6-ma’ruza mashg`uloti


Download 1.15 Mb.
bet14/16
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#231244
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3-семинар. taqdimot

Ayni chog‘da ba’zi prefiksoid-xalqaro terminelementlar ishtirokida yuzaga chiqqan terminlar donor tilda qanday shaklda bo‘lsa o‘zbek tiliga aynan o‘zlashadi: videokamera, videotelefon, videokonferensiya, videoseminar, avtoradio, avtopilot, kibertexnologiya, neyrolingvistika, mikrobiologiya, mikrosemantika va h.k. Aksariyat monosemantik xarakterdagi avto-, anti-, gemato-, inter-, makro-, mikro-, poli-, ultra-, mono-, singari propozitiv, ya’ni prefiksal, -bus, -drom, -log-, -navt, -trop; -fob, -for, -skop kabi postpozitiv, ya’ni postfiksal yoki -gen, -gon, -gramma singari ham prepozitiv, ham postpozitiv terminelementlar o‘zbek tilida tarjimasiz, aynan qo‘llanadi: avtopoyga, antiteza, gemotologiya , interferensiya, polisemiya, bilingvizm, makromatn, mikrobiologiya, aerobus, seysmolog, turkolog, astronavt, kosmonavt, monogramma, grammafon va h.k. Arxi-, giper-, inter-, infra-, super-, ultra-, ekstra- kabi prepozitiv terminelementlar sifat belgisining me’yordan oshiqligi yoxud o‘zakdan anglashilgan ism ma’nosining oliy darajasini ifodalaydi: arxisema, gipertovush, interfeys, intervent, interlingvistika, infraqizil, ultrabinafsha, ekstraktiv, superkubok va h.k.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling