6-ma’ruza mashg`uloti
Download 1.15 Mb.
|
3-семинар. taqdimot
no- prefiksli so‘z yasovchi model Fors-tojik tilidan ancha barvaqt o‘zbek adabiy tiliga kirib kelgan no- old qo‘shimchali mazkur kammahsul model ishtirokida inkor ma’nosini bildiruvchi sifat-terminlar yasaladi: nomahfiy, noqonuniy, nodavlat, notijorat, noaniq (lingv. aniq), nochiziqli, norasmiy, nostandart va h.k. ser- prefiksli so‘z yasovchi model Forscha – tojikcha -ser prefiksli bu mahsuldor model ot so‘z turkumli so‘zlardan asosda voqelangan mo‘l -ko‘llik ma’nosini ifodalovchi sifat-terminlarni yuzaga chiqaradi: sersuv, sergo‘sht, seryomg‘ir, serildiz, serkepak, sersut, sertola, serchiqit, serunum va h.k. Ser – prefiksli modelning nafaqat sof o‘zbekcha (turkcha) shuningdek, forscha-tojikcha, arabcha va ruscha-baynalmilal leksik birliklardan ham sifat-terminlar yasashini alohida ta’kidlash kerak bo‘ladi - serdaromad, sermahsul va h.k. Hozirgi paytda ham tayyor terminlarni o‘zlashtirish jarayoni o‘z faolligini saqlab qolmoqda. Ayni chog‘da, o‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va h.k. Sohalari terminologiyasi tizimida o‘zbek tili qonunlariga bo‘ysungan holda muayyan qismi o‘zbek tilining so‘z yasovchi elementlari bilan almashtirilgan ulkan miqdordagi ruscha baynalmilal terminlar qo‘llanmoqda. So‘z yasovchi suffiksi o‘zbek tili affiksi bilan almashtirilgan o‘zlashma – terminlar. Rus tili terminologiyasi tarkibining salmoqli ulushini so‘z yasovchi suffikslar bilan yasalgan, motivlangan terminlar tashkil qiladi. So‘z o‘zlashtirish jarayonida kam miqdordagi terminlar so‘z yasovchi suffikslari bilan birga o‘zlashtiriladi (metallist, motorist, nigilist, sotsialist, kommunist va h.k.). Biroq aksariyat hollarda terminlar yasashda qatnashgan suffikslar o‘zbek tilining aynan bir xil, o‘xshash affikslari bilan almashtiriladi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling