Quyi chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktab


Download 313 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2023
Hajmi313 Kb.
#1145686
  1   2   3   4
Bog'liq
to\'garak biologiya




IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
QUYI CHIRCHIQ TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB
BIOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI
USMANOVA ZARINA ABDUSOLIYEVNANING
2022_-2023- o`quv yili uchun
“IBN SINO AVLODLARI’’
to`garagi
H UJJATLARI




Ta`lim muassasalarida to`garaklar faoliyatini tashkil etish to`g`risida NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1.Ta`lim muassasalarida umumta`lim va maxsus fanlar, hamda badiiy havaskorlik to`garaklari, sport seksiyalari va to`garaklari (keyingi o`rinlarda “to`garaklar” deb yuritiladi) O`zbekiston Respublikasi Kostitututsiyasi,Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prizidenti Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror-lari, Ta`lim vazirligi qaror va buyruqlari hamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi va faoliyat yuritadi.
To`garaklar uzluksiz ta`lim tizimining tarkibiy qismi bo`lib, o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga , ularning umumta`lim fanlariga , kasb-hunarga , ommaviy sport va jismoniy sog`lomlashtirish tadbirlariga , badiiy havaskorlik, estetik talablarini qondirishga qaratilgandir.
3. To`garaklar qiziqishlari bir xil bo`lgan bir guruh o`quvchilarning ma`lum bir fan yoki kasb bo`yicha, o`qituvchi va kasbiy ta`lim ustalari yordamida bilim va mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi.
4.Ta`lim muassasalarida to`garaklarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, o`quvchilarning darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, ularning o`tkazish ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli , olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amalda qo`llash ko`nikmalarini hosil qilish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda tanlagan kasbiy yo`nalishlari bo`yicha mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirishdan iboratdir.
5.To`garaklar turini tanlash va qatnashish o`quvchilar uchun ixtiyoriy bo`lib, uning to`garaklarga ishtirok etishi xaqidagi og`zaki bildirishi yetarlidir.
6.To`garaklar mazmunan o`quvchilarning qiziqish vaimkoniyatlarini xisobga olgan xolda tashkil etiladi, ularga majburiy topshiriqlar berilmaydi.
7.To`garaklar o`quv yili davomida faoliyat ko`rsatadi.
8.To`garak mashg`ulotlarinng jadvali o`quvchilarning jamoat ishlarida ishtirok etishi va dam olishlarini hisobga olgan holda, ularning yoshi, fiziologiyasining o`ziga xosligi, sanitariya-gigiyena normalari hisobga olinib, pedagogik xodimlarning taqdimnomasi asosida tuziladi.
9.O`quvchilarni to`garak ishlariga keng jalb qilish va qiziqtirish maqsadida ta`lim muassasasi ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to`garaklarga qatnashuvchi o`quvchilar o`rtasida tanlovlar tashkil qilinadi.
10.To`garaklar mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda buyurtmachi korxona, tashkilot va muassasalar hamda o`quvchilar ota-onalar hisobidan ta`lim olayotgan yo`nalishlariga turdosh yo`nalishlaridan chuqur bilim va ko`nikma berish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin.

Download 313 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling