6-ma’ruza mashg`uloti


Download 1.15 Mb.
bet15/16
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#231244
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3-семинар. taqdimot

Xalqaro terminelementlar aniq ma’noni ifodalashga xoslangani bilan xarakterlanadi. Chunonchi, -log elementli terminlar biron fan sohasi mutaxassisini anglatishga xizmat qiladi: fonolog, nevrolog, terminolog, leksikolog, seysmolog, antropolog, formokolog, travmatolog, tekstolog, dialektolog va h.k. – Log elementli ayrim o‘zlashmalar –shunos affiksli matnshunos, shevashunos, terminshunos singari terminlar bilan sinonimik uyani shakllantirishda qatnashadi. Antroponim, gidronim, kosmonim, oronim, toponim singari terminlarning –onim postfiksal terminelementi zaminida shakllangani va muayyan munosabatlarni ifodalashga yo‘naltirilganiga shubha yo‘q.


Xalqaro prepozitiv terminelementlarni maxsus tadqiq etgan A.Madvaliyev ularni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkinligini ta’kidlaydi: 1) donor tillar, ya’ni lotin va yunon tillarida mustaqil ma’noli so‘zlar sanalgan va terminologik sistemalarda ma’nosi tushunarli bo‘lgan terminelementlar: avto-, agro-, antropo-, astro-, biblio-, bio-, gastro-, geo-, zoo-, ixtio-, karbo-, kardio-, kosmo-, kripto-, lito-, makro-, mezo-, mikro-, nevro-, neo-, nitro-, poli-, radio-, sulfa-, tele-, tio-, elektro-, eritro- va h.k.; 2) lotin va yunon tillarida sanoq va tartib sonlarni anglatuvchi terminelementlar: bi-, geksa-, gepta-, detsi-, di-, milli-, penta-, proto- va h.k.; 3) lotin va yunon tillariga xos yuklama hamda pristavka (old qo‘shimcha yoxud old ko‘makchi) xarakteridagi terminelementlar: a-, an-, ana-, de-, dis-, in-, inter-, kontr-, meta-, para-, per-, pre-, pro-, re-, sin-, sim-, sub-, trans-, ultra-, eks-, en-, epi- va h.k.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling