6-ma’ruza. Mavzu: Tuzilmali xaritalar tuzish. Rejа


Download 0.74 Mb.
bet1/6
Sana26.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1296114
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma\'ruza


6-ma’ruza. Mavzu: Tuzilmali xaritalar tuzish.
Rejа:

  1. Struktura xaritalarini tuzish

  2. Uchburchaklar usuli.

  3. Kesmalar usuli.

  4. Strukturalar xaritasini tuzishda quduqning qiyshayishini hisobga olish



Tаyanch iborаlаr: Struktura xaritasi, svita, mutlaq balandlik, bazis tekisligi, izogips kesimi, topograf, interpolyatsiya, quduq og’zi, gorizont, braxiantiklinal, kalka, quduqning altitudasi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

6.1. Struktura xaritalarini tuzish


Struktura xaritasi biron-bir qatlam, svita usti yoki tagi, intruziv jinslar, rif massivlari yuzasi va h.k. mutlaq balandliklari qiymatining maydon bo’ylab taqsimlanishini ma’lum masshtabda ifodalaydi. Struktura xaritasi topografik asosda, zarur masshtabda tuziladi. Xaritada asosan mutlaq balandliklarning bir xil nuqtalarini birlashtiradigan chiziqlar  izogipslar ko’rsatiladi.
S truktura xaritasi yer yuzasi relefini ifodalaydigan topografik xaritalardan farqlanadi. Struktura xaritasi tuzilishida turli gorizontlar aks etadi, unda gorizontal chiziqlar vositasida qandaydir biror gorizontning ustki qismi yoki tubining yer osti relefi o’z ifodasini topadi va razvedka quduqlarining aniq loyihalanishini ta’minlaydi. Neft va gaz uyumlarini tadqiq qilishni osonlashtiradi, chunonchi strukturalarning turli uchastkalarda mahsuldor qatlamlar xususiyatlarining (g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi, qalinligi, qatlam bosimining tarqalishi va sh. o’.) o’zgarib borishini o’rganishga imkoniyat beradi.

6.1-rasm. Yer ostidagi qatlam relefini struktura xaritasi yordamida tasvirlash (Jdanov, 1981)
Struktura xaritasini tuzishda (6.1-rasm) dengizning sathi bazis tekisligi deb qabul qilinadi. Bundan boshlab yer osti relefining gorizontallari (izogipslari) o’lchanadi. Izogipsning dengiz sathidan pastdagi belgisi manfiy (minus) deb belgilanadi, dengiz sathidan balanddagisi musbat (plyus) belgisi bilan ifodalanadi. Balandligi bo’yicha bir-biriga teng bo’lgan izogipslar oralig’idagi masofa izogips kesimi deb ataladi. Masalan, 6.1-rasmdagi izogips kesimi 100 mga teng. Qiya og’gan qatlamlar bo’yicha tuzilgan struktura xaritasining izogipslari kesimi odatda kam (2-5 m ga teng) qilib olinadi. Geosinklinal oblastlardagi tik og’gan qatlamlarda izogips kesimi 10-25 m va undan ortiq bo’ladi. Izogipslar qatlam yo’nalishini anglatadi. Bir xil burchak ostida og’gan qatlamlarning izogipslari orasidagi masofa bir xil bo’ladi. Qatlamlarning og’ish burchagi kamayganda izogipslar bir-biridan uzoqlashadi va aksincha, og’ish burchagi ko’paygan sari ular bir-biriga yaqinlashib boradi.
Konchilik amaliyotida struktura xaritasi asosan ikki usulda tuziladi:
1) uchburchaklar usuli, kam buzilgan yoki buzilmagan strukturalar mavjud bo’lganda samarali ishlatiladi.
2) kesmalar usuli, odatda kuchli buzilib ketgan strukturalar bo’lganda ishlatiladi, shuningdek, mazkur usul uchburchaklar usuli bilan ham birgalikda qo’llaniladi.
Struktura xaritasini tuzishda quyidagilarni bajarish lozim:
1) quduqlar kesimi o’rganilib, tog’ jinslari gorizontlari tanlanadi, bularning ustki qismi bo’yicha struktura xaritasini tuzish mo’ljallanadi; struktura xaritasini tuzish uchun tanlab olingan gorizontning maydon bo’yicha kuzatilishi va quduqlar kesimlarida yaqqol ajralib turishi shart; kesimlarni taqqoslab tanlangan gorizont normal holatda yotganligiga va uning ustki qismini yuvilib ketmaganligiga ishonch hosil qilish zarur;
2) quduqning xaritada belgilangan o’rni uning joydagi holatiga mos kelishi, shuningdek, ularning altitudalari (mutlaq balandligi) tekshiriladi; agar bu borada shubha tug’ilsa, ular topograf yordamida hal etiladi;
3) izogipslar kesimi strukturaning o’rganishni qanchalik mukammalligi va uning tuzilishini murakkabligiga bog’liq holda tanlanadi.
Shulardan so’ng struktura xaritasini tuzishga kirishiladi. Endi struktura xaritasini tuzish usullari ta’rifiga to’xtab o’tamiz.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling