Quyi chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktab


II.To`garak a`zolarinnig huquq va burchlari


Download 313 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi313 Kb.
#1145686
1   2   3   4
Bog'liq
to\'garak biologiya

II.To`garak a`zolarinnig huquq va burchlari
11.To`garak a`zolari quyidagi huquqlarga ega:
a) qiziqishlari asosida faoliyat ko`rsatayotgan to`garaklar turini tanlash va ishtirok etish;
b) ta`lim muassasasi o`quv-texnologik jihozlari, axborot-resurs markazi jamg`armasi va jihozlaridan foydalanish;
v) to`garak faoliyatini yaxshilash bo`yicha o`z takliflarini ta`lim muassasasi rahbariyatiga og`zaki yoki yozma bildirish.
12.To`garak a`zolarinng burchlari:
a) tuzilgan jadval asosida to`garak ishida qatnashish, to`garak mashg`ulotlarini sababsiz qoldirmaslik;
b) ta`lim muassasasi o`quvchilari orasida to`garak , uning mohiyati va afzalliklari to`g`risida tushuntirish ishlarini olib borish;
v) kasbiy va nazariy bilimlarini muntazam oshirib borish;
g) konkurs va tanlovlarda ishtirok etish;
d) to`garak mashg`ulotlari uchun zarur bo`lgan barcha darslik, o`quv qo`llanma va daftarlarni olib kelish;
e) texnika xavfsizligi va sanitariya gigiena me`yorlariga rioya qilish.
III.To`garak ishini tashkil etish va rahbarlik qilish

13.Ta`lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to`garaklar tashkil etiladi.


14.Ta`lim muassasalarida tashkil qilingan to`garaklar ishini nazorat qilish ta`lim muassasasi direktorining ma`naviy – ma`rifiy ishlari bo`yicha o`rinbosari zimmasiga yuklatiladi.
15.Ta`lim muassasasida faoliyat ko`rsatayotgan pedagog yoki ishlab chiqarish ta`limi ustasi ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida fan to`garagini tashkil etadi.
16. Har bir to`garakdagi o`quvchilar soni 5 nafardan kam bo`lmasligi kerak.
17.To`garak yonalishini o`ziga xosligiga ko`ra (cholg`u ansambli , xor, raqs, sport turlari va boshqalar) chuqurlashtirilgan mualliflik dasturlari mavjud bo`lganda , alohida iste`dodga ega bo`lgan o`quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borilishi mumkin.
18.To`garak rahbarlari ta`lim muassasasining asosiy shtatidagi o`qituvchilar tarkibidan ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida ta`lim muassasasi direktori buyrug` bilan tayinlanadi.
19.To`garak rahbari to`garak ishiga javobgar shaxs hisoblanadi va o`z faoliyati yuzasidan ilmiy-pedagogik kengashga hisobot berib boradi.
20.To`garak rahbari zimmasiga :
a)o`z bilimi , ma`naviy-axloqiy fazilatlari va kiyinish odobi bilan o`quvchilarga o`rnak bo`lishi;
b) to`garak obro`si, ta`lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo`lida faollik ko`rsatish;
v) o`quvchilarni O`zbekiston Respublikasi qonunlari, ota-onalar hamdama`naviy , tarixiy, milliy, va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
g) iqtidorli o`quvchlarni izlab topish va ularni to`garaklarga jalb qilish ;
d) fanlardan o`zlashtirish darajasi nisbatan past bo`lgan o`quvchilarni mazmunan shu fanlarga mos bo`lgan to`garaklarga jalb qilish;
e) to`garak o`tkaziladigan o`quv xonasini to`garak yo`nalishiga mos ravishda to`garaklarga jalb qilish;
j) to`garak a`zolari orasidan qobiliyatli o`quvchilarni taqdirlash va rag`batlantirish to`g`risida ilmiy-pedagogik kengashga taklif kiritish;
i) bajarilgan ishlar bo`yicha yarim yillik va bir yillik hisobotlarini tayyorlash;
l) to`garak ishini havsizlik texnikasi qoidalari va sanitari-gigiyna meyorlari asosida tashkil qilish vazifalari yuklatiladi.
21.To`garak raxbarlarida quyidagi meyoriy-xuquqiy xujjatlar bo`lishi lozim:
a)Ta`limi muassasalarida to`garaklarni tashkil qilish nizomi;
b)Ta`limi muassasalarida to`garaklarni tashkil etish tartibi;
v)to`garak dasturini tuzish bo`yicha uslubiy tavsiyalar;
g)ilmiy-pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan to`garakning yillik ish rejasi;
d)o`quvchilar davomatini qayd qilish jurnali;
e)to`garak ish jadvali;
j)to`garakka qatnashuvchi o`quvchilarning ro`yxati.



Download 313 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling