6-ma’ruza: O’lchamlar, og’ishlar va joizlik. Joizlik maydoni Reja


Download 31.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana21.11.2023
Hajmi31.67 Kb.
#1793119
1   2   3   4
Bog'liq
6 Mavzu (2)

 
 
6.1-rasm. Joizlik maydonlari: 
a - tirqishli o'tqizma uchun teshik va valning joizlik maydonlarining joylashishi
b - joizlik maydonlarining grafik tasviri. 
6.3. Joizlik va joizlik maydoni. 
Joizliklar jadvallari va og'ishlar joylashish sxemalarida og'ishlar mikrometr, 
chizmalarda esa millimetr hisobida ko'rsatiladi. Joizlik T (lot. “tolerance” - joizlik) 
- eng katta va eng kichik joiz chekka o'lchamlar o'rtasidagi farq yoki yuqorigi va 
quyi og'ishlar o'rtasidagi algebraik farqning mutlaq qiymati: 
TD=D
max
-D
min
=ES-EI; 
Td=d
max
-d
min
=es-ei. 
Joizlik doim musbat bo'lib, partiyadagi yaroqli detallar haqiqiy 
oichamlarining yoyilish maydonini joriy qiladi. Joizlik kattalashishi bilan 
buyurnning ishlab chiqarish narxi kamayadi. Soddalashtirish uchun joizliklar 
grafik usulida joizlik maydonlari shaklida tasyirlanadi (6.1 b-rasm). Bunda 
buyumning o'qi doim sxemaning tagida joylashgan bo’ladi (6.1 b-rasmda 
ko'rsatilmagan). 
Joizlik maydoni - yuqori va quyi og'ishlar bilan cheklangan maydon. Joizlik 
maydoni joizlik qiymati va uning nominal o'Jchamiga nisbatan holati bilan 
aniqlanadi. Joizlik maydoni grafik usulida tasvirlanadi. Joizlik maydoni grafik 
usulida tasvirlanganda nol chiziqqa nisbatan yuqori va quyi og'ishlarni ko'rsatuvchi 
ikki chiziq o'rtasidajoylashadi. 


Nol chizig'i - nominal o'lchamni bildiruvchi chiziq bo'lib, joizlik-larni va 
o'tqizmalarni grafik usulida tasvirlashda o'lchamning og'ishi shu chiziqdan boshlab 
belgilanadi. Agar nol chiziq gorizontal joylashgan bo'lsa, u holda musbat og'ishlar 
bu chiziqdan yuqorida, manfiy og'ishlar esa pastida yozib belgilanadi. 
Nazorat savollari: 
1. O'lcham deb nimaga aytiladi? 
2. Nominal, haqiqiy va chekka o'lchamlar qanday belgilanadi? 
3. Og'ish deb nimaga aytiladi? 
4. Yuqori, quyi, haqiqiy og'ish nima? 
5. Joizlik nima? U qanday belgilanadi? 
6. Joizlik maydoni nima? 

Download 31.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling