6-ma’ruza. Мavzu: Mezga tayyorlash va moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish


Download 279.97 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi279.97 Kb.
#1150743
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-мавзу (1)


6-MA’RUZA.
Мavzu: Mezga tayyorlash va moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish.
Reja:
1. Mezga tayyorlash.
2. Mezga tayyorlash texnika va texnologiyasi.
3. Moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish.
4. Shnekli presslarni tuzilishini umumiy sxemasi va ish prinsipi.
5. Presslash texnikasi va texnologiyasi.
Tayanch soz va iboralar: mezga tayyorlash, texnika va texnologiya, presslash, shnekli presslash, myatka, moy ajralishi, detoksikatsiya, mexanik yoki ekstraksiyalash usuli.
1. Mezga tayyorlash.
Urug‘lar yoki mag‘izlarni (yadrolarni) maydalash jarayonidan so‘ng, hattoki hujayralardan chiqarilgan moy ham yuza maydonini kattaligi tufayli myatkada molekulalararo tortishish kuchlari ta’sirida mustahkam birikkan holda bo‘lib, bu kuchlar qiymati moyni siqib olish uchun qo‘llaniladigan zamonaviy presslar hosil qiladigan bosim qiymatidan ancha yuqori bo‘ladi.
Moyni myatka zarrachalari yuzasi bilan bog‘lovchi kuchlarni kamaytirish va moy ajralish jarayonini osonlashtirish maqsadida myatkaga “qovurish” deb nomlanuvchi namlik-issiqlik ishlovi beriladi.
Myatkani “qovurish” natijasida quyidagilarga erishiladi:
a) moy ajralishi uchun maqbul sharoitlar yaratiladi;
b) kunjara briketini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan mezgani optimal qovushqoqligi ta’minlanadi;
v) yetarli darajada mustahkam, sochilmaydigan rakushka shakllantirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul taranglik xossalari ta’minlanadi;
g) moyni yaxshi oquvchanligini ta’minlash uchun moy qovushqoqligi kamaytiriladi;
d) myatkani ferment sistemasi inaktivatsiyalanadi.
Jarayonni amalga oshirishda moy, kunjara va shrotni tabiiy qiymatini saqlab qolishga e’tibor qaratish kerak. Namlik-issiqlik ishlovi berish (qovurish) jarayoni parametrlari oqsillarni minimal darajada denaturatsiyasini, fermentlar inaktivatsiyasini, kunjara va shrotni (chigit, soya, kanakunjut uchun) detoksikatsiyasini ta’minlab berishi kerak.
Sanoatda qovurish jarayonini ikki xil usuli qo‘llaniladi:
1-usul – “nam” qovurish usuli, ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda myatka namlanadi va qizdiriladi, so‘ngra parlanadi (namlik va harorat ko‘rsatkichlarini optimal qiymatga keltirish uchun). Ikkinchi bosqichda namlangan myatkani optimal strukturasini ta’minlash, uning namligi va haroratini presslash jarayoni uchun optimal va tayyor mezga uchun xos bo‘lmagan qiymatlarga keltirish uchun quritiladi.
2-usul – “quruq” qovurish usuli, bu usul dastlabki qizdirish va namlash jarayonlarisiz amalga oshirilib, myatkani haroratni ma’lum qiymatlarigacha qizdirish va quritishidan iborat. Bu usuldan odatda namlab qizdirish jarayoni myatkada zararli kimyoviy va biokimyoviy o‘zgarishlarni (xantal urug‘larini qayta ishlashda) keltirib chiqarganda yoki xomashyoning boshlang‘ich namligi mezga uchun zarur bo‘lgan namlikdan sezilarli darajada ortiq bo‘lganda qo‘llaniladi.
Qovurish rejimlari uchun namlik va haroratning ma’lum qiymatlari va jarayon davomiyligi xos bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar qiymatlari moyli urug‘ turiga va mezgani tayyorlash jarayoniga (dastlabki va yakuniy presslash jarayonlariga tayyorlash), yakuniy yog‘ ajratish (mexanik yoki ekstraksiyalash usuli bilan) usuliga bog‘liq bo‘ladi.

Download 279.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling