6-ma’ruza. Мavzu: Mezga tayyorlash va moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish
Download 279.97 Kb.
|
6-мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bug‘ ta’siri.
- 2. Mezga tayyorlash texnika va texnologiyasi. Ishlab chiqarish sharoitlarida mezga tayyorlash jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. B irinchi bosqich
Harorat ta’siri. Qovurish jarayonida qo‘llaniladigan harorat (110...120 0C dan yuqori bo‘lmagan harorat) me’yorlarida qizdirish natijasida moy molekulalarining issiqlik harakati ortadi, molekulalararo bog‘lanish kuchlari kamayadi. Bu esa moy qovushqoqligini kamayishiga va oquvchanligini ortishiga va keyingi bosqichlarda moyni to‘laqonli ajralishiga olib keladi.
Bug‘ ta’siri. Bug‘ni myatkaga ko‘rsatadigan ta’siri uning namlik va issiqlik tashuvchilik xossalaridan kelib chiqadi. Bug‘ni myatka zarrachalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvida dastlab uning sovushi kuzatiladi, bug‘ning bir qismi esa kondensatlanadi. Bundan tashqari, myatka zarrachalariga xom bug‘ bilan tomchi-suyuqlik shaklida (bug‘ namlik tashuvchisi sifatida xizmat qiladi) kelgan suv cho‘kadi, keyinchalik qovurish jarayoni quruq (suvsizlantirilgan) bug‘ bilan amalga oshiriladi. O‘tkir bug‘dan foydalanish namlash jarayonini bevosita suv bilan amalga oshirishga qaraganda kondensatsiyalanayotgan suvni bir tekisda tarqalishini ta’minlaydi, lekin bug‘ tarkibida suv miqdori etarli bo‘lmasligi mumkin. Myatkani harorati bug‘ kondensatsiyalanishini to‘xtatuvchi haroratga kelgach, bug‘ myatkani qizdirishni davom ettirib, myatkani qurishi boshlanadi. Bug‘ni namlik va issiqlik tashuvchi agent sifatidagi umumiy samaradorligi berilayotgan suv oqimini bir tekisda taqsimlanishi va zarrachalarni tez qizishi tufayli bug‘ yoki issiqlikni alohida ta’siridan yuqori bo‘ladi. 2. Mezga tayyorlash texnika va texnologiyasi. Ishlab chiqarish sharoitlarida mezga tayyorlash jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. B irinchi bosqich – bunda myatka 14...16 s davomida 80...85 0C haroratgacha qisqa muddat qizdiriladi va 8...9 % namlikkacha (kungaboqar, zig‘ir myatkasi uchun) namlanadi, bu esa namlikni myatkada bir tekisda tarqalishini va moy sifatini pasaytiruvchi gidrolitik va oksidlanish fermentlarini inaktivatsiyalanishiga olib keladi. Mazkur jarayon shnekli inaktivatorlarda amalga oshiriladi (33-rasm). 33-rasm. Shnekli inaktivator. Shnekli inaktivator apparati bir juft po‘lat quvurlardan (2) iborat bo‘lib, unda ikkita shneklar (5) va (6) joylashgan. Shneklar aylanmalari qisman bir-biriga o‘tgan bo‘ladi, vallar esa bir-biriga qarab harakatlanadi. Myatka yuklash bunkerida shneklar yordamida harakatlanadi. Inaktivatorning yuqorigi qopqog‘ida (4) myatkani apparatga kiritish va suv bug‘ini ortiqcha miqdorini chiqarish uchun mo‘ljallangan patrubkalar (1) o‘rnatilgan, quvurning quyi qismida esa ishlov berilgan myatkani chiqarish uchun mo‘ljallangan patrubka (8) joylashgan. Apparat bu quvurlari (7) orqali keluvchi bug‘ yordamida isitiladi, myatkani o‘tkir bug‘ bilan qizdirish va namlash uchun ikki qator joylashgan forsunkalardan (3) foydalaniladi (10...40 dona). Download 279.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling