy ilmiy yutuqlar darajasida faoliyat ko’rsatayotgan, istiqbolli ilmiy natijalarni mamlakat manfaatlari uchun qo’llay oladigan iqtidorli olimlarni amalda to’g’ridan-to’g’ri qo’llab- quvvatlash va rag’batlantirish uchun yo’l ochiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevralgp PF-3029-son Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takommilashtirish to’g’risida‖gi farmoni bilan Respublika fani grant tanlovlari tizimiga o’tdi. Bu jarayon Respublika Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi PQ-436- son qarori qabul qilingandan so’ng yanada faollashdi. Mazkur qaror vazirliklarga, shu jumladan Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga soha faniga doir yo’nalishlar bo’yicha loyihalar tanlovlarini o’tkazish imkonini yaratdi. Innovatsiya ishlanmalarining soni, ko’lami va xajmi yildan yilga ortib bordi. Masalan, 2003-2004 yillarda innovatsiya loyihalari soni 8 ta (6 ta tashkilot) bo’lgan bo’lsa, xozirgi kunga kelib 50 taga (20 ta tashkilot) yetdi. Quvonarlisi, ushbu loyihalarda yosh olimlar va magistrlarning ishtiroki yil sayin ortib, 20 % ni tashkil etadi. Download 105,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling