6-ma’ruza. Мavzu: Mezga tayyorlash va moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish
Mezga tayyorlashdagi kechadigan jarayonlarning fizik-kimyoviy mohiyati
Download 279.97 Kb.
|
6-мавзу (1)
Mezga tayyorlashdagi kechadigan jarayonlarning fizik-kimyoviy mohiyati.
Suv ta’siri. Mezga tayyorlashda suv ta’siri asosiy faktor hisoblanib, keyingi moy ajratish jarayonlarining kechishi aynan shu faktor ta’siridan kelib chiqadi. Myatkani namlash jarayonida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: - myatka tarkibidagi gidrofil zarrachalar tomonidan suv yutiladi, natijada myatkani gel qismi bo‘kib, qovushqoqligi ortadi; - myatka tarkibidagi moyni bog‘lab turgan bog‘larni kuchsizlanishi; - zarrachalarni bir-biri bilan agregatsiyalanishi. Myatka tomonidan suvni yutilishi va hajmini ortishi (bo‘kishi) asosiy jarayon hisoblanadi. Suv qutbliligi yuqori suyuqlik sifatida myatka tarkibidagi gidrofil zarrachalar yuzasini namlaydi, natijada bu yuzadagi moyni siqib chiqaradi. Suv molekulalari gidrofil gellarni mitsellarini qutbli guruhlari atrofida gidrat qobiqlar hosil qilib, gel zarrachalarining hajmi ortadi, ya’ni ular shishadi (bo‘kadi). Bundan tashqari suv zarrachalar qatlamiga singib, hajmiy shishish hodisasini keltirib chiqaradi. Qo‘shimcha suv gelli qismlar tomonidan yutiladi. Bo‘limlarni shishishi (bo‘kishi) natijasida erkin bo‘shliqlar kamayib, ular tarkibidagi moy sizib chiqadi. Myatkani, masalan kungaboqar myatkasini maksimal bo‘kish darajasida 35 % gacha suv yutiladi, myatkani boshlang‘ich namligi esa – 3...12 % ni tashkil etadi. Myatka zarrachalari tomonidan suv yutilish tezligi namlash jarayonini parametrlariga: suv berish usuli va bundagi aralashtirish tezligi, myatka tarkibidagi moy miqdoriga (moy miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, suv shuncha sekin yutiladi) bog‘liq bo‘ladi. Myatkani shishish (bo‘kish) jarayonida uning fizik xossalari o‘zgaradi: harorat ta’sirida oquvchanligi va qovushqoqligi ortadi, plastik deformatsiyalanishlar ulushi ortadi va myatkaga mexanik ta’sir etishda taranglik deformatsiyalanishlar kamayadi. Moy va suv zarrachasi yuzasi doimiy raqobati natijasida moy suv tomonidan siqib chiqariladi. Moy tomchilari siqib chiqarilishi davomida o‘lchamlari yiriklashib, ularning zarrachalarni gidrofil gel yuzasi bilan bog‘lanishlari kamayadi. Myatka zarrachalarini agregatsiyasi yonma-yon zarrachalarni molekulalararo ta’siri natijasida amalga oshadi, bunda gidrat po‘stloqlar ham, moyli zarrachalar ham bir xilda ta’sirlanadi. Bunda myatkani solishtirma yuza maydoni kamayadi, bu esa myatkadagi bog‘lanish kuchlarini kamayishiga olib keladi. Masalan myatkani namligi 3,5 % dan 10,9 % gacha oshirilganda, kungaboqar myatkasini solishtirma yuza maydoni 6,25 m2/g dan 1,5 m2/g gacha kamayadi. Download 279.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling