6-ma’ruza: O’lchamlar, og’ishlar va joizlik. Joizlik maydoni Reja


Download 31.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.11.2023
Hajmi31.67 Kb.
#1793119
1   2   3   4
Bog'liq
6 Mavzu (2)

Chekka o'lcham - ikki chekka o'lcham bo'lib, haqiqiy o'lchamlar o'rtasida 
joylashishi yoki ularga teng bo'lishi lozim. 
Eng katta chekka o'lcham - ikki chekka o'lchamning eng kattasi. Teshik 
uchun D
max
, val uchun d
max
belgilanadi. 
Eng kichik chekka o'lcham - ikki chekka o'lchamning eng kichigi. Teshik 
uchun D
min
, val uchun d
min
belgilanadi. 
O'lchamning haqiqiy qiymatini chekka o'lchamlar qiymatlari bilan qiyoslab 
o'lcham yaroqligi haqida xulosa chiqariladi. Undan tashqari, standart o'tuvchi va 
yotmaydigan chekka o'lchamlar tushunchalarini joriy qilgan. 


O'tuvchi chekka o'lcham - val uchun yuqorigi chekka o'lchamga, teshik 
uchun quyi chekka o'lchamga nisbatan qo'llanadigan atama. Chekka o'lchamli 
kalibrlar ishlatilganda so'z o'tuvchi kalibr bilan tekshiriladigan chekka o'lcham 
to'g'risida ketadi. Bu atama qaysi bir chekka o'lchamga maksimal miqdori to'g'ri 
kelsa, shunga taalluqli. 
O'tmaydigan chekka o'lcham - val uchun quyi chekka o'lchamga, teshik 
uchun yuqori chekka o'lchamga nisbatan qo'llanadigan atama. Chekka o'lchamli 
kalibrlar ishlatilganda o'tmaydigan kalibr bilan tekshiriladigan chekka o'lcham 
to'g'risida so'z yuritiladi. Bu atama qaysi bir chekka o'lchamga minimal material 
miqdori to'g'ri kelsa, shunga taalluqli. 
Joizliklar va o'tqizmalar tizimining funksional talablarini amaliyotda iloji 
boricha yuqori darajada bajarilishini ta'minlash uchun ko'rsatilgan uzunlikdagi 
chekka o'lchamlar quyidagiday ta'birlangan bo'lishi kerak: teshik uchun teshikka 
eng katta ichki chizilishi mumkin bo'lgan, yuzaning eng bo'rtib chiqqan nuqtalari 
bilan jips kontaktda bo'lgan to'g'ri faraziy silindrning diametri (teshikka tirqishsiz 
yopishib turadigan ideal geometrik shaklli tutashgan detaining o'lchami) o'tuvchi 
chekka o'lchamdan kam bo'lmasligi talab qilinadi. Bunga qo'shimcha, teshikning 
har qandayjoyida eng katta diametri o'tmaydigan chekka o'lchamdan ortiq 
bo'lmasligi kerak; val uchun - val atrofida eng kichik tashqi chizilishi mumkin 
bo'lgan, yuzaning eng bo'rtib chiqqan nuqtalari bilan jips kontaktda bo'lgan to'g'ri 
faraziy silindrning diametri (valga tirqishsiz yopishib turadidigan ideal geometrik 
shaklli tutashgan detaining o'lchami) o'tuvchi chekka o'lchamdan ortiq bo'lmasligi 
lozim. Bunga qo'shimcha, valning har qanday joyida eng kichik diametri 
o'tmaydigan chekka o'lchamdan kam bo'lmasligi kerak. 

Download 31.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling