Jinsni aniqlashning epigam xilida jins shakllanishi tashqi muhit omillariga bog‘liq bo‘ladi. 0 ‘rta Yer dengizi va Atlantika okeanida tarqalgan chuvalchang Bonella viridisni urug‘langan tuxum hujayrasidan endigina rivojlangan lichinka mustaqil, ya'ni toshlarga yopishib hayot kechirsa urg‘ochi jinsni, aksincha u urg‘ochi organizmning ayrisimon xartumchasiga yopishib, so‘ngra shu orqali uning jinsiy organida parazitlik qilib yashasa егкак jinsli organizm rivojlanadi. - Jinsni aniqlashning epigam xilida jins shakllanishi tashqi muhit omillariga bog‘liq bo‘ladi. 0 ‘rta Yer dengizi va Atlantika okeanida tarqalgan chuvalchang Bonella viridisni urug‘langan tuxum hujayrasidan endigina rivojlangan lichinka mustaqil, ya'ni toshlarga yopishib hayot kechirsa urg‘ochi jinsni, aksincha u urg‘ochi organizmning ayrisimon xartumchasiga yopishib, so‘ngra shu orqali uning jinsiy organida parazitlik qilib yashasa егкак jinsli organizm rivojlanadi.
Jinsni aniqlashning singam xilida jins urug`lanish davrida ma`lum bo`ladi. Bunda jinsni asosan jinsiy xromosomalar belgilaydi. Jinsni aniqlashning singam xilida jins urug`lanish davrida ma`lum bo`ladi. Bunda jinsni asosan jinsiy xromosomalar belgilaydi. Jinsni belgilashda xromosomalar va genlarning roli Mendel o‘z tajribalarida jins organizmdagi boshqa belgilar singari irsiylanadi degan fikrni ilgari surgan. Ma`lumki, monoduragaylarda tahliliy chatishtirish olib borilsa kelgusi avlodda 1:1 nisbat ya’ni, Aa x aa —> Aa:aa kuzatiladi. Ayrim jinsli hayvon va o‘simlik turlarida erkak va urg‘ochi individlarning miqdoriy nisbati deyarli o‘zaro teng. Buni quyida keltirilgan ma`lumotlardan bilish mumkin. Turli hayvon va o‘simlik turlarida егкак jinsiga mansub organizmlar miqdori: Shunga asoslanib chatishtirishda qatnashgan ota-onaning biri gomozigota, ikkinchisi geterozigota bo‘lishi кеrак degan xulosaga kelish mumkin. Mazkur xulosani to‘g‘ri ekanligi birinchi marotaba 1906-yili L.Donkaster krijovnik kapalagida, 1907-yili esa K Korrens qovoqdoshlar oilasiga kiruvchi ikki uyli, bir jinsli o‘simliklar tarvuzpalak hamda Abu Jahil tarvuzlarini o‘zaro chatishtirish natijasida olingan duragay o‘simliklarda kuzatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |