6 Ma`ruza: Nafas-olish tizimi


O`pkalar va to`qimalarda gazlar almashinuvi


Download 101.6 Kb.
bet5/5
Sana30.10.2021
Hajmi101.6 Kb.
#169548
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza-6. Nafas olish tizimi.

O`pkalar va to`qimalarda gazlar almashinuvi.

Atmosfera havosi tarkibida 20,94% kislorod, 0,03%, karbonat angidrid, 79,3`hh azot bo`ladi. Boshqa gazlar juda oz miqdorda bo`ladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3hh kislorod, 4% karbonat angidrid, 79,7hh azot bo`ladi. O`pka alveolalari ichidagi havo tarkibida 14,2 - 14,6 9h kislorod, 5,5 - 5,7% karbonat angidrid va 80% azot bo`ladi.

Nafas bilan chiqariladigan va o`pka alvealalari ichidagi havoning tarkibi bir-biridan farq qilishiga sabab shuki, o`pka alveolalaridvn nafas bilan chiqariladigan havo nafas yo`llaridagi (bronxlar va traxeyalardagi) havo bilan aralashadi. Nafas yo`llaridagi havoning tarkibi atmosfera havosiniig tarkibiga yaqin bo`ladi, chunki u nafas organi bilan qon o`rtasidagi gazlar almashinuvida ishtirok etmaydi.

O`pkalarda gazlar almashinuvn. Nafas organlarining tuzilishi mavzusida aytilganidek, odamniig ikkala o`pkasida juda ko`p mayda pufakchalar, ya`ni alveolalar bo`lib, ularning soni o`rtacha 750 millionga yaqin, umumiy satori 100 m dan oshadi. Alveolalarning bunday katta satori o`pkada gazlar almashinuvi tez o`tishini taminlaydi.



Alveolalarning devori juda yupqa (0,004 mm) bo`ladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari to`rsimon shaklda o`rab turadi.Nafas olgan vaqtda atmosfera havosi nafas yo`llari orqali alveolalar bo`shlig`iga kiradi. Alveolalar va ular atrofini o`rab turgan mayda qon tomirlari devori o`rtasida diffuziya yo`li bilan gazlar almashinadi. Alveola bo`shlig`idagi havo tarkibidagi kislorod qonga o`tadi, qondagi karbonat angidrid gazi esa alveolalarga o`tadi. Buning sababi shundaki, alveolalardagi havo tarkibida kislorodning bosimi yuqori, qon tarkibida esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo`lishidir. Tinch holatda odam bir minutda atmosfera havosidan 250-300 ml kislorod qabul qiladi.

To`qimalarda gazlar almashinuvi. O`pka alveolalaridan diffuziya yo`li bilan qonga o`tgan kislorod qizil qon tanachalari - eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha to`qimalariga boradi. Qon bilan to`qimalar (hujayralar) o`rtasida gazlar almashinuvi ham xuddi o`pka alveolalari bilan qon tomirlari o`rtasidagi gazlar almashinuviga o`xshab, diffuziya yo`li bilan boradi. Qonda kislorodning bosimi yuqori bo`lganligi uchun u to`qimaga o`tadi, to`qimada esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo`lib, u qonga o`tadi. shunday qilib, to`qimaga kelgan arterial qon kislorodni to`qimaga o`tkazadi va to`qimadan karbonat angidrid gazini qabul qilib, venoz qonga aylanadi. Bu venoz qon yuqori va pastki kovak venalar orqali yurakning o`ng bo`lmasiga quyilib, undan o`ng qorinchaga o`tadi. So`ngra o`pka arteriyasi nomi bilan o`pka alveolalariga boradi va o`zidagi karbonat angidridni beradi. O`pkadan kislorod qabul qilib, arterial qonga aylanadi. Bu qon o`pka venalari nomi bilan yurakning chap bo`lmasiga, undan chap qorinchaga quyiladi. So`ngra aortaga o`tadi va arteriya tomirlari hamda mayda kapillyarlarga bo`linib, tananing barcha to`qima va hujayralarini kislorod bilan ta`minlaydi.
Download 101.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling