6 Ma`ruza: Nafas-olish tizimi
Download 101.6 Kb.
|
Maruza-6. Nafas olish tizimi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish jarayoni.
6 - Ma`ruza: Nafas-olish tizimi. Reja:
1. Nafas olish jarayoni 2. Nafas olish organlarini tuzilishi va vazifasi 3. Nafas olish mexanizmi. Plevra 4. O`pkada gazlar almashinuvi 5. O`pkaning tiriklik sig`imi Dars turi: ma`ruza Zinama-zina usuli
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deyiladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchuy eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi. Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1. O`pka alveolalari va tashqi muhit o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi tashqi nafas olish. 2. O`pka alveolalari va o`pkaning kapillyar qon tomirlari o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to`qimalar o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish). Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kislorod ishtirokida hujayra va to`qimalarda oqsil, yog` va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to`qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo`zg`alish, harakatlanish, ko`payish) ana shu energiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar natijasida hosil bo`lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to`qimalardan qonga o`tib, o`pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Download 101.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling