6 Ma`ruza: Nafas-olish tizimi


Nafas olish mexanizmi. Plevra


Download 101.6 Kb.
bet3/5
Sana30.10.2021
Hajmi101.6 Kb.
#169548
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza-6. Nafas olish tizimi.

Nafas olish mexanizmi. Plevra

Nafas harakatlari nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati qovurg`alarning ko`tarilishi va diafragmaning pastga tushishi orqali ta`minlanadi. Qovurg`alarning ko`tarilishi bo`yin va tashqi qovurg`alararo muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari qisqarishi natijasida sodir bo`ladi. Bu harakatlar natijasida ko`krak qafasining hajmi kattalashadi, o`pkalar kengayadi va tashqi muhitdan o`pkalarga havo so`rib olinadi.

Qovurg`alararo muskullarning aktiv ishtirok etishi bilan nafas olishga ko`krak bilan nafas olish deyiladi. Diafragmaning ko`proq harakatlanishi orqali nafas olishga qorin bilan nafas olish deyiladi. Erkaklarda asosan qorin bilan nafas olish, ayollarda esa asosan ko`krak bilan nafas olish harakatlari rivojlangan. Nafas olish harakatlarining ko`krak yoki qorin orqali bajarilishi odamning holatiga, bajarayotgan ishiga ham bog`liq. Masalan, odam og`ir yuk ko`targan vaqtda ko`krak qafasi va umurtqa pog`onasi yuk uchun tayanch vazifasini o`taganligi sababni ko`krak qafasining harakati qiyinlashadi. Shuning uchun nafas olish harakatida asosan diafragma ishtirok etadi.Homilador ayollarda esa diafragmaning pastga tushish harakati qiyinlashadi.Shu sababli nafas olish harakatlari qovurg`alararo muskullarning qisqarishi orqali ta`minlanadi.

Nafas chiqarish harakati ichki qovurg`alararo va qorin muskullarining qisqarishi orqali ta`minlanadi. Ichki qovurg`alararo muskullar qisqarganda qovurg`alar pastga tushadi, qorin muskullari qisqarganda diafragma yuqoriga ko`tariladi. Natijada ko`krak qafasining hajmi kichrayib, o`pkalarning torayishiga va ulardagi havoning tashqi muhitga siqib chiqarilishiga sabab bo`ladi.



Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarida, ya`ni nafas olganda o`pkalar hajmining kengayib-torayishida ko`krak qafasi va plevra bo`shlig`idagi bosimning manfiy bo`lishi (atmosfera bosimiga nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past bulishi) muhim rol o`ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish harakati vaqtida tashqi muhitdan o`pkaga havo surilishini ta`minlaydi. Bundan tashqari, ko`krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi qonning ko`krak qafasidaga pastki va yuqorigi kovak venalariga so`rib olinishiga va yurakning o`ng bo`lmasiga quyilishiga qulaylik yaratadi.




Download 101.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling